Kafedrasi anvarova dildora anvarovna


HUQUQ TIZIMI VA QONUNCHILIK TIZIMI



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə84/126
tarix19.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#186136
növüУчебно-методический комплекс
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   126
portal.guldu.uz-Davlat va huquq nazariyasi va tarixi

7. HUQUQ TIZIMI VA QONUNCHILIK TIZIMI


Huquq tizimi va qonunchilik tizimi tushunchalarini o’zaro taqqoslash asosida ko’rib chiqish zaruratini quyidagi holatlar taqozo etadi:
birinchidan, huquq tizimi ham, qonunchilik tizimi ham bitta fenomen, ya’ni huquqni ifodalaydi; biri ichki, ikkinchisi esa tashqi tomondan;
ikkinchidan, huquq tizimi va qonunchilik tizimi shakl va mazmun jihatdan o’zaro bog’liq;
uchinchidan, huquq tizimi qonunchilikni tizimlashtirishda asos bo’lib xizmat qiladi. Xususan, qonunchilikni tizimlashtirishning oliy shakli bo’lmish kodekslashtirish sohaviy asoslarda amalga oshiriladi. Aksariyat ko’pchilik kodekslashtirilgan huquqiy hujjatlar huquqning muayyan sohalariga muvofiq keladi;
to’rtinchidan, huquq tizimi va qonunchilik tizimi har qanday demokratik davlat huquqiy tizimining mazmun-mohiyatini ifoda etadi;
beshinchidan, huquq tizimi va qonunchilik tizimining o’zaro aloqadorligi ijtimoiy munosabatlar tizimini huquqiy tartibga solishning yanada sifatli hamda samarali amalga oshirilishiga imkon yaratadi.
Qonunchilik huquqni ifoda etishning tashqi shakli sifatida tizimlashtirilishi lozim bo’lgan hodisadir. Tizimlashtirish qonunchilikdan foydalanishni sezilarli darajada engillashtiradi, aholi uchun muayyan qulayliklar yaratadi. Qonunchilik hujjatlarini batartiblashtirish, bir tizimga keltirish huquqiy tartibotni mustahkamlashda ham muhim ahamiyatga ega. Qonunchilik tizimi huquqning tashqi ifodasi sifatida uning ichki tuzilishini ifodalovchi huquq tizimi bilan o’zaro bog’liq. Biroq ularning o’zaro ta’siri doim ham to’g’ri baholanavermaydi. Masalan, ko’pchilik olimlar huquqning sohalarga ajratilishini qonunchilikning tizimlashtirilishi darajasiga bog’liq hisoblamaydilar hamda uning ob’ektiv omillar ta’sirida amalga oshishini ta’kidlaydilar. Haqiqatan ham, qonunchilikning tizimlashtirilishi yoki kodekslashtirilishi yangi huquq sohasini yaratmaydi. Masalan, Havo kodeksi, Shaharsozlik kodekslarining mavjudligi hali ularga mutanosib huquq sohalarining ham mavjudligidan dalolat bermaydi. Yoki aksincha huquqning hamma sohalari ham “o’z” kodekslariga ega emas.
Qonunchilik H.T.Odilqorievning fikricha, ikki xil ma’noda qo’llaniladi: 1) qonunchilik – bu davlat hokimiyati organi tomonidan qonunlar chiqarishga qaratilgan o’z funktsiyasini amalga oshirish usuli. 2) qonunchilik – bu mamlakatda amal qiluvchi barcha normativ-huquqiy hujjatlar yig’indisi11. Demak, huquq normalarini birlashtirgan normativ huquqiy hujjatlar qonunchilik tizimini tashkil etadi. “Normativ-huquqiy hujjatlar to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasi mazmuniga muvofiq, qonunchilikning vertikal tizimi quyidagi tartibda joylashgan normativ-huquqiy hujjatlardan iborat: O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi; O’zbekiston Respublikasi qonunlari; O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari; O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari; O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari; Vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralarining hujjatlari; Mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlari.
Huquq va qonunchilik tizimlari o’zaro uzviy bog’liq tushuncha va hodisalar hisoblansa-da, ularning har biri muayyan jihatlarda o’z mustaqilligini saqlab qoladi. Bunday mustaqillik darajasi har ikki tushunchaning belgilarini o’zaro taqqoslash asosida aniqlanadi. Har ikki hodisa ham davlat va huquq nazariyasining tadqiqot ob’ekti ekanligini inobatga olsak, ularni o’rganishda keng tarqalgan usllardan biri qiyosiy-huquqiy metoddan foydalanish ahamiyatga molikdir.
Huquq tizimi, ya’ni huquqiy tartibga solish predmeti va metodi yagonaligi mezoni bo’yicha batartiblashtirilgan norma(sohalar, tarmoqchalar, huquq institutlari, umumiy va maxsus qismlar)lar ijtimoiy munosabatlarni har tomonlama tartibga solish maqsadida tarkib topadi. Qonunchilik tizimi, ya’ni ijtimoiy hayot ehtiyojlari taqozo etgan ob’ektiv mezonlar asosida batartiblashtirilgan normativ huquqiy hujjatlar(va ularning unsurlari – bo’lim, bob, modda, paragraf, punkt va b.) esa ijtimoiy boshqaruv jarayonida huquq normalaridan samarali foydalanish maqsadlarida shakllanadi.



Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin