Kafedrasi anvarova dildora anvarovna


HUQUQ SOHASI VA HUQUQ INSTITUTI TUSHUNCHALARI



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə82/126
tarix19.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#186136
növüУчебно-методический комплекс
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   126
portal.guldu.uz-Davlat va huquq nazariyasi va tarixi

4. HUQUQ SOHASI VA HUQUQ INSTITUTI TUSHUNCHALARI


Huquq institutlari – bu o’zaro bog’liq bo’lgan bir turdagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalar guruhidir. Masalan, fuqarolik huquqi sohasida – mulk huquqi instituti, jinoyat huquqi sohasida – davlatga qarshi jinoyatlar instituti kabilar amal qiladi va boshqalar. Ushbu huquq institutlari o’zlari tegishli bo’lgan huquq sohasining ichki tarkibiy qismidir. O’z navbatida, yuqoridagi misolimizda birinchisi – mulkiy munosabatlarni, ikkinchisi davlatga qarshi jinoyat qilishdan kelib chiqadigan munosabatlarni tartibga soluvchi normalarning mustaqil guruhini tashkil etadi. Bu sohadagi huquq institutlari birlashib, muayyan huquq sohasini tashkil etadi.
Huquq sohasi – bu o’ziga xos ijtimoiy munosabatlarning muayyan sohasini tartibga soluvchi huquq normalari va huquq institutlarining yig’indisidir. Masalan, moliyaviy munosabatlar-moliya huquq sohasi bilan, mehnat munosabatlari – mehnat huquqi sohasi bilan, er bilan bog’liq munosabatlar – er huquqi sohasi bilan tartibga solinadi va hokazo. Huquq sohasi – huquq tizimining asosiy qismi va mustaqil bo’g’ini. Har bir huquq sohasida umumiy qism mavjud bo’lib, unda shu sohaga tegishli ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishning umumiy printsip va qoidalari bayon etiladi.
Huquq normalari – davlat tomonidan o’rnatiladigan va ma’qullanadigan, muayyan shaklda ifodalanadigan, ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan umummajburiy hulq-atvor qoidalari. Huquq normasi – huquq tizimining eng asosiy, dastlabki elementi bo’lib, davlat joriy etgan, bajarilishi jamiyatning barcha a’zolari uchun majburiy bo’lgan, ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi turmush qoidasidir. Huquq normasi umumiy, ya’ni hammaga taalluqlidir. U doimo qo’llaniladigan bo’lib, unda bajarish shartlari, sub’ektlar o’rtasidagi tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar, taraflarning huquq va burchlari, bajarmaganlik uchun jazo choralari belgilanadi.


5. MODDIY VA PROTSESSUAL HUQUQ


Moddiy huquq – ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishni ta’minlovchi huquq normalari tizimi. Moddiy huquqni amalga oshirish shakllari va tartibini, uni himoya qilish shartlarini mustahkamlovchi protsessual huquqdan farqli o’laroq, moddiy huquq ijtimoiy munosabatlarga ularni to’g’ridan-to’g’ri, bevosita huquqiy tartibga solish orqali ta’sir ko’rsatish imkonini beradi. Moddiy huquq normalari mulkchilik shakllarini, mol-mulk va shaxslarning yuridik holatini, davlat hokimiyati va mahalliy o’zini o’zi boshqarish organlarini tashkil etish tartibi va ularning tuzilmasini, huquqbuzarliklar uchun javobgarlik asoslari va ularning chegaralarini belgilaydi. Huquq tizimida huquqning moddiy (fuqarolik, jinoyat huquqi) va protsessual (fuqarolik protsessual, jinoyat - protsessual huquqi) tarmoqlari farqlanadi. Biroq, aksariyat hollarda huquqning ayni bir tarmog’i (ko’pincha - qonunchilik tarmog’i) moddiy - huquqiy normalarni ham, protsessual - huquqiy normalarni ham o’z ichiga qamrab oladi (masalan, konstitutsiyaviy, ma’muriy, moliya, mehnat, bojxona huquqi). Moddiy va protsessual huquq o’rtasida aniq chegara mavjud emas, ko’pgina huquqiy institutlar aralash xususiyatga ega. Masalan, vakillik bir vaqtning o’zida ham moddiy, ham protsessual huquq instituti hisoblanadi, da’vo qo’zg’atish muddatining o’tishi roman - german huquqiy tizimida moddiy huquqqa, anglo-sakson huquqiy tizimida esa - protsessual huquqqa kiradi.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin