Kafedrasi anvarova dildora anvarovna



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə83/126
tarix19.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#186136
növüУчебно-методический комплекс
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   126
portal.guldu.uz-Davlat va huquq nazariyasi va tarixi

Protsessual huquq – huquqlarni amalga oshirish va majburiyatlarni bajarish va ijro etish tartibini belgilovchi normalar. Protsessual huquq moddiy huquq normalarini qo’llash jarayoni va tartibini belgilovchi normalar yig’indisidir. Xususan, ushbu normalar jinoiy, fuqarolik, xo’jalik, ma’muriy huquqbuzarlik ishlarini ko’rib chiqish va hal etish tartibini belgilab beradi. Jinoyat va Fuqarolik protsessual kodekslarida ko’rsatilgan normalar shular jumlasidandir.


6. HUQUQ TIZIMINI XUSUSIY VA OMMAVIY HUQUQQA AJRATISH

Roman-german huquq oilasining xususiyatlaridan biri huquqning ommaviy va xususiy huquqqa bo’linishidir. Xususiy huquq alohida shaxslarning ehtiyojini qondirish va manfaatini himoya qilishga qaratilgan bo’lsa, ommaviy huquq davlatning umumiy manfaatlarini muhofaza etadi. Xususiy va ommaviy huquqning shakllanishi qadimgi Rim huquqiga borib taqaladi. Unda Jus publicum va jus privatum ajratilgan bo’lib, ularga Rim yuristlari tavsif berganlar. Xususan, Ulpianning fikriga ko’ra, ommaviy huquq – Rim davlatining mavqei va maqomiga (“ad statum rei Romanae spectat”); xususiy huquq esa alohida shaxslar manfaatiga taalluqlidir (“ad Singulorum itilitatem”).


Demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatida qonun jamiyatga ta’sir ko’rsatishning asosiy vositasi bo’ladi, huquq esa ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish vazifasini bajaradi.
Har qanday davlat milliy huquqiy tizim bo’lishini taqozo etadi. Uning asosiy belgisi – ommaviy va xususiy huquq, markaziy vazifasi esa fuqarolik jamiyatidagi xususiy va umumiy (ommaviy) manfaatlarning eng maqbul nisbatini kafolatlashdir. Ommaviy va xususiy manfaatlar barcha zamonlarda eng liberal demokratik jamiyatlardan tortib tota­litar jamiyatlargacha mavjud bo’lgan. Xususiy va ommaviy manfaatlar nisbati, shu jumladan ommaviy va xususiy huquqning qo’llanish darajasi konstitutsiyaviy, siyosiy, iqtisodiy tuzum, birinchi navbatda, mulkka egalik qilishning shakli, shuningdek mulkning ba’zi shaxslarga tegishliligi yoki umumiy mulk bo’lishi bilan bog’liq. Ommaviy va xususiy huquq bir-biridan yuridik xususiyati, ijtimoiy munosabatlarga ta’sir qilish usullari bilan farq qiladi. Ommaviy huquq davlat qatnashgan munosabatlarni tartibga soladi. Bu esa imperativ normalar orqali amalga oshadi. Ommaviy huquq davlatning jamiyatni boshqarishi, davlat iqtisodiyotini tashkil qilish, aholini ijtimoiy muhofaza etish, shuningdek fuqarolarning hayoti, sog’lig’i hamda umumiy va xususiy mulklarini himoya qilishga xizmat qiladi.
Xususiy huquq esa davlat qatnashmaydigan ijtimoiy munosabat­larni tartibga soladi. Huquqning bu turida sub’ektlar o’rtasidagi munosabat muvofiqlashtirish va avtonomiya usulida amalga oshiriladi. Xususiy huquqda normalar dispozitiv xususiyatga ega bo’ladi. Xususiy huquq fuqarolarning shaxsiy hayoti, ijtimoiy munosabatlari, shuning­dek tovar-pul munosabatlari, tabiiy resurslarning ishlatilishi, mehnat munosabatlarini o’z ichiga oladi. Huquqning bu turida davlat faqat xususiy huquq bilan tartibga solinadigan munosa­batlarda qatnashadi.
Masalan, fuqarolik huquqiy munosabatlarida davlat mulk egasi sifatida yoki xususiy huquq bilan tartibga solinadigan ommaviy manfaatlar va boshqa munosabatlarni hal qilishda xususiy huquqdan foydalanadi. Fuqarolik va mehnat munosabatlarida erkin raqobatni shakllantirish, monopoliyani tugatish, iqtisodiy jihatdan zaifroq bo’lgan tomonning manfaatlarini himoya qilish maqsadida ommaviy huquq normalari qo’llaniladi.
Ommaviy va xususiy huquqning o’zaro ta’siri natijasida fuqarolik huquqining mehnat huquqi, ekologiya, ya’ni tabiiy resurslardan foydalanish huquqi kabi sohalari ajratiladi.
Demak, ommaviy huquq – bu umumiy ommaviy va davlat manfaatlarini muhofaza qilishga qaratilgan huquq sohalaridir. Masalan, konstitutsiyaviy, jinoyat, ma’muriy huquq va boshqalar. Xususiy huquq – bu alohida shaxslarning (jismoniy va yuridik shaxslar) ehtiyojini qondirish va manfaatini himoya qilishga qaratilgan huquq sohalari. Masalan, fuqarolik, oila, mehnat huquqi va boshqalar.



Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin