Sattorova Feruza Konstitutsiya-baxtimiz qumusi



Yüklə 25,7 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü25,7 Kb.
#209666

Sattorova Feruza

Konstitutsiya-baxtimiz qumusi.
Konstitutsiya 1(lotincha: constitutio — „tuzilish“, „tuzuk“) — bu davlatning asosiy qonuni. U davlat tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimini,ularning vakolati hamda shakllantirilish tartibi, saylov tizimi, fuqarolarninghuquq va erkinliklari, shuningdek, sud tizimini belgilab beradi. Konstitutsiya barcha joriy qonunlarning asosi hisoblanadi.Konstitutsiya davlatchilik belgisidir. Bir-biridan farqlanuvchi yuridik va haqiqiy (faktik) konstitutsiya tushunchalari bor. Yuridik konstitutsiya ijtimoiy munosabatlar doirasini tartibga soluvchi maʼlum huquqiy normalar tizimi. Haqiqiy konstitutsiya esa — shunday munosabatlarning oʻzi, yaʼni real mavjud munosabatlardir.
Konstitutsiya oʻz shakliga koʻra, kodekslashtirilgan, kodekslashtirilmagan va aralash turlarga boʻlinadi. Kodekslashtirilgan konstitutsiya — konstitutsiyaviy xususiyatga ega barcha asosiy masalalarni tartibga soluvchi bir butun yozma hujjat hisoblanadi. Agar ayni oʻsha masalalar bir necha yozilgan hujjatlar bilan tartibga solinsa, u holda konstitutsiya kodekslashtirilmagan hisoblanadi. Aralash turdagi konstitutsiya parlament tomonidan qabul qilingan qonunlar va sud pretsedentlari bilan birga, odatlar va nazariy sharxlarni ham oʻz ichiga oladi, yaʼni qisman yozilgan boʻladi. Oʻzgartirish kiritish usuli boʻyicha konstitutsiya yumshoq va qattiq turlarga boʻlinadi. Ularning birinchisi oddiy qonun qabul qilish yoʻli bilan oʻzgartirilishi mumkin. Ikkinchisi maxsus takomillashtirilgan tartibda (parlament aʼzolari ovozining malakali koʻpchiligi, baʼzan esa referendum oʻtkazish, tuzatishlarni muayyan miqdordagi federatsiya subʼyektlari tomonidan ratifikatsiyalash va shahrik.) oʻzgartirilishi mumkin. Amal qilish muddatlari boʻyicha konstitutsiyalar doimiy va muvaqqat turlarga boʻlinadi.Dars jadvali
Davlat faoliyatining turli sohalarida konstitutsiyaga rioya qilinishini nazorat etish Oliy sud2 yoki Konstitutsiyaviy sud zimmasiga yuklanadi. „konstitutsiya“ atamasi Qadimgi Rimdayoq bor edi (imperator konstitutsiyasi deb atalgan qonun). Amir Temur „Tuzuklar“3i Sharq va Osiyo mamlakatlari sivilizatsiyasiga xos alohida shakldagi konstitutsiyaviy hujjat xususiyatiga ega boʻlgan. U shariat qonunlari bilan bir qatorda Oʻrta Osiyo xalqlari taqdiriga kuchli taʼsir oʻtkazgan. Yevropadagi tarixiy taraqqiyot hozirgi kunda amalda boʻlgan konstitutsiyalarning 2 guruhini vujudga keltirdi. 1-guruh — hozirgi zamon sharoitlaridan keskin farq qiluvchi sharoitlarda qabul qilingan eski konstitutsiyalar. Bu xildagi konstitutsiyalarga 1787-yilgi AQSH Konstitutsiyasi, 1831-yilgi Belgiya konstitutsiyasi4, 1874-yilgi Shveysariya konstitutsiyasi misol boʻla oladi. 2-guruhga 20-asrning 2-yarmida qabul qilingan “yangi avlod” konstitutsiyalari kiradi. Ular dastlabki konstitutsiyalardan huquq va erkinliklar institutining, konstitutsiyaning himoya qilish mexanizmlari va ijtimoiy muammolarga murojaat kilish mexanizmlarining kengayishi natijasida konstitutsiyaviy tartibga solish hajmining koʻpayishi bilan farq qiladi. Xalqaro konstitutsiyaviy tajribalarni oʻrganish, xalqaro hujjat qoidalarini inobatga olish, milliy davlatchilik anʼanalardan kelib chiqish natijasida yaratilgan Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan) jahon andozalariga mos boʻlib, xalqaro talablarga javob beradi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yaratilishi tarixi haqida so‘z yuritishdan oldin “Konstitutsiya nima?” degan savolga javob berish maqsadga muvofiqdir. Konstitutsiya (lotincha “Constitution” – tuzilish, tuzuk) – davlatning Asosiy qonuni. U davlat tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimini, ularning vakolati hamda shakllantirilish tartibi, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va shaxsning o‘zaro munosabatlari, shuningdek, sud tizimini hamda davlat va jamiyatning o‘zaro munosabatlarini belgilab beradi.

Eng sara qonunlardan,

Bering bir ahamiyat,

Qomusim – oftobro`ya.

Jamdir davlat, jamiyat,

Yozilgan tilla harfdan,

Har modda yuksak niyat

Bizning konstitutsiya!

Bizning konstitutsiya!



“Konstitutsiya” atamasi Qadimgi Rimdayoq5 ma’lum bo‘lgan (imperator Konstitutsiyasi deb atalgan qonun). Amir Temur “Tuzuklar”i Sharq va Osiyo mamlakatlari sivilizatsiyasiga xos alohida shakldagi konstitutsiyaviy hujjat xususiyatiga ega bo‘lgan. U shariat qonunlari bilan bir qatorda Markaziy Osiyo6 mintaqasi xalqlari taqdiriga kuchli ta’sir o‘tkazgan.
Asosiy Qonunimiz yaratilishining murakkab va muhim, ayni chog‘da sharafli solnomasiga nazar solar ekanmiz, hech shubhasiz, O‘zbekiston Konstitutsiyasi xalqimizning mustaqillik sari uzoq yo‘ldagi izlanishlari natijasi ekaniga komil ishonch hosil qilamiz. Avvalambor, konstitutsiyaviy “bino”ni qurishda uch ming yillik milliy davlatchilik tajribasiga tayanilgan. Bugungi O‘zbekiston qadimgi Xorazm va So‘g‘diyona, Qoraxoniylar, Xorazmshohlar, Amir Temur va Temuriylar, o‘zbek xonliklari, ma’rifatparvar ajdodlarimiz, xalqimizning tarixiy
an’analari va uning mustaqil davlat haqidagi ko‘p asrli orzusini mujassam etgan.Qolaversa, manfaatlarimiz va intilishlarimizdan kelib chiqqan holda,
Asosiy Qonunimiz Sharq va G‘arb, Janub va Shimolning 97 ta mamlakati to‘plagan ilg‘or konstitutsiyaviy tajribani hisobga olib yaratilgan.



Dushanba

1.

  1. O’zbek tilining sohada qo’llanilishi.

  2. Umumiy psixodiagnostika 7(seminar)

  3. Umumiy psixodiagnostika (ma’ruza)




Seshanba

2.

  1. Psixologik trening asoslari

  2. Umumiy psixodiagnostika (ma’ruza)

  3. Raqamli axborot texnologiyalari (ma’ruza)

  4. Umumiy psixodiagnostika (seminar)

Chorshanba

3.

  1. Umumiy psixologiya8 (ma’ruza)

  2. Umumiy psixologiya (ma’ruza)

Payshanba

4.

  1. Mustaqil ta’lim topshiriqlari bilan ishlash

Juma

5.

  1. Raqamli axborot texnologiyalari (seminar)

  2. Raqamli axborot texnologiyalari (seminar)

  3. Umumiy psixologiya (seminar)

Shanba

6.

  1. Psixologik trening asoslari (seminar)

  2. Psixologik trening asoslari (seminar)

Shu o‘rinda Suveren O‘zbekiston9ning birinchi Konstitutsiyasini tayyorlash, muhokama etish, qabul qilish va uning amal qilishi yo‘lidagi 10 ta huquqiy qadamni bu boradagi eng muhim tarixiy voqealar sifatida sanab o‘tish lozim. Zotan, Konstitutsiyani yaratish tarixi – bu mustaqillik uchun kurashning uzviy tarkibiy qismidir.Konstitutsiyani yaratish yo‘lidagi birinchi huquqiy qadam – o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishidir. Konstitutsiyani yaratish yo‘lidagi ikkinchi huquqiy qadam – Prezidentlik instituti ta’sis etilishi va yangi davlat ramzlarini tayyorlash bo‘yicha komissiya tuzilishi bilan bog‘liq.

1 Konstitutsiya – lotincha “tuzilish” degan ma’noni bildiradi.

2 Oliy sud – O’zbekiston qonunchiligi

3 Amir Temur – to`liq ismi Amir Temur ibn Amir Tarag`ay ibn Amir Barqul

4 Belgiya konsititutsiyasi-Belgiya davlati kosititutsiyasi hisoblanadi.

5 Qadimgi Rim – rivoyatlarga ko`ra, miloddan avvalgi 754-753 yilda asos solingan.

6 Markaziy Osiyo – Qozog`iston, Qirg`iziston, Turkmaniston, Tojikiston va O`zbekiston resoublikalaridan iborat mintaqa.



7 Ma`ruzachi domla A.I.Rasulov

8 N.Mullaboyeva

9 Shavkatovna


Yüklə 25,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin