Kafedrasi anvarova dildora anvarovna


QONUNCHILIKNI TIZIMLASHTIRISH: TUSHUNCHASI VA TURLARI



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə85/126
tarix19.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#186136
növüУчебно-методический комплекс
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   126
portal.guldu.uz-Davlat va huquq nazariyasi va tarixi

8. QONUNCHILIKNI TIZIMLASHTIRISH: TUSHUNCHASI VA TURLARI

Huquqiy munosabatlarning vujudga kelishi, o’zgarishi va bekor bo’lishi bilan bog’liq masalalar juda keng normativ-huquqiy hujjatlar doirasi bilan tartibga solinadi. Mazkur hujjatlarni qo’llash jarayonini engillashtirish va shu asosda huquqiy tartibga solishning samaradorligini oshirishda qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.


Normativ huquqiy hujjatlarni (qonunchilikni) tizimlashtirish ularni tartibga solish va takomillashtirish bo’yicha amalga oshiriladigan faoliyat bo’lib, u ushbu hujjatlarni belgilangan va o’zaro ichki bog’langan tizim holiga keltirishni anglatadi. Binobarin, normativ huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish huquqiy tartibga solishni takomillashtirish, qonunchilikni eskirgan aktlar va o’zaro qarama-qarshi normalardan halos etish, normativ hujjatlardan foydalanishni engillashtirish va soddalashtirish, jamiyatning huquqiy madaniyati va huquqiy tarbiyasi darajasini oshirishda katta ahamiyatga ega.
Normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:

  • qonunchilikni rivojlantirish va yanada takomillashtirish;

  • normativ hujjatlarni to’g’ri anglash va qo’llash;

  • zarur bo’lgan normativ hujjatni (normani) topishni engillashtirish;

  • joriy qonunchilikdagi ziddiyatlar, noaniqliklar, takrorlanishlar, bo’shliqlarni bartaraf etish;

  • huquqiy munosabat sub’ektlarining huquqiy ong va madaniyatini shakllantirish va boshqalarda.

Normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish turlari sifatida kodifikatsiya, inkorporatsiya, konsolidatsiyani ko’rsatish mumkin.
Kodifikatsiya – qonunlar va boshqa normativ huquqiy hujjatlarni kodekslar chiqarish yo’li bilan tizimga solishdir.
Kodifikatsiya – bu normativ hujjatlarni ularning mazmuniga o’zgartirish kiritish orqali mantiqiy asosda yagona normativ hujjatga tizimlashtirishdir. Kodifikatsiya qilish jarayonida eskirgan normalar tugatiladi, butun huquq tizimidagi ziddiyatlar bartaraf etiladi, huquqiy bo’shliqlar to’ldiriladi.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin