Kafedrasi anvarova dildora anvarovna


HUQUQIY MUNOSABATLARNING YUZAGA KELISH ASOSLARI



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə89/126
tarix19.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#186136
növüУчебно-методический комплекс
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   126
portal.guldu.uz-Davlat va huquq nazariyasi va tarixi

2. HUQUQIY MUNOSABATLARNING YUZAGA KELISH ASOSLARI

Huquqiy munosabatlar yuzaga kelishi uchun moddiy asoslar (tomonlarning xohish-istagi, manfaati) va yuridik asoslar (mazkur ijtimoiy munosabatni tartibga soladigan tegishli huquq normasining mavjudligi; tomonlarning huquq va muomala layoqatiga ega bo’lishligi; yuridik faktning mavjudligi) bo’lishi lozim.



3. HUQUQIY MUNOSABATLAR TARKIBI: SUB’EKT, OB’EKT, SUB’EKTIV HUQUQ VA YURIDIK MAJBURIYATLAR



Huquqiy munosabatlarning elementlari: huquq ob’ekti, huquq sub’ekti, yuridik faktlar (harakat va hodisalar), sub’ektiv huquq va yuridik majburiyat.
Huquqiy munosabat ob’ekti – bu huquqiy munosabat sub’ektlari (ishtirokchilari)ning huquq va majburiyatlari qaratilgan narsalar, ya’ni huquqiy munosabatlar nimaga qaratilgan bo’lsa, shu narsalar uning ob’ektini tashkil etadi.
Huquqiy munosabatning ob’ektlari quyidagilar:

  • moddiy qadriyatlar (ashyolar, mulk va b.);

  • nomoddiy qadriyatlar (hayot, sog’liq, sha’n, qadr-qimmat va b.);

  • ma’naviy ijod mahsullari (adabiy asarlar, san’at, musiqa, fan, kompyuter dasturlari va b.);

  • huquqiy munosabatlar ishtirokchilarining faoliyati natijalari (masalan: mahsulot etkazib berish shartnomasi, kapital qurilish pudrati asosida yuzaga keladigan munosabatlar);

  • qimmatbaho qog’ozlar va hujjatlar (pul, aktsiyalar, plastik kartochkalar, diplomlar, shaxodatnomalar va b.).

Huquqiy munosabat sub’ektlari – huquqiy munosabatlarning sub’ektiv huquq va yuridik majburiyatlarga ega bo’lgan ishtirokchilari.
Huquq sub’ekti – bu qonunga binoan huquqqa ega bo’lish va zimmasiga yuridik majburiyatlarni olish layoqatiga ega bo’lgan jismoniy yoki yuridik shaxslar.
Jismoniy shaxslar bular muayyan davlat fuqarolari, xorijiy davlatlar fuqarolari, shuningdek fuqaroligi bo’lmagan shaxslar.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin