Kafedrasi anvarova dildora anvarovna


Yuridik kolliziyalarning belgilari



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə97/126
tarix19.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#186136
növüУчебно-методический комплекс
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   126
portal.guldu.uz-Davlat va huquq nazariyasi va tarixi

Yuridik kolliziyalarning belgilari:

  • jamiyat ijtimoiy rivojlanishida ob’ektiv tarzda yuzaga keladigan qarama-qarshilik va ziddiyatlar bilan bog’liq;

  • o’zining formal xarakterga egaligi;

  • muayyan turdagi ijtimoiy munosabatlarning bir qator huquq normalari bilan tartibga solingan holdagina yuzaga kelishi;

  • huquq sub’ektlarining o’z huquq va majburiyatlarini amalga oshirish jarayonida muayyan qiyinchiliklarni keltirib chiqarishi va boshqalarda.

Yuridik kolliziyalar kelib chiqishiga quyidagi omillarni sabab sifatida ko’rsatish mumkin:
Birinchidan, ob’ektiv, ya’ni ijtimoiy munosabatlarning doimiy tarzda rivojlanib va o’zgarib borishi natijasida yuzaga keladi. Bunda huquq ijodkori doim ham tegishli o’zgarishlarga mos ravishda huquq normalarini shakllantirib borishga ulgurmasligi mumkin. Ikkinchidan, sub’ektiv: etarli tarzda huquqiy madaniyat, demokratik an’analar va tajribaning mavjud emasligida; qonun va boshqa normativ hujjatlarning sifat darajasining pastligida; huquqdagi bo’shliqlarning mavjudligida; huquq ijodkorligi jarayonining lozim darajada muvofiqlashmaganligida; normativ-huquqiy hujjatlarning qat’iy va to’liq tizimlashtirilmaganligida; tegishli davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyatidagi kamchiliklar; byurokratizm va boshqa omillarda yuzaga kelishi mumkin. Yuridik kolliziyalarning quyidagi: Konstitutsiya va boshqa hujjatlar; qonunlar va qonunosti hujjatlari; bir organ tomonidan qabul qilingan turli hujjatlar; turli xil organlar tomonidan qabul qilingan hujjatlar hamda umumiy va maxsus hujjatlar o’rtasida yuzaga keladigan turlarini ko’rsatib o’tish mumkin.
Tegishli adabiyotlar va mavjud amaliyotni tahlil qilish orqali yuridik kolliziyalarni bartaraf etishning quyidagi uslublarini ko’rsatib o’tish joiz:

    • ziddiyatli hujjatlar o’rniga yangi normativ aktni qabul qilish;

    • ziddiyatli hujjatlardan bittasini bekor qilish;

    • joriy hujjatga o’zgartirish va aniqlik kiritish;

    • kollizion norma va tamoyillarni ishlab chiqish;

    • kollizion holatlarda yuzaga keladigan bahslarni ko’rib chiqishning sud tartibini o’rnatish (Konstitutsiyaviy, hakamlik, xo’jalik va boshqa sudlar);

    • huquq normalari o’rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf etish maqsadida mazkur normalarni sud tomonidan sharhlanishi;

    • huquq normalarini uyg’unlashtirish va qonunchilikni tizimlashtirish;

    • tegishli ziddiyatli hujjat yuzasidan sud yoki ma’muriy tartibda shikoyat qilish;

    • kelishuv va murosaga keltiruvchi tartiblarni joriy etish;

    • tegishli huquq sub’ektlarining qat’iy konstitutsiyaviy-qonuniy hamda belgilab qo’yilgan vakolatlar doirasida faoliyat yuritishini ta’minlash;

    • normativ-huquqiy hujjatlarning qo’llanilishi natijasida kelib chiqishi mumkin bo’lgan konfliktli holatlarni oldindan ko’ra olish ko’nikmalarini shakllantirish va boshqalar.



Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin