Kafedrasi anvarova dildora anvarovna


-mavzu. HUQUQ NORMALARINI SHARHLASH



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə98/126
tarix19.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#186136
növüУчебно-методический комплекс
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   126
portal.guldu.uz-Davlat va huquq nazariyasi va tarixi

15-mavzu. HUQUQ NORMALARINI SHARHLASH


Mavzuning asosiy yo’nalishlari
Huquq normalarini sharhlash tushunchasi va turlari.
Sub’ektlar bo’yicha sharhlash turlari.
Rasmiy va norasmiy sharhlash.
Doktrinal sharhlash.
Normativ va kazual, legal va mualliflik sharhlar.
Huquq normalarini sharhlash usullari: filologik (grammatik), mantiqiy, tizimli, tarixiy-siyosiy, maksadli, maxsus-yuridik, funktsional.
Huquq normalarini hajmiga ko’ra sharhlash: aynan, kengaytirilgan va cheklangan. Huquq normalarini sharhlash hujjatlari: tushunchasi, xususiyati, turlari.


1.HUQUQ NORMALARINI ShARHLASH TUSHUNCHASI


Huquq normalarini sharhlash – bu huquq normalarining mazmuni, maqsadi va mohiyatini aniqlash va tushuntirishga yo’naltirilgan (qaratilgan) faoliyat.
Sharhlashmuayyan faoliyat, jarayon (aqliy-irodaviy, tashkiliy) bo’lib, u muayyan muddatda amalga oshadi. U o’z ichiga ikkita mustaqil jihatni, ya’ni anglab olish (o’zi uchun) va tushuntirish (boshqalar uchun)ni qamrab oladi.
Sharhlashning boshqa turlaridan farqli ravishda huquq normalarini sharhlash maxsus faoliyat bo’lib, u quyidagi bir qator jihatlar bilan tavsiflanadi:
birinchidan, mazkur faoliyat natijasida har qanday yozma manbalarning emas, balki huquqiy hujjatlarning, ya’ni huquq normalarining mazmun mohiyati sharhlanadi;
ikkinchidan, huquq normalarini sharhlash o’z oldiga huquqiy ko’rsatmalarni tadbiq etishni maqsad qilib qo’ygan holda huquqiy tartibga solishning zaruriy sharti sifatida maydonga chiqadi;
uchinchidan, qonunda belgilangan hollarda mazkur faoliyat vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi;
to’rtinchidan, sharhlash natijalari, agar ularga majburiylik tusi beriladigan bo’lsa, maxsus huquqiy (sharhlash) hujjatlari bilan mustahkamlab qo’yiladi.


2. RASMIY VA NORASMIY SHARHLASH

Davlat organlari, nodavlat tuzilmalari va alohida shaxslarning huquq normalarini tushuntirishga qaratilgan faoliyati sharhlash jarayonining ikkinchi tomoni bo’lib hisoblanadi. Tushuntirish natijasida kelib chiqadigan yuridik oqibatlarga ko’ra, ularni rasmiy va norasmiy sharhlashga ajratish mumkin.



Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin