Kafedrasi anvarova dildora anvarovna



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə101/126
tarix19.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#186136
növüУчебно-методический комплекс
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   126
portal.guldu.uz-Davlat va huquq nazariyasi va tarixi

Mantiqiy (logik) usul – bu normativ huquqiy hujjatlarni mantiq fanining qoidalari asosida sharhlashdir. Mantiqiy sharhlash grammatik sharhlashdan farqli ravishda qonun va normadagi so’zlarning tom ma’nosini aniqlashga emas balki, qonunshunos ifodalab bermoqchi bo’lgan va aniq so’z shaklida ko’rsatib qo’yilmagan qoidaning mohiyatini aniqlashga xizmat qiladi. Mantiqiy sharhlash orqali qonunning ikki xil talqin qilinishi kelib chiqadi. Ularning birinchisi, qonunning asl mohiyati bo’lsa, ikkinchisi, mantiqiy sharhlash orqali aniqlangan mohiyati. Mantiqiy sharhlash uslubini faqat bittagina qonunni sharhlash uchungina emas, balki qonunlar tizimini sharhlash va u orqali ma’lum bir xulosaga kelish uchun ham qo’llash mumkin.
Tarixiy-siyosiy usul – huquq normasini qabul kilish jarayonidagi muayyan tarixiy va siyosiy shart-sharoitlarni tahlil qilish yordamida sharhlash. Bu normativ hujjatni qabul qilish maqsadini, uning vujudga kelishiga sabab bo’lgan ijtimoiy-siyosiy vaziyatini va joyi, vaqti va normativ hujjatni qo’llash amaliyotini aniqlab olishni taqozo etadi.
“Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning xodimlari uchun tarixiy-siyosiy sharhlash juda muhim. Chunki aynan shu faoliyat davlat manfaatlari va ularni himoya qilish bilan uzviy bog’liq. Shuning uchun ham qonunchilikning siyosiy maqsadini tushunish, uning tarixini bilish ishning sifatli va bir maqsadga qaratilgan bo’lishiga yordam beradi”13.
Funktsional usul – huquq normasi tadbiq etiladigan shart-sharoit va omillarga asoslanib qilinadigan sharhlash. Muayyan holatlarda huquq normasining mazmunini aniqlash uchun faqat uning rasmiy tahlili va uni amalga oshi­rishning umumiy shartlarini e’tiborga olishning o’zi kifoya qil­maydi. Bunda sharhlovchi norma amalga oshiriladigan shart-sharo­itlar va omillarni ham hisobga olishi lozim bo’ladi. Eng avvalo, bu baho beruvchi deb nomlanadigan atamalar (“uzrli sabablar”, “jiddiy zarar”, “katta ziyon”, “oxirgi zarurat”)ga taalluqli. Joyi, vaqti va boshqa omillarni hisobga olib, bir xil holatlar uzrli yoki uzrsiz deb, jiddiy yoki engil deb e’tirof etilishi mum­kin va hokazo. Ba’zi holatlarda huquq ijodkori muayyan sharoitlarni hisobga olish vazifasini yuklaydi, ya’ni funk­tsional sharhlashga murojaat etishga majbur qiladi. Jumladan, ma’naviy zarar hajmini belgilashda adolat va oqillik talablari, shuningdek, ma’naviy zarar keltirgan daliliy holatlar e’tiborga olinishi lozim.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin