Kafedrasi anvarova dildora anvarovna



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə99/126
tarix19.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#186136
növüУчебно-методический комплекс
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   126
portal.guldu.uz-Davlat va huquq nazariyasi va tarixi

Rasmiy sharhlash vakolatli sub’ektlar, ya’ni davlat organlari va mansabdor shaxslar tomonidan amalga oshiriladi, u maxsus hujjatlar bilan mustahkamlanadi va huquq sub’ektlari uchun majburiy xarakterga ega bo’ladi. Sharhlashning bunday turi yuridik ahmiyatga ega bo’ladi va tegishli huquqiy oqibatlar keltirib chiqaradi. Mazkur sharhlash o’z navbatida huquqni amalga oshiruvchilarni huquq normalarini bir xil ma’noda tushunish va aynan qo’llashga yo’naltiradi.
Norasmiy sharhlash o’z vazifasiga ko’ra, bevosita huquq normalarini sharhlash vakolatiga ega bo’lmagan sub’ektlar tomonidan amalga oshiriladi. Bunday sub’ektlar sifatida nodavlat tashkilotlari, ilmiy muassasalar, olimlar, amaliyot xodimlarini ko’rsatib o’tish mumkin. Ular huquq normalarini tushuntirishni tavsiya va maslahat berish kabi shakllarda amalga oshiradilar. Tushuntirishning bunday turi yuridik jihatdan majburiy ahamiyatga ega bo’lmaydi.
Norasmiy sharhlashning ilmiy (doktrinal), malakali (professional), va oddiy ko’rinishlari mavjud.
Ilmiy (doktrinal) sharhlashbu huquq sohasidagi mutaxassislar, olimlar tomonidan amalga oshiriladigan va ilmiy ahamiyatga ega bo’lgan norasmiy sharhlash turi. Nazariy (doktrinal) sharhlash huquq sohasi mutaxassislari tomonidan amalga oshiriladi va ilmiy xususiyatga ega bo’ladi. Bu­lar – huquqshunos olimlarning maqolalari, monografiyalari va aholi oldidagi og’zaki chiqishlaridir. Bunday tushuntirishlarning o’ziga xos xususiyati ularning ishonchliligi, ilmiy yondashuvlarga asoslanganligi va sharh egasi bo’lgan shaxs obro’sidadir. Amali­yotchi-yuristlar uchun majburiy bo’lmaganiga qaramay, bunday tu­shuntirishlar, baribir, huquqiy normalarni tushunish va qo’llashda bir xillikni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo’ladi.
Malakali (professional) sharhlash bu amaliyotchi yuristlar tomonidan (advokat, huquqshunos-maslahatchi va h.) amalga oshiriladigan sharhlash turi.
Oddiy sharhlash –maxsus huquqiy bilimga ega bo’lmagan har qanday shaxs tomonidan huquqni anglash va tushuntirishdir.



Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin