Kafedrasi anvarova dildora anvarovna


NORMATIV VA KAZUAL, LEGAL VA MUALLIFLIK SHARHLAR



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə100/126
tarix19.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#186136
növüУчебно-методический комплекс
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   126
portal.guldu.uz-Davlat va huquq nazariyasi va tarixi

3. NORMATIV VA KAZUAL, LEGAL VA MUALLIFLIK SHARHLAR

Rasmiy sharhlash normativ va kazual ko’rinishlarda bo’ladi.


Normativ ko’rinishdagi sharhlash keng doiradagi shaxs va hodisalarga qaratiladi. Bunday sharhlashning sub’ektlari bo’lib barcha turdagi huquq ijodkorligi sub’ektlari hisoblanadi. Normativ sharhlashning quyidagi turlarini ko’rsatib o’tish mumkin:

  • autentik sharhlash (aktni chiqargan organ tomonidan amalga oshiriladi);

  • legal sharhlash (vakolatli sub’ekt tomonidan beriladi).

Kazual sharhlash ham rasmiy deb hisoblansada, u umummajburiy xarakterga ega bulmaydi va muayyan hodisaga nisbatan huquq normasini qo’llash jarayonida amalga oshiriladi. U aniq bir ishni vakolatli organ tomonidan ko’rib chiqilayotgan paytda beriladi va aynan ushbu ish uchun majburiy xarakterga ega bo’ladi.


4.HUQUQ NORMALARINI SHARHLASH USULLARI


Huquq normasini sharhlash usullari – bu huquq normasining mazmuni va mohiyati hamda unda aks etgan huquq ijodkorining irodasini anglash imkonini beradigan usul va vositalar majmuidir.
Sharhlash (anglash) quyidagi usullar yordamida amalga oshiriladi: grammatik (filologik); tizimli (sistematik); mantiqiy (logik); tarixiy-siyosiy; funktsional; maxsus-yuridik.
Grammatik usul – bu normativ huquqiy hujjatlarning mazmuni va matnini grammatik-filologiya va til qoidalariga asosan tahlil qilib berishdir. Sharhlashning bunday usuli orqali umum qo’llaniladigan alohida iboralarning ahamiyati hamda terminologik mazmuni aniqlanadi (masalan: epidemiya, retsidiv, ipoteka va boshqalar). Bunda eng avvalo, qonunshunos ushbu so’zlarga qanday mazmun baxsh etganligini aniqlash muhimdir.
Tizimli (sistematik) usul – bunda yuridik normaning mazmuni boshqa yuridik normalar bilan solishtirilib, uning tegishli huquq sohasi normalari tizimidagi o’rni va ahamiyati aniqlanadi. Tizimli sharhlash huquq normalari o’rtasidagi ziddiyatlarni aniqlashga yordam beradi.
Muayyan turdagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan qonunchilik hujjatlaridagi bo’shliqlarni aniqlashda ularni tizimli tahlil etish muhim ahamiyat kasb etadi. Binobarin, huquq tizimiga birlashgan normativ hujjatlar bir-birini to’ldirib, aniqlashtirib turadi va ijtimoiy munosabatlarni to’liqroq tartibga solinishini ta’minlaydi. Tizimli sharhlashda tegishli qonun normasi boshqa turdosh normalar bilan taqqoslanadi va ular o’rtasidagi ziddiyatlar aniqlanadi. Bu usuldan qonun hujjatlari yangi tahrirda qabul qilinganda yoki boshqasi bilan almashtirilganda, eskisida nazarda tutilgan va yangisida nazarda tutilishi kerak bo’lgan holatlar e’tibordan chetda qolib ketmaganligini aniqlashda foydalanish mumkin.
Agar ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi norma boshqa huquqiy hujjatga havola qilsa, u havola qilayotgan normativ hujjatga murojat qilish lozim bo’ladi. Agar havola qilingan normativ hujjat bo’lmasa, bu holda o’z o’zidan bo’shliq mavjudligi aniqlanadi. Huquqdagi bo’shliqning vujudga kelishining oldini olish maqsadida qonun normasi bilan bir qatorda u havola qilayotgan normalar ham qabul qilinishi lozim, aks holda qonunning qo’llash jarayonida huquqdagi bo’shliq vujudga kelishi mumkin.
Masalan, O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 64-soddasi 4-qismida “Aktsiyadorlar jamiyatining huquqiy mavqei hamda aktsiyadorlarning huquq va burchlari ushbu Kodeks (bu erda, Fuqarolik kodeksi) va boshqa qonunlar bilan belgilanadi”12, deyilgan. Bu erda ko’rib turganimizdek boshqa qonunlar deganda qonunshunos qanday qonunlar ekanligini nazarda tutmagan. Albatta, qonunlarda bunday holatlarning kiritib qo’yilishi tartibga solinuvchi ob’ekt doirasining kengligi va bitta qonun normasi bilan tartibga solib bo’lmasligida ifodalanadi. Shuningdek, qonunda kiritib qo’yilgan “boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi”, degan jumla shunday holat belgilangan qonundan ham avval ham keyin qabul qilinadigan qonunlarni nazarda tutadi.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin