Kafedrasi anvarova dildora anvarovna



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə69/126
tarix19.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#186136
növüУчебно-методический комплекс
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   126
portal.guldu.uz-Davlat va huquq nazariyasi va tarixi

G) Normativ shartnomalar ham huquqning muhim manbasi hisoblanadi. Normativ shartnomalar ikki yoki undan ortiq mustaqil huquq ijodkorlari o’rtasida tuziladigan, ularning huquq va majburiyatlarini o’rnatadigan, o’zgartiradigan yoki bekor qiladigan bitimlardir. Normativ shartnomaning muhim turi bu – halqaro shartnoma hisoblanadi.


2. HUQUQIY ODAT – HUQUQNING QADIMGI
MANBASI SIFATIDA


Huquqiy odat uzoq davr mobaynida amalda bo’lishi natijasida shakllangan va davlat tomonidan umummajburiy qoida sifatida tan olingan hulq atvor qoidasidir. Har qanday odat ham huquqiy odatga aylana olmaydi, balki uzoq davr mobaynida amalda bo’lish natijasida odat tusiga kirib, kishilar ongida ko’nikma bo’lib qolgan hamda jamiyatda ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda muhim ahamiyatga ega bo’lgan va davlat tomonidan ma’qullangan odatgina huquqiy odat bo’lishi mumkin. O’zbekiston Respublikasining qator qonun hujjatlarida tegishli ijtimoiy munosabatlarga odat normalarini qo’llash mumkinligi haqida so’z boradi. Xususan, O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 6-moddasi “Ish muomalasi odatlari. Mahalliy odat va an’analar”, deb nomlanadi. Unga ko’ra tadbirkorlik faoliyatining biron-bir sohasida vujudga kelgan va keng qo’llaniladigan, qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan xulq-atvor qoidasi, biron-bir hujjatda yozilganligi yoki yozilmaganligidan qat’i nazar, ish muomalasi odati deb hisoblanadi. Fuqarolik qonun hujjatlarida tegishli normalar bo’lmagan taqdirda, bu munosabatlarni tartibga solishda mahalliy odat va an’analar qo’llaniladi. Tegishli munosabat ishtirokchilari uchun majburiy bo’lgan qonun hujjatlari normalariga yoki shartnomaga zid bo’lgan ish muomalasi odatlari, mahalliy odat va an’analar qo’llanilmaydi. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasining Oila kodeksi 8-moddasida oilaviy munosabatlarda mahalliy urf-odat va an’analarning qo’llanilishi bilan bog’liq qoidalar o’z ifodasini topgan.


3. HUQUQIY PRETSEDENT: TUSHUNCHASI, TURLARI



Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin