Kafedrasi anvarova dildora anvarovna



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə66/126
tarix19.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#186136
növüУчебно-методический комплекс
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   126
portal.guldu.uz-Davlat va huquq nazariyasi va tarixi

Muqobil dispozitsiyada xulq-atvor, yurish-turishning bir nechta variantlari ko’rsatib o’tiladi va munosabat ishtirokchilari ulardan biriga amal qilishlari mumkin yoki shart. Masalan, Jinoyat protsessual Kodeksining 385-moddasiga binoan, prokuror yoki uning o’rinbosari ayblov xulosasi bilan kelgan jinoiy ishni ko’rib chiqib, quyidagi qarorlardan birini chiqarishi mumkin: 1) ayblov xulosasini tasdiqlash va sudga yuborish to’g’risida; 2) ayblov xulosasini jiddiy bo’lmagan o’zgartirishlar bilan to’ldirib, tasdiqlash va sudga yuborish to’g’risida; 3) qo’shimcha tergovga qaytarish haqida; 4) ish yuritishni to’xtatish haqida; 5) ishni tugatish haqida.
Tavsiflovchi dispozitsiya - huquqbuzarlik belgilarining to’liq bayonini o’z ichiga oladi (masalan, JK ning 169-moddasi: o’g’rilik - o’zgalar mulkini yashirin ravishda egallab olish (qonunda, garchand bu mantiqan o’rinli bo’lmasa-da, talon-toroj qilish, deb yozilgan). Bunda norma dispozitsiyasi hammaga tushunarli bo’lishi uchun ma’lum bir ma’noda, qisqa shaklda izoh beriladi.
Blanket dispozitsiya huquqbuzarlikning belgilarini aniqlash uchun shu qonunda yoki qonunchilikning boshqa sohalari normalarida belgilangan tegishli qoidalarga havola qiladi. Masalan, Jinoyat kodeksida yong’in xavfsizligi, texnika xavfsizligi, sanoat sanitariyasi yoki mehnatni muhofaza qilishning boshqa qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan. Bu qoidalarning mazmuni Jinoyat kodeksida emas, balki JKning moddalarini qo’llashda murojaat qilish zarur bo’lgan boshqa normativ hujjatlarda ochib beriladi.
Havola etuvchi dispozitsiya deganda, huquqbuzarlik belgilariga ega bo’lmagan, balki o’sha qonunning boshqa normasiga (masalan, JK ning 110-m. “Qiynash”) yoki boshqa huquqiy hujjatga murojaat etishni nazarda tutuvchi dispozitsiya havola etuvchi dispozitsiya sifatida tushuniladi.
Sanktsiya – dispozitsiyada ko’rsatilgan qoidani buzgan shaxsga nisbatan davlat organi qo’llashi mumkin bo’lgan ta’sir chorasini belgilaydi. Sanktsiya huquq normasining bir qismi bo’lib, unda dispozitsiyada ko’rsatilgan talablarni bajarmaganlik uchun berilishi mumkin bo’lgan jazoning yoki tavsiya etilgan harakatni sodir etganlik uchun rag’batlantirishning turi va o’lchovi ifodalangan bo’ladi.
Sanktsiyalarda ifodalangan salbiy oqibatlarning aniqligiga qarab, mutlaq aniq, nisbatan aniq va kumulyativ sanktsiyali normalar ajratiladi. Mutlaq aniq sanktsiyali huquq normalarida davlatning aniq bitta majburlov chorasi ko’rsatiladi. Nisbatan aniq sanktsiyali huquq normalari esa turli xil jazo turlaridan birini yoki huquqiy ta’sir choralaridan birini qo’llashni nazarda tutadi. Masalan, Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi Kodeksning 131-moddasida ifodalangan huquq normasining haydovchilarning transport vositalarini alkogolli ichimlikdan, giyohvand modda ta’siridan yoki o’zgacha tarzda mast holda boshqarishi to’g’risidagi ta’qiqidan iborat dispozitsiyasi buzilganda ma’muriy jarima yoki transportni boshqarish huquqidan mahrum qilish kabi jazolarning birini qo’llashni nazarda tutuvchi sanktsiyasiga murojaat etiladi. Kumulyativ sanktsiyali huquq normalari o’zida asosiy jazodan tashqari qo’shimcha jazo berilishini ham nazarda tutadi. Xususan, O’zbekiston Respublikasi JKning 43-moddasida “Jazo tizimi” belgilangan bo’lib, unga ko’ra jinoyat sodir etishda aybli deb topilgan shaxslarga nisbatan muayyan huquqdan mahrum qilish faqat asosiy jazo sifatidagina emas, balki qo’shimcha jazo tariqasida ham qo’llanilishi mumkin.
Huquq normalarining gipoteza, dispozitsiya va sanktsiyaga bo’linishi mantiqiy norma deb ta’riflanadi. Chunki mantiqiy norma unsurlari o’zaro bir-biri bilan bog’liq va normativ hujjatlar matnlarida quyidagi shartli sxemada ifodalanadi: “agar . . ., bunday taqdirda . . ., aks holda . . .”. Huquq normalari ichki tarkibiy unsurlari o’rtasidagi uzviy mantiqiy bog’liqlikka erishish o’z o’rnida ushbu huquq normalarining hayotiyligini, barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi.


Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin