O‘zbekiston auditorlarning kasbga oid ahloq kodeksi 18 ta moddadan iborat • 1-modda. Vijdonlilik va obektivlik
• 2-modda. Ahloqiy nizolarni hal etish
• 3-modda. Professional kompetentlilik
• 4-modda. Maxfiylik
• 5-modda. Soliq amaliyoti
• 6-modda. Xalqaro faoliyat
• 7-modda. Omma uchun axborotni taqdim etish
• 8-modda. Mustaqillik
• 9-modda. Kasbiy layoqatlilik va auditor bo‘lmagan shaxslardan foydalanishga bog‘liq majburiyatlar
• 10-modda. SHartnoma bo‘yicha va komission to‘lovlar.
• 11-modda. Auditor amaliyotiga muvofiq kelmaydigan faoliyat.
• 12-modda. Boshqa auditorlar bilan munosabatlar. YAngi xodimlarni qabul qilish.
• 13-modda. Reklama va xizmatlarni taklif qilish.
• 14-modda. Manfaatlar nizosi.
• 15-modda. Hamkasblarni qo‘llab-quvvatlash.
• 16-modda. Professional kompetentlilik.
• 17-modda. Axborotlarni taqdim etish.
• 18-modda. Intizomiy choralar.
Kasbiy etika kodekslarining mavjudligi — bu davlatning yordamisiz ham mustaqil ravishda o’z ahzolarining ahloqini tartibga soluvchi jamiyatning ahloqiy etukligidan darak beradi. Ba’zi kasb vakillari (masalan, shifrkorlar, sudyalar) o’zining huquqiy holatidan kelib chiqib shaxsiy qaror qabul qilishda keng imkoniyatlarga ega bo’ladilar. Ularning harakatlarining erkinligi (qaysiki nafaqat ijtimoiy foydali bo’ladi, balki jamoaviy xavfli bo’lishi mumkin) qisman ma’lum bir huquqiy qoidalar bilan, shuningdek, shaxsiy vijdoni bilan chegaralangan.
Shu munosabat bilan, etika kodekslarining vazifasi shundan iboratki, ular kasbiy uyushmalar a’zolarining yaxshi va yomon haqidagi qarama -qarshi qarashlarini umumiy bir xillikka keltiradilar.
Bunga u yoki bu kasbiy faoliyat asos bo’la oladigan, ijro etilishi majburiy bo’lgan korporativ printsip va normalarga havola qilgan holda ahloqiy ideallikni shakllantirish orqali erishish mumkin. Jamiyat o’z a’zolarini rasmiy muayyan korporativ ahloqga rioya etishga majbur qilishi lozim, chunki hamma advokatlar, shifokorlar ham, sudyalar ham, jurnalistlar ham ko’ngilli ravishda, o’z xohishlari bilan o’z faoliyatlarida bu qoidalarni qo’llamaydilar.
Ko’pgina kasblar ushbu kasb egalariga jamiyat oldida yuqori majburiyat yuklaydilar. Shu munosabat bilan, etika kodeksi turli xil kasbiy suiiste’molliklarning va buzilishlarning oldini olish uchun qo’shimcha vosita bo’lib hisoblanadi.