Kafedrasi fanidan kurs ishi mavzu: Korxonalarda valyuta mablag‘lari tahlili


- rasm. Foyda va xarajat o’rtasidagi bog’liqlik 17



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə17/19
tarix19.04.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#100659
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Kafedrasi fanidan kurs ishi mavzu Korxonalarda valyuta mablag‘l

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • XULOSA

9- rasm. Foyda va xarajat o’rtasidagi bog’liqlik 17




Tahlil etishda bir so’mlik tovar mahsuloti uchun qilingan xarajatlar dinamikasi, biznes rejaga nisbatan o’zgarishi aniqlanadi.





17 Iqtisodiy adabiyotlar asosida tayyorlandi

Ma’lumki, korxona erishadigan foyda miqdorining oshishi xarajatlarning qisqarishi va sotish hajmini oshishi bilan bevosita bog’liqdir. Ularni o’zaro quyidagicha taqqoslash mumkin.
Yuqoridagi rasmda savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarda foyda va xarajatlar o’rtasida bog’liqlik ko’rsatilgan. Ushbu rasmda ushbu korxonalar foydasini 150 so’mdan 200 so’mga oshirish uchun ikki xil yo’l ko’rsatilgan. Birinchi yo’l xarajatlarni qisqartirish, ikkinchi yo’l esa ishlab chiqarish hajmini oshirish. Bu ikki yo’l bilan foydani oshirish imkoniyati mavjud. Ya’ni agarda ishlab chiqarish xarajatlarini 5,9%ga qisqartirish imkoniyati bo’lsa faoliyat yakunida 200 so’m foyda olish mumkin yoki ishlab chiqarish hajmini 33 %ga oshirganda 200 ming so’m foyda olish mumkin. Bozor iqtisodiyotida talabning cheklanganligini hisobga olsak birinchi yo’l har tomonlama qulaydir. Ikkinchim yo’l esa ma’lum qiyinchiliklarni sodir etadi. Ya’ni sotish hajmini oshirish uchun ishlab chiqarishni qo’shimcha moliyalashtirish lozim bo’ladi. Bu esa bevosita qo’shimcha xarajatlar bilan bog’liq (masalan, bank kreditlaridan foydalanish). Qo’shimcha miqdordagi mahsulot ishlab chiqarish chegaralangan talab sharoitida qiyinchiliklarni yuzaga chiqaradi, hamda realizatsiyada qo’shimcha chiqimlarni olib keladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida kuchli raqobat muhitini inobatga oladigan bo’lsak, mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish ijobiyroqdir. Bu o’z navbatida savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarida tovar narxini pasaytirishga olib keladi. Bu esa bizga ma’lumki savdo korxonasining tovar aylanmasini maksimallashtiradi. Tovar aylanmasinin maksimallashishi korxona foydasini maksimallashtiradi.
Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarida foyda ko’rsatkichini maksimallashtirishda xarajatlar markazi va daromadlar markazi tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi. Daromadlar markazi va xarajatlar markazi rivojlangan mamlakatlarda savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari keng qo’llaniladi. Ushbu markazlar korxonalar foydasini ta’minlab beradi. Xarajatlar markazi daromadlilik darajasi past yoki umuman daromad olinmaydigan markaz bo’lib hisoblanadi. Lekin ushbu markaz daromadlar markazi daromadlarini maksimallashtiradi.
Daromadlar markazi korxonaning eng daromadli markazi bo’lib hisoblanadi. Xarajatlar markazi va daromadlar markazi 80 ga 20 qoidasiga ko’ra tashkil etiladi. Ushbu qoidaga amal qilib faoliyat yuritadigan korxonalarda mo’ljallangan foyda miqdorining 80%i foyda olish uchun yo’naltirgan moliyaviy resurslarning 20%i hisobidan foydalaniladi. Bu daromadlar markazini tashkil etadi. korxona mo’ljallagan foyda miqdorining 20%ini foyda olish uchun yo’naltirgan moliyaviy resurslarning 80%i miqdori hisobidan olinadi. Bu xarajatlar markazini bildiradi. Misol uchun savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari faoliyati davomida savdoga to’g’ridan to’g’ri bog’liq bo’lmagan juda ko’p xarajatlarni amalga oshiradi. Ya’ni umumiy ovqatlanish korxonasi faoliyati davomida mijozlarni qiziqtirish maqsadida qo’shiqchilarni xizmatga chaqiradi, oshxonada mijozlar uchun qulay sharoit yaratadi. Mijoz uchun xizmatlar sifatini oshiradi. Bu esa ushbu korxonalar uchun juda katta xarajatlarni talab etadi. Lekin ushbu xarajatlar korxonaning asosiy faoliyati daromadlarini maksimallashtirishda xizmat qiladi. Ushbu uchullar bugungi kunda samarasini ortib bormoqda va bu o’z navbatida savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari daromadlarini oshirishga xizmat qiladi.
Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarida foyda ko’rsatkichini maksimallashtirishda asosiy vazifalardan biri faoliyat unumdorligini, korxona kapitalining rentabelligini oshirish imkoniyatini beradi. Kapital rentabelligi bir birlik kapitalga to’g’ri keluvchi foyda miqdorini bildiradi. Biz rentabellik deganda barcha rentabellik ko’rsatkichlarini nazarda tutmoqdamiz. Ya’ni uzoq muddatli aktivlar rentabelligi, qisqa muddatli aktivlar rentabelligi, xusuiy kapital rentabelligi, qarz mablag’lari rentabelligi, mehnat unumdorligi va hokozolar. Uzoq muddatli aktivlar rentabelligini oshirish barcha uzoq muddatli aktivlardan samarali foydalanish orqali ta’minlanadi. Aylanma aktivlar rentabelligini oshirish aylanma aktivlar aylanuvchanligini maksimallashtirish orqali amalga oshiriladi. Xususiy kapital rentabelligi mablag’larni samarali sohalarga taqsimlash orqali amalga oshiriladi. Qarz mablag’lari rentabelligini oshirish savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarida qarz mablag’larini o’z vaqtida va samarali foydalanish orqali amalga
oshiriladi. Mehnat unumdorligi oshirish korxonalarda ishchi va xodimlar dan maksimal foydalanish orqali amalga oshiriladi.
Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarida bank kreditlaridan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Savdo korxonalari bank kreditlarilan foydalanish orqali korxonada moliyaviy resurslarni oshirib, keyinchalik korxona foydasini oshirishga xizmat qiladi. Ma’lumki bank kreditlri ikki xil, ya’ni uzoq va qisqa muddatli bank kreditlari. Uzoq muddatli bank kreditlari korxonaning uzoq muddatli strategik maqsadlarini amalga oshirishda beriladi va korxonalar moliyaviy holatini juda yaxshilaydi. Odatda uzoq muddatli kreditlar foiz stavkasi qisqa muddatli bank krelditlari foiz stavkasidan pastroq bo’ladi. Bu esa bank kreditidan foydalanuvchi savdo va umumiy ovqatlanish korxonalar uchun keng imkoniyatlarni yaratadi. Qisqa muddatli bank kreditlari asosan savdo va umumiyovqatlanish korxonalarida vaqtinchalik pul mablag’lari etishmovchiligi yuzaga kelganda olinadi. Qisqa muddatli bank kreditlari savdo va umumiyovqatlanish korxonalarida faoliyat uzluksizligini ta’minlaydi. Va aynan shu orqali ushbu korxonalar foydasini oshiradi.
Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari yagona soliq to’lovini to’laydilar. Bunda soliq bazasi tovar oboroti hisoblanadi. bu esa korxonaning soliq to’lovlari miqdorini oshiradi. Shuning uchun ushbu korxonalarda soliq miqdorini oldindan inobatga olib tovar baholariga mos ravishda qo’shish muhim ahamiyat kasb etadi.


XULOSA


Korxonalar moliyaviy resurslardan samarali foydalanish katta ahamiyat kasb etmoqda. Moliyaviy resurslardan samarali foydalanishda albatta bir birlik foydalanilayotgan moliyaviy resurslardan keladigan foyda miqdorini oshirishga harakat qilinadi. Korxona moliyaviy resurslari korxonaning faoliyat yuritishini ta’minlaydi.


Korxronalarda faoliyat boshlanishida moliyaviy resurslarning shakllanish manbalarining eng asosiy qismini korxona ustav kapitali tashkil etadi. Ammo takror ishlab chiqarish jarayonida korxonalarda mahsulot sotishdan tushum moliyaviy resurslarning asosiy qismini shakllantiradi. va undan so’ng korxonaning turli maqsadlaridan kelib chiqqan holda moliyaviy resurslardan foydalaniladi.
Amartizatsiya fondi ham korxonalarda moliyaviy resurslar shakllanishining asosiy manbalaridan biri bo’lib hisoblanadi. Amartizatsiya fondining o’ziga xos xususiyati shundaki, korxona faoliyatiga kirim qilingan asosiy vositalari va nomoddiy aktivlar qiymati asta sekinlik bilan mahsulot tannarxi tarkibiga amartizatsiya sifatida kiritili boriladi va mahsulot realizatsiyasidan so’ng fond sifatida shakllanib boradi. Bunda ushbu uzoq muddatli aktivlar qiymatidan amartizatsiya hisoblash natijasida amartizatsiya fondi shakllanadi va bu fondning moliyaviy resurslari vaqtinchalik, ya’ni kelgusida uzoq muddatli aktivlar sotib olgunga qadar joriy aktivlar qismini moliyalashtirib turadi. Ya’ni korxonalar to asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni sotib olgunga qadar, bu fond mablag’laridan bir necha marta ishlab chiqarishni kengaytirish va sifatini oshirishga foydalanishi mumkin. Shuning uchun ham korxonada ishlab chiqarishni amalga oshirishda eng asosiy moliyaiy manbalardan biri ham amratizatsiya fondining moliyaviy resurslari hisoblanadi.
Umuman olganda korxonalarda moliyaviy resurslarning foydalanishda avvalambor ushbu moliyaviy resurslarni bir joyga pul fondi sifatida yig’iladi va bu pul fondining resurslaridan belgilangan maqsad yo’nalishlarida foydalaniladi.
Korxonalarda moliyaviy resurslarning miqdori qancha bo’lishi emas balki
moliyaviy resurslarning aylanuvchanligi qancha katta bo’lishi muhimroqdir.
Chunki moliyaviy resurslar qancha tez aylansa, oz mablag’lar bilan ham ma’lum bir davrda katta ishlab chiqarishni amalga oshirish va barcha xarajatlarni qoplash mumkin. Moliyaviy resurslar juda sekin aylansa ko’p moliyaviy resurslar bilan ham bir ishlab chiqarishni moliyalashtirish mushkul bo’lib, hattoki ishlab chiqarish ma’lum bir muddatga to’xtab qolishi ham mumkin. Bundan tashqari debitorlik qarzlari oshib ketib, soliqlarni ham o’z vaqtida to’lolmaganlik uchun yana turli penya va jarimalar kelib chiqadi. Bu esa korxona moliyaviy holatiga juda salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Moliyaviy resurslardan samarali foydalanish maqsadida faoliyatdagi risk darajasini ham o’rganib, shunga mos ravishda moliyaviy resurslardan samarali foydalanish maqsadga muviqdir. Risk darajasi qancha yuqori bo’lsa, sarflanadigan moliyaviy resurslarning qaytib kelishida xavf ham yuqori bo’ladi. Yuqori risk ham yuqori daromad keladigan joyda bo’ladi. Bunday sharoitda ko’p holatlarda moliyaviy menejerlar ko’p daromad oladigan sohaga moliyaviy resurslarni yo’naltirib, natijada ko’p daromad olish o’rniga zarar bilan chiqish holatlari sodir bo’ladi. Misol tariqasida o’tgan yillardagi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi yuz berishidan sal oldin kishilarning daromad olaman deb yuqori risk bo’lgan qimmatli qog’ozlarni sotib olishga yo’naltirgan moliyaviy resurslari havoga uchdi. Demak risk bor joyda, risklilik darajasi inobatga olingan holda moliyaviy resurslarni ham shunga moslab sarflash, bunda zaxiraga moliyaviy resurslar qoldirish maqsadga muvofiqdir. Bunda agar korxona riskdan yutqazsa, shu ajratilgan ozgina mablag’ini yutqazadi, agar riskdan yaxshi chiqsa, ozgina mablag’idan yuqori daromad oladi. Demak korxonaning moliyaviy resurslar risk past joyga ko’proq sarflanib, risk yuqori bo’lgan joyga kamroq sarflanishi maqsadga muvofiqdir.
Korxonalarda soliq hisob kitoblarini ham to’g’ri yo’lga qo’yish ham muhim ahamiyat kasb etar ekan. Chunki soliqlarni noto’g’ri hisoblanishi korxona uchun keyinchalik ortiqcha jarimalar to’lashga majbur bo’lib qoladi. Bu moliyaviy holatga juda salbiy ta’sir ko’rsatadi. Soliqlarni o’rganib, soliqlarni kamroq to’lashning qonuniy tomonlarini aniqlash, ya’ni soliq imtiyozlaridan foydalanish
yo’llarini aniqlash ham korxonaning kamroq soliq to’lashiga olib kelib, korxona moliyavi barqarorligiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Yuqoridagi xulosalar asosida bitiruv malakaviy ishimizning quyidagi takliflarini keltirdik:

  1. Korxonalarda moliyaviy resurslardan oqilona foydalanish maqsadida uning holatini muntazam ravishda tahlil qilib borish lozim. Buning natijasida korxona sarflagan moliyaviy resurslaridan qancha vaqtda va qancha miqdorda qaytib kelishini aniqlash mumkin bo’ladi.

  2. Korxonalarda har bir faoliyat uchun kerak bo’lgan moliyaviy resurslarning aniq summasini, ayniqsa asosiy ishlab chiqarish faoliyati uchun hisoblab chiqish lozim. Natijada korxona moliyaviy resurslardan samarali foydalanadi. Chunki bunday jarayonda moliyaviy resurslar bo’sh turib qolmaydi. Boshqa tomondan korxonaning har bir faoliyatda moliyaviy resurslar holati bir maromda bo’ladi.

  3. Moliyaviy resurslarning aylanuvchanligini oshirishga katta e’tibor qaratish lozim. Moliyaviy resurslarning aylanuvchanligining oshirish korxonada moliyaviy resurslarning ta’minlanganlik darajasi yaxshilanadi. Ya’ni mahsulot ishlab chiqarish, mahsulot realizatsiya qilish, debitorlik qarzlarini so’ndirish tezligini oshirish korxona uchun ijobiy natijaga erishiladi. Chunki moliyaviy resurslar qancha tez aylansa korxonaning moliyaviy resurslarga bo’lgan ehtiyoji shuncha kam bo’ladi. Foydasi esa ko’zlaganidek chiqaveradi. Bir so’z bilan aytganda bunday holatda korxona moliyaviy resurslar rentabelligi oshadi.

  4. Moliyaviy resurslar rentabelligini oshirishga erishilgandan so’ng korxona ixtiyorida ortiqcha moliyaviy resurslar qoladi. Bu mablag’larni ishlab chiqarishni kengaytirishga, yangi texnika sotib olishga yoki boshqa moliyaviy faoliyatlarga safarbar etish maqsadga muvofiq keladi. Natijada korxonaning umumiy pul fondlari rentabelligi yanada oshib korxona yakuniy foydasini oshiradi.

  5. Korxonalarda imkon qadar moliyaviy resurslar kirib kelishini korxona xarajatlari davriga moslashtirishga katta e’tibor qaratish lozim.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin