4
1.2. Ona tili fanidan о„quv dasturiga kiritilgan о„zgarishlar,
kompetensiyaviy yondashuv asosidagi о„quv dasturining mohiyati.
Boshlang‗ich sinflar ona tili ta‘limi o‗quvchilarda nutq faoliyatining asosiy
turlarini o‗stirish bilan bir qatorda, quyidagi muhim masalalarni hal etishni ko‗zda
tutadi:
Boshlang‗ich sinflarda ona tilidan beriladigan bilimlar mazmunini o‗zbek
tilining tovush tuzilishi va yozma nutqda tovushlarni ifodalash usullari
haqidagi,
so‗zlarning o‗zgarishi va gapda so‗zlarning bog‗lanishi haqidagi, so‗zlarning
morfemik tarkibi va so‗z yasalishi, so‗zlarning leksik – semantik guruhi haqidagi,
o‗zbek tilining to‗g‗ri yozuv qoidalari va tinish belgilarining ishlatilishi haqidagi
bilimlar tashkil etadi. Berilgan bu bilimlar o‗quvchilar nutqini o‗stirishga xizmat
qiladi.
Ona tili o‗qitishning mazmuni va metodlari o‗quvchilarga
dastur talab qilgan
hajmda puxta bilim berish, ko‗nikma va malakalar hosil qilishga ko‗maklashishi
lozim.
Maktabni bitirib chiqqan yoshlar ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotning rang –
barang jabhalarida, muloqot va munosabatning barcha turlarida o‗zbek tilidan
bemalol – erkin, samarali va to‗g‗ri
foydalana olish, uning cheksiz imkoniyatlaridan
to‗laqonli bahramand bo‗lish, zaruriy ko‗nikma va malakalarga ega bo‗lishlari kerak.
«Ona tili» darslarida o‗quvchilarni mustaqil va ijodiy fikrlashga yo‗naltirish lozim.
Shuning uchun ushbu dastur va u asosida yaratilajak darsliklarda grammatik
qoidalarni
yodlatishdan voz kechish, ijodiy tafakkur tarzini shakllantirish,
dars va mashg‗ulotlarni o‗quvchilarning nutqiy malakasini yuzaga keltirishga qaratish
maqsad qilib olindi.
Dostları ilə paylaş: