Kafedrasi malaka oshirish


Umumiy о„rta ta‟lim muassasalarida



Yüklə 417,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/11
tarix01.12.2023
ölçüsü417,46 Kb.
#170700
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Ona-tili-fanini-oqitish-metodikasi

Umumiy о„rta ta‟lim muassasalarida 
ona tili fanini о‗qitishning maqsadi – 
о‗quvchilarda og‗zaki va yozma nutq kо‗nikmasini, ijodiy fikrlash malakasini, 
kitobxonlik va nutq madaniyatini rivojlantirishdan iborat.
Ona tili fanini о„qitishning asosiy vazifasi: 
о‗quvchi shaxsini fikrlashga, 
о‗zgalar fikrini anglashga, о‗z fikrini og‗zaki hamda yozma shaklda savodli bayon 
qila olishga qaratilgan nutqiy kompetensiyani rivojlantirish; о‗quvchilarda 
grammatikaga oid bilimlarni (fonetika, leksikologiya, sо‗zning tarkibi, sо‗z 
yasalishi, morfologiya, sintaksis, yozuv va imlo, tinish belgilari, nutq uslublari, 
stilistikaga oid tushunchalarni) shakllantirish va rivojlantirish hamda ona tilining 
keng imkoniyatlaridan unumli foydalangan holdaо‗qigan, kо‗rgan, eshitganlarini 
nutqiy tо‗g‗ri va ravon bayon eta olish kо‗nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan 
lingvistik kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat.
Ona tili fanini о‗quv dasturi о‗quvchilarda kompetensiyalarni 
shakllantirishga yо‗naltirilgan Davlat ta‘lim standarti talablaridan kelib chiqib 
tuzildi. О‗quv dasturida о‗quvchilarda fanga doir nutqiy va lingvistik 



kompetensiyalarni 
hamda 
tayanch 
kompetensiyalarning 
elementlarini 
shakllantirish kо‗zda tutilgan.
Boshlang„ich ta‟limda
– о‗quvchilarning savodxonligini ta‘minlash, og‗zaki 
va yozma nutqida adabiy nutq meyorlariga rioya qilishni shakllantirishdan iborat.
Boshlang‗ich ta‘lim ona tili о‗quv dasturi quyidagi bо‗limlarni о‗z ichiga 
oladi:
 
1. Savod о‘rgatish va nutq о‘stirish.
2. Fonetika, grammatika, imlo va nutq о‘stirish.

Savod о‗rgatish davri 2 sentabrdan to dekabr oyining oxirigacha bо‗lgan 
muddatni, ya‘ni 2 о‗quv choragini qamrab oladi. Savodga о‗rgatish jarayoni 
tayyorgarlik va Alifbe davridan tashkil topadi. Tayyorgarlik va Alifbe davrida 
ta‘lim savodga о‗rgatishning tahlil-tarkib (analitik-sintetik) tovush usulida amalga 
oshiriladi. Savodga о‗rgatishning tahlil -tarkib usuliga kо‗ra matndan gap, 
gapdan sо‗z, sо‗zdan bо‗g‗in va tovush, yoki aksincha, tovush > bо‗g‗in > sо‗z > 
gap > matn uzviy aloqada butundan bо‗lakka, bо‗lakdan butunga qarab tahlil va 
tarkib qilinadi. Bu esa, о‗quvchilar tafakkur faoliyatini onglilik, tushunarlilik, 
mantiqiylik, didaktik mezonlar asosida rivojlantirish imkoniyatini vujudga 
keltiradi. Boshlang‗ich ta‘limning ilk savodga о‗rgatish davridanoq, о‗quvchilar 
nutqini yangi sо‗zlar hisobiga boyitishga alohida e‘tibor qaratiladi. 
"Alifbe" darsligida berilgan: yangi sо‗zlar, matn, kichik hikoya va she‘rlardan 
foydalanib, о‗quvchilarni sо‗z ma‘nosi bilan atroflicha tanishtirishda, she‘riy va 
nasriy matnlarni yodlatish, qayta hikoyalashga e‘tibor beriladi. Sinfdan tashqari 
о‗qish darslari о‗quvchilarni bolalar adabiyoti namunalari bilan tanishtirib 
borishga, ularni mustaqil о‗qishga, о‗qituvchi va ota-onalar yordamida badiiy 
о‗qishga qiziqtirish, nutqini boyitish va rivojlantirishga yordam beradi. 
Boshlang‗ich ta‘limning ilk savodga о‗rgatish davridanoq, о‗quvchilar nutqini 
yangi sо‗zlar hisobiga boyitishga alohida e‘tibor qaratiladi.


Yüklə 417,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin