Kafedrasi mamatkulov anvar baxtiyarovich


Bitiruv malakaviy ishining nazariy va amaliy ahamiyati



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/40
tarix26.12.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#197906
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
milliy iqtisodiyotda davlat xaridini samarali tashkil etish yollari (1) (1)

Bitiruv malakaviy ishining nazariy va amaliy ahamiyati.
Davlat 
xaridlarini samarali tashkil etishga qaratilgan tadqiqotimiz ushbu yo‘nalishdagi 
bilimlarning tizimlashtirilganligi, davlat xaridlarini samarali tashkil qilish 
mexanizmlarining bayon qilinganligi, qator tayanch so‘z va iboralarning mazmun-
mohiyati tizimlashtirilgan holda yoritilganligi bilan nazariy ahamiyatga egadir. 
Tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalarning amaliyotga 
tatbiq etilishi mamlakatimizda iqtisodiyotda raqobat muhitining qaror topishiga, 
yangi texnologiyalarga asoslangan savdo jarayonlarining yo‘lga qo‘yilishi 



natijasida xarid jarayonlari samaradorligining oshishiga, raqobatbardosh mahsulot 
ishlab chiqarish hajmlarining ko‘payishiga, iqtisodiyotni modernizatsiyalash va 
diversifikatsiyalash dasturlarining muvaffaqiyatli bajarilishiga xizmat qiladi. 
Bitiruv malakaviy ishi qisqacha tavsifi.
Bitiruv malakaviy ishi kirish qismi, 
uchta bob, xulosa va takliflar hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. 
Bitiruv malakaviy ishining matni 66 sahifadan iborat bo’lib, 17 ta jadval, 10 ta 
rasm va 53 ta adabiyotni o’z ichiga oladi.
Bitiruv malakaviy ishining kirish qismida mavzuning dolzarbligi, bitiruv-
malakaviy ishining maqsad va vazifalari, bitiruv-malakaviy ishining predmet va 
obyekti, bitiruv malakaviy ish mavzusining ma’lumot bazasi va nazariy-amaliy 
ahamiyati yoritilgan. 
Bitiruv malakaviy ishining birinchi bobida davlat xaridlarini tashkil 
etishning nazariy va huquqiy asoslari o‘rganildi. O‘rganish jarayonida davlat 
xaridining iqtisodiy mohiyati va uning iqtisodiyotdagi ahamiyati, davlat xaridini 
tashkil etishning huquqiy asoslari tadqiq etildi.
Bitiruv malakaviy ishining ikkinchi bobida davlat xaridlarini samarali 
tashkil etishning amaldagi holati tahlil qilindi. Tahlil jarayonida davlat xaridlarini 
amalga oshirishda elektron savdolardan foydalanish hamda ularga kichik biznes 
subyektlarini jalb qilish holati, shuningdek davlat xaridi tizimining oldingi va 
yangi holatlari qiyosi ko‘rib chiqildi.
Bitiruv malakaviy ishining uchinchi bobida davlat xaridini tashkil etishning 
xorijiy mamlakatlar tajribasi tadqiq etildi va ulardan O‘zbekistonda davlat xaridini 
samarali tashkil etishda foydalanish imkoniyatlari yoritildi.
Bitiruv malakaviy ishining xulosa va takliflar qismida har bir bob bo‘yicha 
shakllangan xulosalar umumlashtirilgan va tadqiqot natijasiga ko‘ra shakllangan 
taklif va tavsiyalar tizimlashtirilgan holda keltirilgan.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin