« portfolio»ni yaratish muddati va taqdimot vaqti.
Muallifga «portfolio»ni yaratishda to’liq erkinlik beriladi.
Talabaning dunyoqarashlari, fikrlarining mantiqiyligi, nutq va bayon etish madaniyati, o’z fikrini isbotlay olishi kabi omillar uning faoliyatini baholashda asosiy mezonlardan biri sifatida foydalaniladi. Ayrim hollarda o’qituvchi «portfolio» tarkibiga o’z talablarini qo’yishi ham mumkin.
Portfolio tarkibi quyidagi materiallardan iborat bo’lishi mumkin:
Titul varaqa - «portfolio»ni nomi, talaba f.i.sh., fanning nomi, «portfolio»ni yuritish davri (semestr yoki o’quv yili), boshlanish va tugash sanasi, o’qituvchi f.i.sh.
«Portfolio» tarkibi:
fan bo’yicha talabaning erishgan yutuqlari (shaxsiy faoliyat natijalari tahlili, nimani o’zlashtirish oson, nima qiyin kechyapdi, ushbu qiyinchiliklar mohiyati nimada va b);
yozuvlar, ma’ruzalar, uy vazifalari (fanning turli bo’limlari bo’yicha kamida 8 ta topshiriq beriladi, albatta bunda mustaqil fikrlash qobiliyati, fikrlarning originalligi hisobga olinadi, talaba bitta muammo yoki topshiriq echimining turli xil yo’llarini ko’rsatishi zarur;
nazorat va mustaqil ishlar (kamida 3 ta mavzu bo’yicha 5-6 ta mustaqil ish);
testlar;
axborot texnologiyalaridan foydalanish (axborot texnologiyalari foydalanilgan kamida 2 ta misol, dasturiy material);
guruhiy loyihalar (talaba ishtirok etgan har bir loyiha batafsil yoziladi);
sizning sevimli ishingiz;
talaba faoliyati bo’yicha baholar (o’qituvchi va ekspertlar bahosi).