Kafedrasi N. Ba


I.1. Mustaqil ta’limni tashkil qilishning namunaviy va ishchi o‘quv rejalariga mosligi



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə5/53
tarix27.06.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#135394
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53
Kafedrasi N. Ba

I.1. Mustaqil ta’limni tashkil qilishning namunaviy va ishchi o‘quv rejalariga mosligi
Mustaqil ta’limni tashkil qilish namunaviy va ishchi o‘quv rejalariga mos ravishda amalga oshirilishi quyidagi talablarga mos kelishi ko‘zda tutiladi:

  • Mustaqil ta’limni tashkil etilishi eng avvalo barcha ta’lim yo‘nalishlarining namunaviy va ishchi o‘quv rejalariga asoslangan holda belgilangan bo‘lishi shart.

  • “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fani barcha ta’lim yo‘nalishi namunaviy va ishchi o‘quv rejasi bo‘yicha nomutaxassis yunalishidagi fakultetlarning I bosqich talabalariga o‘tilishi belgilab qo‘yilgan.



I.2. Mustaqil ta’limni tashkil qilish va uni amalga oshirishning kafedra yig‘ilishida ko‘rib chiqilishi
Mustaqil ta’limni tashkil qilish va uni amalga oshirish kafedra yig‘ilishida ko‘rib chiqilib, ma’qullanishi uchun quyidagilar bajarilishi zarurdir:
­– Mustaqil ta’lim uchun fan dasturida tavsiya qilingan mavzular aniqlanishi (bankining yaratilishi);
– Mustaqil ta’lim uchun belgilangan mavzularning ishchi o‘quv dasturida soatlar bilan ta’minlanishi (ishchi o‘quv rejaga asoslangan holda);
– Kafedra uslubiy yig‘ilishigacha kamida ikkita professor-o‘qituvchi tomonidan tahlil qilinishi (mavzularning fan (kurs) mavzulari doirasiga tegishliligi, soatlar miqdorining mos kelishi, mavzularning qo‘yilishi va talabalar bilimini boyitishi uchun ahamiyatliligi va boshqalar) va yig‘ilish muhokamasi jarayonida tegishli xulosalar berilishi;
­– Kafedra yig‘ilishida ma’qullangandan so‘nggina ishchi dasturga kiritilishi va belgilangan tartibda tasdiqlangandan so‘ng talabalarga taqdim qilinishi mumkin.


I.3. Mustaqil ta’limni tashkil qilishning fan dasturi va ishchi dasturga mosligi
Mustaqil ta’limni tashkil qilish va mustaqil ta’lim uchun belgilangan mavzular fan dasturi va ishchi dasturda belgilangan tartibda ishlab chiqilishi zaruriy holat bo‘lib, bunda mustaqil ta’limni amalga oshirish va uning bajarilishi uchun belgilangan holatlar hamda tavsiyalar namunaviy dasturda umumiy holda, ishchi dasturda esa batafsil holda ko‘rsatib berilishi, ishchi dasturda mustaqil ta’lim uchun belgilangan mavzularning umumiy ro‘yxati hamda adabiyotlar (manbalar) ro‘yxati berilgan bo‘lishi lozim.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin