Kafedrasi N. Ba


I.4. Mustaqil ta’lim mavzularining muayyan bir mavzuning biror qismini yoritib berish va bilim olish uchun yo‘naltirilganligi



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə6/53
tarix27.06.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#135394
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53
Kafedrasi N. Ba

I.4. Mustaqil ta’lim mavzularining muayyan bir mavzuning biror qismini yoritib berish va bilim olish uchun yo‘naltirilganligi
Mustaqil ta’lim uchun ajratilgan mavzular muayyan bir mavzuning biror qismini yoritib bergan holda umumiy tasavvur hosil qilish va ayni vaqtda bilim olish uchun yo‘naltirilganligi katta ahamiyatga ega holatdir. Birinchi bosqich talabalariga o‘qitiladigan O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani eng qadimgi davrlardan hozirgi kunlargacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga olgan bo‘lib, kurslar uchun belgilangan ma’ruza soatlarida tarixiy jarayonlarni to‘liq va batafsil ochib berish imkoniyati cheklangan. Garchi har bir mavzu yuzasidan ma’lum miqdorda ma’ruza va seminar mashg‘ulotlari uchun soatlar ajratilgan bo‘lsada, talabalarning mazkur mavzular yuzasidan to‘liq va chuqur bilim olishlari uchun to‘g‘ri tashkil qilingan mustaqil ta’lim juda katta samara beradi. Bunda o‘tilayotgan har bir mavzuning aynan qaysi qismini mustaqil ta’lim uchun ajratish va uni qay tariqa tashkil qilish muayyan bir mavzuning talabalar tomonidan har tomonlama va batafsil holda o‘rganish, xulosalar chiqarish, tasavvurga va bilimga ega bo‘lishi uchun zamin bo‘ladi.
Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish kerakki, ayrim iqtidorli va ilmiy tadqiqotlar qilish malakasini ma’lum darajada shakllantirgan talabalarga aniq bir muammoga yo‘naltirilgan mavzularni mustaqil ish (yoki ilmiy tadqiqot ishi) sifatida berish malakali mutaxassislarni tayyorlashda beqiyos ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin va eng ahamiyatli tomoni, bunday ishlar mustaqil ta’lim tarzida, rahbar (o‘qituvchi) tomonidan ko‘rsatilgan tavsiyalar yordamida amalga oshiriladi, ayni vaqtda talabada tadqiqot malakasini shakllantirishga yordam beradi.


I.5. Talabalar mustaqil ishini samarali tashkil etish
Talabalar mustaqil ishini samarali tashkil etishda quyidagi jihatlarga alohida e’tibor berish talab etiladi:
-tizimli yondashish;
-barcha bosqichlarni muvofiqlashtirish va uzviylashtirish;
-bajarilishi ustida qat’iy nazorat o‘rnatish;
-tashkil etish va nazorat qilish mexanizmlarini takomillashtirib borish zarur.
Mustaqil ish topshiriqlarini muvaffaqiyatli yakunlash uchun quyidagi talablar bajarilishi lozim:
-maqsad, bilimni mustahkamlash, yangi bilimlar o‘zlashtirish, faollikni oshirish, amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish aniq asoslanishi;
-vazifa va topshiriqlarning aniq va ravshan belgilanishi;
-topshiriqlarni bajarish algoritmi va metodlaridan talabalarning etarli darajada xabardor bo‘lishi;
-maslaxat va boshqa yordam turlarining to‘g‘ri belgilanishi (yo‘llanma va ko‘rsatma berish, mavzuning mazmuni va mohiyatini tushuntirish, muammoli topshiriqlarni bajarish usullari bo‘yicha tushuncha berish, ayrim muammoli holatlarni birgalikda hal qilish);
-hisobot shakli va baholash mezonini aniq belgilash;
-nazorat vaqti, shakli va turlarini aniq belgilab olish (amaliy seminar, laboratoriya mashg‘ulotlari, maslahat uchun yoki nazorat uchun maxsus ajratilgan vaqt, ma’ruza yoki referat matni, bajarilgan topshiriqlar daftari, nazorat ishlari, uy vazifasi daftari, kurs ishlari, test, maqola, nostandart topshiriqlar, savollar, maqola, ko‘rgazmali jihozlar va ijodiy ishlar, savol-javob, bajarilgan ish mazmuni va mohiyatini tushuntirib berish, yozma shaklda bayon qilish).



Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin