Kafedrasi N. Ba


I. MUSTAQIL TA’LIMNING TASHKILIY TALABLARI



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə2/53
tarix27.06.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#135394
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53
Kafedrasi N. Ba

I. MUSTAQIL TA’LIMNING TASHKILIY TALABLARI


Mustaqil ta’limni amalga oshirish bugungi kun ta’lim jarayonining muhim bo‘g‘inlaridan biri sifatida amalda joriy etilgan bo‘lib, uni tashkil qilish jarayonlari va uslublari yildan-yilga takomillashtirib borilmoqda. Mustaqil ta’lim talabalarning qo‘shimcha bilim va ma’lumotlarga ega bo‘lishi, o‘z ustida ishlash malakasi va mas’uliyatining shakllantirilishi, mazkur jarayonda xosil qilingan turli malakalarning takomillashtirib borilishi asnosida talabalarning kelgusida etuk va malakali mutaxassislar bo‘lib etishishlari uchun asos bo‘lishi lozim bo‘lgan omillardan biri sifatida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Fanning muayyan qismlarini o‘rganish va o‘zlashtirishni talabalar tomonidan mustaqil ravishda amalga oshirilishi mustaqil ta’limning mazmunini tashkil qilar ekan, uning tashkil etilishi, aniq maqsad va vazifalarning qo‘yilishi hamda yo‘nalishlarning aniqlanishi bu jarayonni amalga oshirilishini osonlashtiradi. Ayni vaqtda talabalarning mustaqil ta’limni amalga oshirish jarayonida e’tibor berilishi lozim bo‘lgan asosiy jihatlar, mavzularning asosiy xususiyatlari, ularning tadqiq qilinishi va o‘rganilish uslublari, mustaqil ishlarning tayyorlanish usullari va turlari, mavzularning mazmunidan kelib chiqqan holda mustaqil topshiriqlarni bajarish shakllarining xilma-xilligi talabalarning bu jarayonni to‘liq bajarish va maqsadga erishish imkoniyatlarini oshiradi.
Mustaqil ta’limning umumiy tavsifi:
Mustaqil ta’lim axborot va kommunikatsiya texnologiyalari asosida ta’lim oluvchilarning kasbiy mahoratini qo‘llab-quvvatlash, mustaqil ta’lim olish ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiluvchi ma’lumotlarni uzatish vositalari, axborot ashyolari, o‘zaro aloqalar qaydnomalari, dasturiy va tashkiliy-metodik ta’minotlarning tizimli-tashkiliy majmuidir.
Mustaqil ta’lim ochiqlikni ta’minlovchi quyidagi tamoyillar asosida shakllantiriladi:
- ta’lim olishni ochiq rejalashtirish, ya’ni, yo‘nalish va unga mos o‘quv rejasi doirasida bilimlarni oshirib borishning individual traektoriyasini tuzish erkinligi;

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin