Mustaqil ta’limning vazifalari: -bilimlarni mustaqil tarzda puxta o‘zlashtirish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
-kerakli ma’lumotlarni izlab topishning qulay usul va vositalarini aniqlash;
-axborot manbalaridan samarali foydalanish;
-elektron darslik ma’lumotlar bankini yaratish;
-berilgan topshiriqning muhim echimini belgilash;
-ma’lumotlar bazasini tahlil etish;
-ish natijalari xulosasini tayyorlash va qayta ishlash;
-topshiriqlarni bajarishga tizimli va ijodiy yondashish;
-ishlab chiqilgan echim, loyixani asoslash va mutaxassislar ishtirokida himoya qilish;
-pedagogik texnologiyalarni nazariy va amaliy egallash hamda sharoitlarini aniqlash;
-ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilar hamkorligidagi faoliyatning aniqligi va oshkoraligidir.
Mustaqil ta’limni amalga oshirilishi jarayonida quyidagilarga alohida ahamiyat berish zarur bo‘ladi:
Mustaqil ta’limni tashkil qilish namunaviy va ishchi o‘quv rejalariga mos ravishda amalga oshirilishi;
Mustaqil ta’limni tashkil qilish va uni amalga oshirish kafedra yig‘ilishida muhokama qilinib, ma’qullanganligi;
Mustaqil ta’limni tashkil qilish va mustaqil ta’lim uchun belgilangan mavzular fan dasturi va ishchi dasturda belgilangan tartibda ishlab chiqilib, tasdiqlanganligi;
Mustaqil ta’lim uchun ajratilgan mavzular muayyan bir mavzuning biror qismini yoritib bergan holda umumiy tasavvur hosil qilish va ayni vaqtda bilim olish uchun yo‘naltirilganligi;
Mustaqil ta’limni tashkil qilishda mavzular yuzasidan adabiyotlar (manbalar) ro‘yxatining oldindan talabalarga taqdim qilinishi;
Mustaqil ta’limni tashkil qilishda aniq maqsadning belgilanganligi va rahbar (o‘qituvchi) tomonidan aniq topshiriqning qo‘yilishi.
Mustaqil ta’limni tashkil qilish jarayonida mustaqil ta’lim mavzularini tayyorlash shakllarining avvaldan belgilab berilishi ((reja (oddiy yoki murakkab) asosidagi konspekt, tezislar, xronologiya, jadvallar va boshqa shakllarda yozma, og‘zaki yoki ijodiy ish (referat) tarzida));
Mustaqil ta’lim natijalarining rahbar (o‘qituvchi) tomonidan tekshirish jarayoni (shakllari) va uning baholanish tartiblari va ballar miqdorlarining talabalarga avvaldan taqdim qilinishi.
Quyida sanab o‘tilgan shartlarning har birining alohida xususiyatlari haqida so‘z yuritamiz.