11-Mavzu: O’zbekiston Respublikasida ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar AMALIY MASHG’ULOT MAZMUNI Amaliy mashg’ulot: Mustaqillik yillarida O’zbekistonda ilm-fan, ta’lim va yoshlarga oid davlat sioysatida amalga oshirilgan islohotlar va qo’lga kiritilgan yutuqlar. Mustaqillik yillarida ilm-fan. “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”. Ta’limning milliy modelining shakllanishi, rivojlanishi va sohadagi muammolar. O‘zbekistonda mustaqillik yillarida oliy ta’lim va ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlik.
O’QITISH SHAKLLARI Mazkur modulning nazariy materialini o‘zlashtirishda quyidagi o‘qitish shakllaridan foydalaniladi:
davra suhbatlari (ko‘rilayotgan mavzu bo‘yicha malumotlarni jamlash, ularni eshitish, idrok qilish va mantiqiy xulosalar chiqarish);
bahs va munozaralar (mavzu yuzasidan qo’shimcha malumotlarni taqdim qilish, ularni eshitish va o’rganilayotgan masal yuzasidan muammolar to’g’ri echimini topish uchun talabalar o’rtasida bahs-munozaralar olib boorish ).
Keng ko‘lamli suhbat. Hamma uchun umumiy bo‘lgan tavsiya etilayotgan majburiy va qo‘shimcha adabiyotlar bilan mashg‘ulotning har bir reja savollariga tinglovchilarni tayyorgarligini nazarda tutadi. Faollashtirishni barcha vositalarini qo‘llash bilan: so‘zga chiquvchiga va barcha guruhga yaxshi o‘ylab tuzilgan aniq ifodalangan savollar; so‘zga chiquvchi tinglovchilarni kuchli va kuchsiz tomonlariga diqqatlarini qarata olishi; ish jarayonida ochib berilayotgan, yangi qirralarni o‘sha vaqtning o‘zida ajratib ko‘rsatish va boshqalar asosida ko‘pchilik tinglovchilarning savollarini muhokama qilishga jalb qilish imkonini beradi.
Keyslarni (muammoli vaziyatlarni) echish.Muammoli vaziyatlarni hal etish natijasida hosil bo‘lgan, mustaqil izlab topilgan dalillar, natijalarni bir-biriga bo’g’lab mavzu mohiyatini to’liq yoritilishiga erishish.
II. MAVZUNI O‘QITISHDA FOYDALANILADIGAN INTERFAOL TA’LIM METODLARI
3- MA’RUZA MASHG‘ULOTIDA quyidagi interfaol o‘qitish metodlaridan foydalaniladi:
1) Mashg‘ulotning motivatsiya bosqichida: “Aqliy hujum”dan foydalaniladi.
Topshiriq mazmuni → “Ta’lim tizimidagi amalga oshirilgan o’zgarishlar, ularning ijobiy va salbiy jihatlari?”
2) Tinglovchilarning Ta’lim tizimidagi amalga oshirilgan o’zgarishlar, ularning ijobiy va salbiy jihatlari oid qanday ma’lumotlarni bilishlari va bilishni istayotgan ma’lumotlarini aniqlash maqsadida “B /B /B” metodidan foydalaniladi.