Kafedrasi qishloq xo’jaligi mashinalari



Yüklə 70,74 Kb.
səhifə2/6
tarix14.12.2023
ölçüsü70,74 Kb.
#176856
1   2   3   4   5   6
2. Amaliy ish. traktor rul va tormoz

Umumiy ma’lumot: G’ildirakli traktorlarning asosiy boshqarish mexanizmlariga rul mexanizmi va tormoz tizimi kiradi. Bu mexanizmlar me’yoriy ko’rsatkichlarining o’zgarishi traktorchining ish faoliyatiga va hayotiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Boshqarish mexanizmlarining texnik holati traktorning agregat tarkibidagi ish unumiga katta ta’sir etadi.
G’ildirakli traktor rul mexanizmining holati quyidagicha tekshiriladi.
Gidrokuchaytirgichi bor bo’lgan g’ildirakli traktorlarda uning dvigateli yurgizilib, oldingi g’ildiraklari traktorning to’g’ri chiziqli harakatlanish holatiga qo’yiladi. Gidrokuchaytirgichi yo’q traktorlarda dvigatelni yurgizish shart emas.
Dinamometr-burchak o’lchagich qisqichlari 3 (1-rasm) yordamida rul chambaragiga, ko’rsatkich nayza 2 esa qo’zg’almas qismiga shunday mahkamlanadiki, bunda ko’rsatkich nayzaning uchi dinomametr shkalasidagi “0” raqami qarshisiga to’g’riholatda mahkamlanadi.
So’ngra dinamometrning dastagi 4 dan ushlab unga 10 N kuch qo’ygan holda rul chambaragi oldin bir tarafga, so’ngra ikkinchi tarafga buriladi.
Rul chambaragiga qo’yiladigan kuchning miqdori shkala 5, salt harakati esa shkala 1 bilan nazorat qilinadi va uning miqdorlari o’lchanadi. Masalan, agar rul chambaragi 10 N kuch bilan o’ng tarafga burilganda ko’rsatkich nayza 100 burchakga burilsa, chap tarafga burilganda 150 ni ko’rsatsa, u holda salt burilish 100+150 =250 ni tashkil etadi.
Traktor va tirkamalarning massasiga bog‘liqligi bo’yicha tormozlanish yo’li asosan massasi 4 tonnagacha bo’lgan traktorlarda tirkamasiz 6,0 metrni, bir tirkamali traktorlarda 6,5 metrni, ikki tirkamali traktorlarda 7,5 metrni tashkil qiladi. Massasi 4 tonnadan yuqori bo’lgan traktorlarda esa tirkamasiz 6,5 metrni, bir tirkamali traktorlarda 7,5 metrni, ikki tirkamali traktorlarda 9,0 metrni tashkil qiladi.

1-rasm. Rul chambaragining salt burilishini tekshirish: 1 va 5 – shkalalar; 2-nayza-ko’rsatkich; 3- qisqich; 4-dastak.

Texnik shartga ko’ra rul chambaragining salt burilishi 150 dan va burish kuchi 50 N dan yuqori bo’lmasligi kerak. Agar rul chambaragining salt burilishi texnik shartdan kam yoki ko’p bo’lsa rul mexanizmini sozlash lozim.


Rul mexanizmini sozlash (MTZ-80 traktori misolida) quyidagicha amalga oshiriladi. Buning uchun korpus 10 (2-rasm) va qopqoq 11 dan moy quyish naychalari yechib olinadi va qopqoq 11 ochiladi.
So’ngra gayka 13 qotiriladi va sektor 1 bilan reyka 6 tishlari orasidagi tirqish tekshiriladi. Agar tirqish me’yordan (0,1-0,3 mm) keng bo’lsa, uni kichraytirish uchun vintlar 8 bo’shatiladi va qopqoq orasiga qo’yilgan qistirmalar 7 dan (prokladka) 1-2 tasi olinadi, tirqish kengligi kam bo’lsa qo’yiladi va boltlar qayta qotiriladi.
Yechib olingan barcha detallar joyiga o’rnatib mahkamlanadi. Sozlash oxirida bolt 12 burish vali 13 ga tekkuncha qotiriladi, so’ngra aylananing 1/8-1/10 miqdorida orqaga buraladi va mahkamlagich gayka bilan qattiq mahkamlanadi.
Diskli tormozlarning holatini tekshirish va sozlash (MTZ-80 traktori misolida) quyidagicha bajariladi. Tormozlarning harakat uzatish mexanizmini to’g’riishlashini tekshirish uchun o’ng va chap pedallarni navbatma- navbat 120 N kuch bilan bosiladi va ularning to’liq bosilish masofasi lineyka yordamida o’lchanadi. Bunda ikkala pedalning yurish masofasi bir xil bo’lib, 70-90 mm ni tashkil etishi kerak.


Yüklə 70,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin