1997-yil – Xiva va Buxoro shaharlarining 2500 yillik yubileyi nishonlandi;
2002-yil – Termiz shahrining 2500 yillik yubileyi nishonlandi;
2002-yil – Shahrisabz shahrining 2700 yilligi nishonlandi;
2003 yil – Nukus shahrining 70 yilligi nishonlandi va shahar “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi;
2006-yil – Qarshi shahrining 2700 yilligi nishonlandi;
2007-yil – Samarqand shahrining 2750 yillik yubileyi o‘tkazildi;
2007-yil – Marg‘ilon shahrining 2000 yillik yubileyi o‘tkazildi;
2009-yil – O‘zbekiston Respublikasi poytaxti Toshkent shahrining 2200 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosim o‘tkazildi.
Xiva-ochiq osmon ostidagi muzey
Xiva – Arxeologik maʼlumotlarga koʻra, shahar millodan avvalgi 5-asrda barpo etilgan va uning nomi shaharning qad. qismida joylashgan Xivaq (Xeyvaq) qudugi bilan bogʻliq.
Xiva oʻzining tarixiy oʻtmishi, meʼmoriy tuzilishi, obidalarining yaxlit saqlanganligi jihatidan mazkur qad rostlagan shaharlar orasida alohida alohida oʻrin tutadi .
Yer kurrasida mashhur boʻlgan Qohira shahriga tengdosh boʻlgan bu shaharning Ichan qalʼa qismi 1990-yil Yuneskoning Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan va “Ochiq osmon ostidagi muzey” nomi berilgan.
Dunyoga al-Xorazmiy, Najmiddin Kubro, Shihabuddin Xivaqiy, Pahlavon Mahmud, Muhammad Rahimxon (Feruz), Munis va Ogahiy kabi buyuk zotlarni yetkazib bergan azim zamin hisoblanadi.
Dunyoga al-Xorazmiy, Najmiddin Kubro, Shihabuddin Xivaqiy, Pahlavon Mahmud, Muhammad Rahimxon (Feruz), Munis va Ogahiy kabi buyuk zotlarni yetkazib bergan azim zamin hisoblanadi.
Xivada IX asrda tashkil topgan Ma’mun akademiyasida butun dunyo ilm-faniga ulkan xissa qo’shgan allomalar jumladan: Al-Beruniy, Al-Xorazmiy, Abu Ali Ibn Sino va boshqa ko’plab olimlar faoliyat olib borishgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 03.01.1996 yildagi 5-sonli qarori bilan 1997-yilda Xivaning shahrining 2500 yillik yubileyi nishonlandi.