MUHOKAMA VA NATIJALAR
―Go‗ro‗g‗li‖ turkum dostonlari boshqa turkiy xalq orasida ham mashhur.
Shuning uchun ham har bir xalq Go‗ro‗g‗lini o‗ziniki qilib aytadi. Turk folklorshunos
olimlari Go‗r‘og‗li shaxsini Eron bilan bog‗lagan holda ko‗rsatadi.
―Qayerlik bo‗lgani aniq bo‗lmagan, dostonlarda ham bu mavzuda ochiq
ma‘lumot berib o‗tilmagan Ko‗ro‗g‗li shaxsiyati haqida Sharqiy Azarbayjon
rivoyatlarining
birinchi
shaxobchasida
aytilarkan,
uning
otasi
Murodiya
shaharchasida o‗tgani hikoya qilinmoqda… Turkman rivoyatlarida Ko‗ro‗g‗lining
turkmanlarga mansub ekanligi aytilsa-da, turkmanlarning bu dostonni Eron
ozarbayjonlaridan o‗rganib o‗zlariniki qilib olganliklariga, turkmanlar tarixidan bahs
etuvchi ―Shajarayi tarokima‖ hamda ―Shajarayi turk‖ asalarida Ko‗ro‗g‗li ismi aytib
o‗tilmaganiga diqqat etilsa, turkman xalqidagi Ko‗ro‗g‗li o‗zlashtirilganligi ayon
bo‗ladi. Demak, turk olimlarining qarashiga ko‗ra Sharqiy turkiston va g‗arbiy turk
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES
VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-6-339-346
Academic Research, Uzbekistan 344 www.ares.uz
xalqlaridagi Go‗ro‗g‗li Eron turkiylaridan o‗zlashgan qahramon sanaladi. Go‗ro‗g‗li
borasidagi fikrlar ichida uning shaxsiyati bilan bog‗liq ma‘lumotlar qimmatli. Chunki
unda Go‗ro‗glining janubiy Xurosonda tug‗ilib, Eron ozarbayjonlari ichida Eron
shohi Abbos II zamonida (1617 – 1648-yillarda) yashaganligi aytiladi. Qolaversa,
manbada Go‗r‘og‗li bilan bog‗liq ma‘lumotlar tarixiy fakt – 1656-yilda Van ko‗li
tomon sayohatni amalga oshirgan Avliyo Chalabiyning ―Sayohatnoma‖ sida
Go‗ro‗g‗li haqida xabar bergani keltiriladi. Bu ma‘lumotlar Go‗r‘og‗li shaxsiga eng
yaqini sanaladi. Chunki Go‗ro‗g‗li bilan bog‗liq aksar voqealarda uning eronliklarga
qarshi kurashgani aytiladi. Tarix esa turk olimlari Go‗ro‗g‗li yashagan deb
ko‗rsatayotgan davrda Eron shialarining turkiy xalqlar bilan kuchli ziddiyatda
yashaganini ko‗rsatadi. Eng qiziq tomoni shundaki, ―Munajjimi yazdiy‖ da Go‗ro‗g‗li
Usmonlilar tarafidan siquvga olingani, Abbos shohning huzuridan panoh topgani
aytiladi. Turk olimlari Go‗r‘g‗lining hayotini uch bosqichga bo‗ladi. Birinchi
bosqichda Go‗ro‗g‗li o‗z mamlakati Bo‗luda qaroqchilik qilib yuradi. Ikkinchi
bosqichda Go‗ro‗g‗li hayoti Chamlibel (Chambil)da kechadi va u yerda odamlardan
yo‗l boji olib yigitlari bilan tiirkchilik qiladi. Uchinchi bosqichda Usmonlilarning
tazyiqidan qochib Eronga boradi. Va nihoyat, ―Go‗ro‗g‗li‖ turkumidagi dostonlarning
ozarbayjon variantida Go‗ro‗g‗li Eron shohi Abbos tomonidan o‗ldiriladi.
G‗arbiy turk xalqlari orasida ―Go‗ro‗g‗li‖ turkumidagi asarlar XIX asr oxiri
XX asr boshlarida yozma ravishda tarqala boshladi. Xususan, ―Ko‗ro‗g‗li hikoyalari‖
1885 – 1914-yillar mobaynida qayta-qayta tosh bosmadan chiqadi. Keyinchalik esa
Nizamittin Nazif Tepedelenli o‗g‗li 1928-yil, Pertev Naili Boratov 1931-yil,
Muharrem Zeki Korgunal 1931 – 1933-yillar, Jemol Baki 1949-yil, Murat Serto‗glu
1959, 1962-yillar, Mehmet Seyda 1969-yil Ibrahim Zeki Burdurlu 1969-yil va Tahir
Kutsi Makal 1970-yillarda ―Go‗ro‗g‗li‖ turkumidagi hikoyalarni nashrdan
chiqardilar. Mehmet Kaplan, Mehmet Akalin, Muhan Bali, Ah Onk, Fikret Turkmen,
Ferruh Arsunar kabi olimlar ―Go‗ro‗g‗li‖ turkumi dostonlarining genezisi, tarmoqlari,
shaxsiyati va boshqalarni jiddiy tadqiq etishdi.
Turk folklorshunos olimi Metin Ekiji Onaduluda keng tarqalgan ―Go‗ro‗g‗li‖
turkum dostonlarining shaxobchalarini va har bir shaxobchadan o‗sib chiqqan asar
voqealarini tasnif etdi. Unga ko‗ra ―Go‗ro‗g‗li‖ turkumining turk versiyasi uch
shaxobchadan iborat:
1-shaxobcha: Go‗ro‗g‗lining maydonga kelishi va Chamlibelda joylashishi
haqidagi shaxobcha:
a)
Ko‗ro‗g‗lining o‗rtaga chiqishi yoki Ilk shaxobcha;
b)
Ko‗ro‗g‗lu va Demirjio‗g‗lu;
|