Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-679-685 Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan Academic Research, Uzbekistan 682 www.ares.uz qilgan. Barcha mutafakkirlar kabi u ham ko'rgazma-tajriba metodlari, savol-javob
metodlari, malaka va ko'nikmalarni shakllantirish metodlari, bilimlarni sinash
metodlaridan keng foydalanilgan. Al-Xorazmiy matematika fanining amaliy
ahamiyatini yuksak cho'qqilarga ko'tara oldi. Uning buyuk ixtirolaridan biri - «0»
(nol) sonini yaratishi va bu orqali uning fanga kiritgan buyuk kashfiyoti o'nli
pozitsion sanoq sistemasining iste'molga kiritilishidir.
Abu Nasr Forobiy ta'limda barcha fanlarning nazariy asoslari o'rganilsa,
tarbiyada ma'naviy-axloqiy qoidalar, odob me'yorlari o'rganiladi, kasb-hunarga oid
malakalar hosil qilinadi, deb uqtiradi. Bular tarbiyachilar va murabbiylar tomonidan
turli metodlar yordamida amalga oshiriladi. Forobiy ta'lim-tarbiya ishlarini nazariy
yo'l bilan amalga oshirishga ko'proq e'tibor beradi. Shuning bilan birga u ta'lim-
tarbiyada rag'batlantirish, odatlantirish va vaqti kelganda majbur etish metodlaridan
foydalanish g'oyalarini ham ilgari surgan. U matematika, mantiq, tibbiyot, ilmi
nujum, musiqa, huquq, tilshunoslik, poetika kabi sohalar bilan shug'ullangan, turli
tillarni o'rgangan. Manbalarda yozilishicha, u 70 dan ortiq tilni bilgan.
Abu Rayhon Beruniyning ilmiy bilimlarni egallash yo'llari, usullari haqidagi
fikrlari hozirgi davr uchun ham dolzarbdir. Uning fikricha, ta'lim oluvchilarga ta'lim
berishda quyidagilarga e'tibor berish kerak:
-ta`lim oluvchilarni zeriktirmaslik;
-bilim berishda bir xil narsani yoki fanni o`rgatavermaslik shart, bu dars
jadvaliga qo`yilgan talablardan biri;
-uzviylik va izchillik;
-taxlil qilish va taqqoslash;
-takrorlash;
-materialni ko`rgazmali bayon etish va shu kabilar.
Abu Ali ibn Sino ta`lim oluvchilarni jamoa qilib o`qitishni ta`kidlaydi. U
o`quvchilarni o`qitishda ularni birdaniga kitob bilan band qilib qo`ymaslik kerak, deb
ta`kidlaydi.
Shuningdek,
olimning
fikricha,
olib
boriladigan
o`quv
mashg`ulotlarining mazmun-mohiyati o`quvchilarning yosh xususiyatlariga ham mos
keladi va unda turli xil metodlardan foydalanib o`quvchi yoshlarni fanga nisbatan
qiziqishlarini rivojlantirish ko`zda tutiladi. Ibn Sino ta`limoti bo`yicha bilishda qaysi
metodlardan foydalansa ham og`zaki ifodalash, bilimlarni tushuntirish, turli usuldagi
suhbatlarni tashkil etish bilan bolalarda mustaqil fikrlash qobilyatini va og`zaki
bayon qilish qobilyatini rivojlanishini ta`minlash maqsad bo`lgan.