Academic Research in Educational Sciences
VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-679-685
Google Scholar
Scientific Library of Uzbekistan
Academic Research, Uzbekistan 680 www.ares.uz
kelishmoqdalar. Innovatsion faoliyatda pedagogik yangiliklar: o‗qitishning yangi usul
va metodlarining yaratilishi va qo‗llanishi o‗quv jarayonining
samarali va sifatli
tashkil etilishini yaratib beradi. Pedagogik yangilik-pedagogik faoliyatda ilgari ta‘lim
jarayonida noma‘lum bo‗lgan o‗zgarishlarni kiritish orqali ta‘lim va tarbiyaning
nazariya va amaliyotini boyitish va uni rivojlantiruvchi omilidir.
Shuningdek, zamonaviy pedagogik texnologiyalar ta‘lim jarayonining
samarasini
oshiradi, o‗quvchilarning erkin fikrlash jarayonini shakllantiradi,
o‗quvchilarda bilim olishga ishtiyoqi va zavqini oshiradi,
bilimlarini mustahkam
o‗zlashtirish, ulardan amaliyotda mustaqil foydalanish ko‗nikma va malakalarini
shakllantiradi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
«Metod» — yunoncha «metodos» - «yo‗l» degan so‗zdan paydo bo‗lib, u
tadqiq qilish ma‘nosini anglatadi. Ta‘lim metodi ta‘lim jarayonida o‗qituvchi va
o‗quvchilarning aniq maqsadga erishishiga qaratilgan birgalikdagi faoliyatdir.
Ta‘lim metodlari – o‗qitishning o‗z oldiga qo‗ygan maqsadlariga erishish
usullarini hamda o‗quv materialini nazariy va amaliy yo‗naltirish yo‗llarini bildiradi.
O‗qitish metodlari ta‘lim jarayonida ta‘lim beruvchi va ta‘lim
oluvchi faoliyatining
qanday bo‗lishi, o‗qitish jarayonini qanday tashkil etish va olib borish kerakligini
hamda shu jarayonda ta‘lim oluvchilar qanday ish-harakatlarini bajarishlari
kerakligini belgilab beradi. Shuningdek, ta‘lim metodi o‗qituvchi va ta‘lim
oluvchilarning o‗qish vazifalarini bajarishga qaratilgan nazariy va amaliy bilish
faoliyati yo‗lidir. Ta‘lim metodlari tevarak-atrofdagi dunyoni bilishning umumiy
qonuniyatlarini tushunishga bog‗liqdir, ya‘ni ular falsafiy metodologik asosga ega va
ta'lim jarayonidagi
qarama-qarshiliklarni, ta‘lim jarayonining mohiyatini va
tamoyillarini to‗g‗ri anglash natijasidir. Ta‘lim materiali ta‘lim mazmunida
ifodalangan ilmiy fikr mantig‗iga bog‗liq. Pedagogik
qarashlarda nazariya qancha
kam ifodalangan bo‗lsa, ta‘lim metodlari bu nazariyaga shuncha kam bog‗liq bo‗ladi.
Pedagogika fani maktablar va ta‘lim beruvchilarning ilg‗or ish tajribalarini
umumlashtiradi, an‘anaviy ta‘limning ilmiy asoslarini ko‗rsatib beradi, o‗qitishning
zamonaviy hamda samarali metodlarini ijodiy ravishda izlab topishga yordam beradi.
Metodlar bir qancha asosiy guruhlardan iborat bo‗lib, ularning har biri o‗z
navbatida kichik guruhlar va ularga kiruvchi alohida metodlarga bo‗linadi. O'quv-
biluv faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirish jarayonining o'zi esa axborot
uzatish, qabul qilish, anglash va o'quv axborotlarini esda saqlashni hamda olinadigan