Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-679-685 Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan Academic Research, Uzbekistan 683 www.ares.uz NATIJALAR VA MUHOKAMA Ta'lim metodi psixologik asosga ega. Bolaning o'quv materialini
o'zlashtirishdagi yosh imkoniyatlari va uning yetuklik darajasi o'qitish va o'qish
usullariga juda katta ta'sir ko'rsatadi. Ta'lim oluvchilarning fikrlash faoliyatini va
shaxsiy xususiyatlarini yaxshi bilish o'qitishning samaraliroq usullarini topish
imkoniyatini beradi. Mutaxassislar tayyorlashning shaxsiy faoliyati konsepsiyasi
bo'yicha ta'lim jarayonida individual ta'lim jarayonini individual-ijodiy shaxsni
shakllantirish jarayoni sifatida qarashga, shuningdek, o'qitishni nafaqat o'qitiladigan
fan mantiqiga, balki shaxsning rivojlanishi mantiqiga muvofiq holda tashkil etishga
imkon beradi, deb qaraladi. Ta'lim oluvchining yaratuvchilik (ijodiy potension)
qobiliyati, uning rnuloqot qila olish qobiliyatini, ta'lim olish madaniyatini, ta'lim
jarayonining barcha bosqichlarida samaradorlik va sifatni oshirishda axborotlashgan
jamiyat qurish orqali ijtimoiy jamiyat buyurtmasini bajarish (axborot texnologiyalari
sohasi, axborot ta'lim hujjatlari, foydalanuvchilar)ini va shu kabi jarayonlarni
rivojlantirishdagi optimal variantlarni tanlashda istiqbolli natijalarni qo‗lga kiritishni
kafolatlaydi. Bunda faol ta'lim jarayonini amalga oshiriladi. Faol ta'lim - bu ta'lim
jarayonida ta'lim beruvchi va ta'lim oluvchining ongli va faol ishtiroki, mustaqilligi
hamda ijodiy qobiliyatlarini ta'minlovchi tizimli pedagogik jarayondan iborat. Faol
ta'lim sharoitida o'zlashtirilgan bilim va harakat usullari mazmunan mukammal
tizimli, mantiqan tugal va turli ishlab chiqarish vaziyatlarida qo'llanishga yaroqli
bo'ladi. Bunda asosan quyidagi ta'lim metodlaridan foydalaniladi: bahs-munozara;
fikrlashga jalb qilish; doskada mustahkamlash; turli ta'limiy-kasbiy o'yinlarni
amaliyotga joriy etish va hokazo. Ta'lim metodlarini faollashtirish quyidagi ta'lim
qonunlariga e'tiborni kuchaytirishni taqozo etadi.
Darxaqiqat,
zamonaviy
pegagogik
texnologiyalar
ta`lim
jarayoning
unumdorligini oshiribgina qolmay o`quvchilarning mustaqil firlash malakasini
oshiradi. Shuning uchun ham o`quv jarayoniga pedagogik yangiliklarni kiritish,
ta`limda pedagogik texnologiyalarni qo`llash, turli innovatsion usul va metodlaridan
foydalanish, ta`lim sifatini oshirish bugungi kunning dolzarb mavzusiga aylandi.
Ma`lumki bugungi kunda dars jarayonida ―Krassword‘‘, ―Muzyorar‖,
―Sinkveyn‖, ―Keys stady‖, ―Insert‖, ―BBB‖, ―Ven diagrammasi‖, ―Aqliy hujum‖, va
―Zig-zag‖ texnologiyalaridan o`quv jarayonini tashkil qilishda foydalanilmoqda.
Mazkur maqolada dars jarayoning samarasi va sifatini ta`minlashga xizmat qiluvchi
yana bir nechta innovatsion metodlarni tavsiya etamiz.