Manba: "Kalsinasiyalangan soda olish texnologiyasi" Ma’ruzalar kursi - Xoshimov A.A., FarPI– 2022y.
Ma’ruza № 6. Mavzu: Absorbsiya jarayonining texnologiyasi. Ammoniylash jarayonining fizik-kimyo asoslari. Reja: Tozalangan rassolni ammoniylash.
Ammoniylash jarayonining fizik-kimyoviy asoslari.
Absorbsiya bo‘limining texnologik sxemasi.
Absorbsiya jarayoni.
Tayanchso’zvaiboralar: Absorbsiya, ammiak oqimlari, gidratlangan, gidratlanmagan, dioksid uglerod, ammiak, karbonat ammoniy, gidroliz, ammiakning muvozanat bosimi.
Soda ishlab chiqarishda ammiak HCO3- ionlarini NH4HCO3va xlor ionlarini NH4CI moddalar shaklida bog‘laydi:
NaCl + NH4HCO3 = NaHCO3 + NH4Cl
Ammiak tayyor maxsulotning tarkibiga kirmaydi va xlorid ammoniydan regenerasiya bo‘lganidan keyin qayta ammoniylash jarayoniga qaytariladi. Ammiakning asosiy qismi (460 kg/t sodaga) distillyasiya bo‘limidan keladi. Ammiakning +olgan qismi (75 kg/t) karbonizasiya bo‘limi va 4 kg/t barabanli vakkum - filtr xavosi bilan keladi. Bu gazlar tarkibida ammiakdan tashqari dioksid uglerod va suv parlari mavjud. Masalan, distillyasiya gazlari bilan 1 t sodaga 260 kg CO2 va 140 g suv parlari kelib tushadi, karbonizasiya gazlari bilan 70 kg CO2 va 40 kg suv parlari kelib tushadi.
Ammiak suvda issiqlik ajralib chiqishi bilan eridi:
NH 3+ H2O = NH4OH + 35,2 kDj
Gidratlangan va gidratlanmagan ammiaklar orasida muvozanat O‘rnatiladi:
NH3e + H2Os = NH4OHe
Ikkinchi tomonidan erigan gidratlanmagan dioksid uglerod gidratlanmagan erigan ammiak bilan reaksiyaga kirishadi:
CO2e + 2NH3e = NH2COONN4e
Bu reaksiya quyidagi pog‘onalar orqali amalga oshadi:
NH3 + CO2 = NH2COO -+ N
NH3 + H+ = NH4+
Xosil bo‘lgan karbamat ammoniy gidrolizga uchraydi:
NH2COONH4p + H2Oc = NH4HCO3e + NH3e
Ammoniylash jarayonida gaz fazadagi ammiakning muvozanatli bosimini quyidagi E.Ya. Turxanning tenglamasi bo‘yicha aniqlash mumkin: