Kalsinasiyalangan soda olish texnologiyasi


PH2o = P0 (1 - 0.82[NaCl]



Yüklə 70,29 Kb.
səhifə4/4
tarix22.12.2023
ölçüsü70,29 Kb.
#190506
1   2   3   4
6-ma\'ruza KST -2

PH2o = P0 (1 - 0.82[NaCl] -1.5[NH3 ] + CO ])
Po-toza suv ustidagi suv buglarining bosimi;
[NaS1], [NNz], [S02]-tegishli komponentlarning konsentrasiyalari.
Ammoniylash natijasida suv buglarining ko‘p qismi kondensatlanadi va buning hisobiga rassolning hajmi 3-4% ga oshadi.
Bu, o‘z navbatida, NaCl konsentrasiyasini kamayishiga olib keladi. NaCl konsentrasiyasini ko‘p kamaytirmaslik va absorberga issiklik yuklamani kamaytirish uchun gazlar absorberga berilishdan oldin sovutgichda (XGDS) sovutiladi. Ammo lekin, temperatura 55°C dan kam bo‘lgan holda N№, С02 va H2O lar reaksiyaga kirishib, qattiq tuzlar hosil qilishlari mumkin. Bu tuzlar devorlarga cho‘kib, truba va sovutgichning tiqilib qolishiga olib kelishi mumkin.
Ishlab chiqarish sharoitida distillyasiya jarayonini o‘tkazishda sovutgichdan chiqayotgan gazning bosimi 93,1 kPa tashkil qiladi. Demak, gazning sovutish chegaraviy temperaturasi 520C ni tashkil etadi. Ishlab chiqarish sharoitida texnologik rejim o‘zgarishi mumkin va shuning uchun temperatura 55°C dan kam bo‘lmaydi. Odatda 60°C temperatura ushlanadi. Karbonizasiya bo‘limi talablariga ko‘ra ammoniylashgan namokobdagi ammiakning konsentrasiyasi belgilanadi. Bu konsyentrasiya quyidagi nisbatga javob berishi kerak.
№ :NaCl=1,1-1,15
Agarda tozalangan namokobda NaS1 konsentrasiyasi 106 n.d. tashkil etsa, distillyasiya gazlarining suv bug‘lari kondensasiyasi va suyuq faza zichligi kamayishi hisobiga bu konsentrasiya ammoniylashgan namokobda 88-90 n.d. kamayadi. Demak NH3:NaCl=1,1-1,15 bo‘lgan holda ammoniylashgan namokobda ammiakning konsentrasiyasi 101-104 n.d. bo‘lishi kerak. Ishlab chiqarish sharoitida ushbu konsentrasiya 100-106 n.d. tashkil etadi.
Karbonat angidrid absorbsiyasi birin-ketin joylashgan ikkita katta va kichik absorbsiya minoralarida amalga oshiriladi. Katta minora havoni yuvish filtrlari, absorbsiya gazlarini yuvuvchi, gaz sovutgichi, birinchi absorber va tindirgichdan iboratdir. Kichik minora esa absorbsiya gazlarini yuvuvchi, ikkinchi absorber va tindirgichdan iborat bo‘ladi. Bu jihozlarda gazlarning suyuqlik bilan ta’sirlashuv jarayoni amalga oshiriladi, uning tezligi quyidagi tenglama bilan ifodalanadi:
cor = К F ■ Ac


26


Absorbsiya jarayoni yuqori tezlikda o‘tishini ta’minlash uchun fazalar orasidagi kontakt yuza F ni oshirish kerak. Shuning uchun absorbsiya bo‘limida barbotaj minoralari o‘rnatiladi. Ular tarelkadagi bir necha yirik qabariqlardan iborat bo‘lib, qabariqlarga bitta katta qalpoqcha yoki 7-14 ta kichik barbotaj qalpoqchalari joylashtirilgan bo‘ladi (6-rasm). Minora balandligi bo‘yicha jarayonning harakatlantiruvchi kuchi As bir tekisda bo‘lishini ta’minlash maqsadida gazlar va suyuqlik orasida qarama-qarshi oqim yuzaga keltiriladi. Tizim qarshiligini kamaytirish uchun absorbsiya bo‘limi jihozlari vakuum ostida ishlaydi. Tarkibida 80-85 g/l NH3 tutgan absorbsiyalashdan olingan ammiak-tuzli namakob sovutilgandan so‘ng karbonizasiyaga yuboriladi.







Rasm-6.. Bir- va ko‘p qalpoqchali tarelkalarning tuzilishi va ishlash prinsipi.
Absorbsiya bo‘limidan chiqayotgan gazlarning ammiakdan tozalanishi yuqori darajada bo‘lishi lozim. Shuning uchun gazlar toza namokob yoki minimal miqqorda ammiakga ega bo‘lgan namokob bilan tozalanadi. Bundan tashqari absorbsiya bo‘limida 100-106 n.d. miqdorda ammiaki bor namokob hosil bo‘lishi kerak. Buning uchun suv bug‘lari kondensatida NN3 va CO2 gazlar erish natijasida ajralib chiqayotgan issiqlikni chiqarib tashlanishi zarur.
Issiqlik chiqarib tashlash usullariga ko‘ra bir nechta absorbsiya bulimi texiologik sxemalari mavjud. Ko‘p hollarda fakat suyuq faza sovutish yoki ham suyuq ham gaz fazalarini sovutish bilan texnologik sxemalar qo‘llaniladi.


27


Nazorat savollari




  1. Soda ishlab chiqarishdagi ammiakning vazifasi?

  2. Absorbsiya bo‘limida qanday kimyoviy reaksiyalar o‘tadi?

  3. Ammiakning muvozanat bosimini qanday aniqlash mumkin?

  4. Absorbsiya jarayonida natriy xloridning konsentrasiyasini kamaytirmaslikka qanday usullar bor?


Yüklə 70,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin