Kam tarqalgan ko’kat va dukkakli sabzavot o’simliklarini ko’paytirish usullari, urug’lar sifat ko’rsatkichlari bilan tanishish
Kupaytirish usullari. Sabzavot o’simliklarining turli tumanligi bois ularni ko’paytirish ham turlicha usullarni qo’llashni taqozo qiladi. Ko’payish usullariga ko’ra ular kuyidagi guruhlarga bo’linadi:
Vegetativ a’zolari orqali ko’paytirishda ekiladigan ashyolar holida sarimsoq bo’lakchalar (tishchalari), mayda havoi piyozchalar (ko’ppog’onali piyoz turida, sarimsokda), tuganaklar (kartoshka, batat), ildiz bo’laklari (xren, sherolchin, yalpiz, sarsabil, qatran), mayda piyozboshchalar (oddiy piyoz, isli piyoz, shalot, ko’ppog’onali piyoz), parxish-o’simtalar (yalpiz, sarsabil, sherolchin, artishok), qalamcha (sherolchin, yalpiz, pomidor), zamburuttana bo’lakchasi (qo’ziqorin), tuganak o’simtalari (kartoshka, batat) kabilardan foydalaniladi (6,12).
Sog’lomlashgan ekish ashyolarini yetishtira bilish va o’simliklarni jadallik bilan ko’paytirish yo’llaridan biri to’qimadan yetishtirish usulidir. Bunda toza-sterillangan sharoitda meristema bo’lakchlari ajratilib yoki ayrim hujayralardan kerakli ekish ashyolari yetishtiriladi. Vegetativ a’zolarini ko’paytirish yoki to’qimalarni murakkab bo’linishlar (metoz) orqali o’simlikdan vujudga kelgan tirik avlodni klon (shox, bachki) deyiladi. Klonlar yetishtirishda (klonlashtirish) bitta avloddan aynan o’ziga genetik o’xshash zothosil qilish imkoniyati yuzaga keladi. Ko’pchilik sabzavot o’simliklari har qanday genetik sifat ko’rsatkichlarini, navlik irsiy belgilari va xususiyatlarini namoyon qilishidagi asosiy manba va vositachisi bo’lmish-urug’dan ko’payadi. Sabzavotchilikda generativ va vegetativ usullarni birgalikda qo’llash holatlari ham uchraydi. Masalan, selьderey va petrushkalarni ikki-uch yillik qilib karam va piyozni to’liq yetiltirib ko’paytirish usullarida uruglar va vegetativ a’zolar ishtirok etadi. Sabzavotlarning urugdan ko’payish koeffitsienti vegetativ usuldagiga nisbatan anchagina oson va samarali, shuningdek, nokulay sharoitlarga moslasha olish qobiliyatlari ham yuqori bo’ladi, ammo navlar xususiyatlarini saqlanib qolishi uchun maxsus tadbirlar qo’llash lozim. (4,8). Vegetativ a’zolar orqali ko’paytirishda navlarning o’ziga xos belgilari yaxshi saqlanadi, biroq ekiladigan ashyolarni tayyorlashga sarf-xarajatlar urug tayyorlashga nisbatan bir necha marta yuqori bo’ladi. SHuning uchun vegetativ usulda kupaytirish faqat kuyidagi hollarda qo’llaniladi:
Ikki xil (otalik va onalik) jinsiy hujayralarning qo’shilishi natijasida urug’ hosil bo’ladi. Agar gul tugunchasida bir dona urug’kurtak mavjud bo’lsa bir urug’lik meva hosil bo’ladi. Sabzavotlarning selьdereydoshlar oilasiga mansub o’simliklari gul tugunchalarida ikkita urug’kurtak bo’lgani uchun ularda qo’shurug’li meva shakllanadi. Agar tugupchada bir necha urug’kurtaklar bo’lsa, u holda (ko’pchilik sabzavot ek i n l a ri turidagidek) ko’p urug’li mevalar hosil bo’ladi. Pishib yetilgan ko’p urug’li mevalar kuruq (p i yoz, karamdoshlar oilasiga mansub o’simliklar, qalampir va dukkaklilar) yoki suvli (pomidor, baqlajon, bodrin g , qovun, tarvuz va boshqalar) bo’lishlari mumkin. Lavlagi mevalari bir urug’li, ammo ular o’zaro qo’shilishib o’sadi. SHunga ko’ra ularda to’pmeva - «chigil» («koptokcha») hosil bo’ladi. Ona o’simlikda urug’ning o’sishi uning tarkibida quruq moddaning ko’payishi hisobiga suvning kamayishi, avval yangi m assasining ko’payishi va so’ng kamayishi bilan tavsiflanadi.
Urug’ning morfologik pishish davri quruq massa en g ko’p to’planganidan so’ng moddalarning taqsimlanish payti tugallanishi bilan boshlanadi. Ko’pchilik o’simliklarning urug’ida changlanganidan bi r necha kecha-kunduz o’tgach, un i b chiqish qobilyati mavjudlashadi. Urug’ni unib chiqish xususiyati m or fologik yetilgunicha osh ib boradi, so’ng ayrim o’simliklarda bu xususiyat f i zi ol o gi k yetilish davri boshlanguncha yana pasayadi. Ko’pchilik sabzavot ekinlarining endigina p ish i b yetilgan urug’larining unuvchanlik xususiyatlari past, ba’zan mutlaq unib-o’smaydigan bo’ladi. Buning sababi ularda tinim davrining mavjudligi va yig’iiggirilishdan so’nggi to’liq yetilish davrini ham o’tashlik holatining mavjudligidir. Bu davr ekin turlariga ko’ra bir necha kundan 2- oygacha davom etadi. Biroq p om i d or d osh va qovoqguldoshlarda mevalari yetilishi oxirlagan paytlaridayoq urug’larida ham unuvchanlik xususiyati paydo bo’ladi (2,3). Sabzavotchilikda urug’larning saqlanish davri, ya’ni unuvchanlik xususiyatlarini saqlash muddatlari ham muhim amaliy ahamiyatga egadir. Bu xususiyatlar ekinlar turiga, urug’larni yetishtirish, yig’ishtirish, to’liq yetiltirish va saqlash shartsharoitlariga bog’liq.
Oddiy sharoitlarda unuvchanligi unchalik pasaymagan holatda durustgina saqlanish davri: pasternak- 2 , ukrop, petrushka, selьdrey, p i yoz va shovullarda 3, sabzi, salat, i sm al oq va qalampirda 4, rediska, karamlar, lavlagi, sholg’om, turp va rovochda 5, no’xat va jo’xorida 7, baqlajon, bodring, qovun va loviyada 9 yilni tashkil etadi.
Urug’larning unib-o’sishl ari uchun namlik, issiqlik va kislorod lo zim. Ular to’liq bo’rtishlari uchun (quruq urug’ og’irligiga nisbatan) ma’lum mikdorda, jumladan, jo’xori va qovun-40, tarvuz, qovun, b o dr i n g -5 2 , karamlar-60, p i yoz va sa b zi -1 0 0 , oqsilga b oy dukkaklilar esa 150-160 f o i z ortiq suv shimadi. Bo’rtish tezligi urug’lar qobig’iga va kimyoviy tarkiblariga bog’liq. Qovoqguldoshlar, dukkakdoshlar, karamdoshlar oilasiga mansub o’simliklar urug’lari 1 - 2 kundayoq bo’rtadi va 4 -6 kunda maysalaydi, piyozlar bo’rtishi 5-7 va maysalashlari 9 -1 4 kundan so’ng boshlanadi, s yelьdereydoshlarning ek ilishidan to maysalashigacha esa bir oyga yaqin vaqg o’tadi. Quruq urug’lar juda past (minus 180°S gacha) va juda yuqori (+ 8 0 - 8 5°S) haroratlarga ham bardosh bera oladi. Bo’rtgan urug’lar esa harorat minus 2 -10°S gacha pasayganda va + 5 0 -6 0 °S ga ko’tarilganda n o b u d bo’ladi. Is si q li k yetishmaganida urug’lar tuproqda u zoq vaqg davomida maysalamay yotishi mumkin. Bu xususiyat ekishlarni qish oldidan va erta bahorda maysalash uchun qulay harorat boshlanish paytidan ancha oldinbajarish im k on i n i beradi