Kam uchraydigan va yo’qolib borayotgan turlar. Bioxilma-xillikni muhofaza qilish


Qimmatli va yo‘qolib borayotgan o‘simliklar hamda hayvonlar



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə2/3
tarix13.12.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#74532
1   2   3
11-mavzu

Qimmatli va yo‘qolib borayotgan o‘simliklar hamda hayvonlar turlarining nodir genofondini muhofaza qilish va saqlab qolishni kuchaytirish, yovvoyi holda o‘suvchi dorivor, ozuqa va manzarali o‘simliklarning turlarini, yovvoyi hayvonlar mahsulotlarini chetdan respublikaga olib kirishni va respublikadan chetga olib chiqib ketishni tartibga solish, ularning turi va soni saqlanishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. Mulk shaklidan, xo‘jalik faoliyati turidan va kimning tasarrufida ekanligidan qati nazar barcha korxonalar va tashkilotlarga, shuningdek xususiy shaxslarga tegishli ruxsatnomasi bo‘lmay turib yovvoyi hayvonlarning (shu jumladan zaharli jonivorlar va baliqlarning) qimmatli va yo‘qolib borayotgan turlarini ovlab tutish (otish), tutqinlikda saqlash va respublikadan chetga olib chiqib ketish, ulardan zahar olish va bu zaharlarni sotish, dorivor, ozuqa va manzarali o‘simliklarning yovvoyi turlarini tayyorlash man etilsin.
2. Belgilab qo‘yilsinki:
“Qizil kitob”ga kiritilgan o‘simliklar va jonivorlarni tabiatdan har qanday ko‘rinishda tortib ajratib olishga, alohida hollarda O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi taqdimnomasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining xulosasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi beradigan ruxsatnomalar asosida yo‘l qo‘yiladi;
ovlanadigan hayvonlarni (shu jumladan zaharli jonivorlar va baliqlarni) ovlash hamda ularning mahsulotlarini to‘plash, yovvoyi holda o‘suvchi dorivor, ozuqa va manzarali o‘simliklarni tayyorlash O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining xulosalari asosida O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi beradigan ruxsatnomalar bo‘yicha amalga oshiriladi;
“Qizil kitob”ga kiritilgan yovvoyi holda o‘suvchi dorivor, ozuqa va manzarali o‘simliklarning turlarini, yovvoyi hayvonlarni (shu jumladan zaharli jonivorlar va baliqlarni), ularning mahsulotlarini, kolleksiyalar, gerbariylar va o‘ljalarni chetdan respublikaga olib kirishga va respublikadan chetga olib chiqib ketishga O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining xulosalari asosida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi beradigan litsenziyalar bo‘yicha ruxsat etiladi.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin