D. N. Kashkarov birinchilar qatorida hayvonlar ekologiyasini o‘rganishni boshlab berdi
Yazdanov Mahmud https://t.me/Yazdanov_biologiya
Kanalimizga a’zo bo’lishni unutmang
Biologiya darsliklar bo’yicha olimlar va
ularning qilgan ishlari
Botanika
1. Hujayra ingliz fizigi Robert Guk tomonidan 1665-yilda kashf etilgan. Hujayralar kattalashtirib
ko‘rsatadigan asbob- lar yordamida o‘rganiladi.
2. «To‘qima» tushunchasini birinchi bo4 lib 1682-yilda N. Gryu «0‘simliklar anatomiyasi» nomli
kitobida fanga kiritgan.
3.O’zbekiston suv o’tlarni o’rganishda A.M.Muzaffarov xizmati katta ahamiyatga ega
Zoologiya
1. Buyuk yunon olimi Arastu zologiyaga oid eng qadimgi asarlarni eramizdan 4 asr
oldin yozgan.
2. Anton Levenguk 16–17-asrlarda yashagan golland olimi mikroskopda ko‘rinadigan
hayvonlarni kashf etgan.
3. Shved olimi Karl Linney 18-asrda hayvonlarni tur, urug‘, turkum va sinflarga ajratib
o‘rganishni taklif etgan.
4. Ingliz olimi Ch. Darvin 19-asr o‘rtalarida hayvonlarni o‘rganish orqali o‘zining
olamshumul evolyutsion ta’limotini yaratdi.
5. D. N. Kashkarov birinchilar qatorida hayvonlar ekologiyasini o‘rganishni boshlab
berdi.
6. L. M. Isayev va P. F. Borovskiy olib borgan tadqiqotlar O‘rta Osiyoda rishta, bezgak
paraziti va leyshmaniya kabi xavfli parazit hayvonlarning tugatilishi uchun asos bo‘ldi.
7. T. Z. Zohidov, O. P. Bogdanov va boshqa olimlarumurtqali hayvonlarni o‘rganishgan.
8. A. M. Muhammadiyev, V. V. Yaxontov, A. T.To‘laganov, J. A. Azimov, M. A. Sultonov, S.
N. Alimuhamedov
umurtqasiz hayvonlarni o‘rganishgan.
Dostları ilə paylaş: |