turning paydo bo‘lishiga asos bo‘ladi. 43. Genlar dreyfi amerikalik genetik S. Rayt tomonidan o‘rganilgan. 44. Aristotel – hayvonlarning 500 ga yaqin turini bilgan hamda hayvonot olamining klassifi katsiyasiga asos solgan olim. 45. Aristotelning shogirdlaridan biri Teofrast o‘simliklarning 400 dan ortiq turini o‘rgangan. 46. Rim olimi Lukretsiy Kar (er.av. 99–55) olam o‘z-o‘zidan paydo bo‘lgan, hayvonlar nam yerdan kelib chiqqan, dastlab ularning mayib-majruh xillari, keyinchalik harakatlanadigan, oziqlanadigan, urchiydigan, dushmandan o‘zini himoya qiladigan normal hayvonlar paydo bo‘lgan deb hisoblagan. 47. Klavdiy Galen (130–200) tibbiyot asoschilaridan biri bo‘lgan. U qo‘y, it, ayiq va boshqa umurtqali hayvonlar tuzilishini o‘rgangan. Maymun va odam tana tuzilishi o‘xshashligini e’tirof etgan. 48. Ahmad ibn Nasr Jayxoniy (870–912) Hindiston, Markaziy Osiyo, Xitoy o‘simliklari va hayvonot dunyosi haqida qimmatli ma’lumotlar to‘plagan. 49. Abu Nasr Farobiy (873–950) bota ni ka, zoologiya, odam anatomiyasi va tabiatshunos likning boshqa sohalarida mushohada yuritgan. 50. Abu Rayhon Beruniy (973–1048) ko‘rsatishicha, tabiat beshta elementdan: bo‘sh liq, havo, olov, suv va tuproqdan hosil bo‘lgan. 51. Ptolomeyning «Yer olamning markazi bo‘lib, u harakatlanmaydigan sayyo radir», – degan ta’limotiga tanqidiy ko‘z bilan qaragan va Yer Quyosh atrofi da harakatlansa ajab emas, u yuma loq shaklda, deb ta’kidlagan. 52. Beruniy polyak astronomi Kopernikdan 500 yil avval Quyosh sistemasining tuzilish asoslarini to‘g‘ri tasavvur qilgan. Uning fi kricha, Yer yuzasida doimo o‘zgarishlar sodir bo‘lib turadi: suvsiz joylarda asta-sekin daryolar, dengizlar paydo bo‘ladi, ular ham o‘z navbatida joylarini