59. Birinchi marta Karl Ber 1827-yili sutemizuvchi hayvonlarda tuxum hujayrasini kashf etdi. Olim jo‘ja taraqqiyotini sinchiklab o‘rganib, uning organlari asta-sekinlik bilan rivojlanishini va umurtqalilarning turli sinfl ariga mansub hayvonlar embrioni rivojlanishining dastlabki bosqichlarida o‘zaro o‘xshashliklarini aniqladi. 60. XIX asrning 40-yillariga kelib, hujayra nazariyasini nemis olimlari T. Shvann, M. Shleyden yaratdilar. Hujayra nazariyasining kashf qilinishi XIX asr dagi tabiatshunoslik fanining ulkan yutuqlaridan biri hisoblanadi. Hujay ra nazariyasiga ko‘ra, barcha tirik mavjudotlar (o‘simliklar, hayvonlar, odam lar) tanasi hujayralardan tashkil topgan. Mazkur nazariya barcha organizm lar tuzilishi jihatidan o‘zaro o‘xshash, degan tushunchaga asos bo‘lib xizmat qildi. 61. Ch. Darvin o‘simlik va hayvonlarning yangi formalarini chiqarishda seleksiyaning ahamiyatiga yuqori baho berdi, qishloq xo‘jalik amaliyotini nazariy tomondan ishlab chiqdi hamda undan evolutsion ta’limot yaratishda foydalandi. Darvin besh yillik safaridan juda boy kolleksiya bilan qaytdi. Bu besh yillik safar organik olam evolutsiyasi haqidagi ta’limotni yaratish uchun asos bo‘lgan dalillarni to‘plash imkoniyatini yaratdi va Darvinning kelajagini belgilab berdi. U dastlab 1842-yili organik olam evolutsiyasi haqida ilmiy asar yozdi va uni 15 yil davomida kengaytirdi, chuqurlashtirdi, ishonchli dalillar bilan boyitdi. 1859-yili «Turlarning paydo bo‘lishi» nomi mashhur asarni nashr ettirdi. U «Xonakilashtirilgan hayvon, madaniy o‘simliklarning o‘zgaruvchanligi» (1868), «Odamning paydo bo‘lishi va jinsiy tanlanish» (1871), «O‘simliklar dunyosida chetdan va o‘z-o‘zidan changlanishning ta’siri» (1876) kabi asarlarni yozdi. Ch. Darvin fi kricha, tabiiy tanlanish – yashash uchun kurashning natijasi boʻlib, foydali individual