67. A. N. Seversov va I. Shmalgauzenlar biologik progressning asosiy yo‘nalishlari haqida
mulohaza yuritib, uni aromorfoz, idioadaptatsiya umumiy degeneratsiya asosida bo‘lishini
aniqladilar.
68. 1688-yilda Italiya olimi F. Redi tajribada hayotning o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmasligini isbotlab
berdi.
69. XIX asr o‘rtalarida fransuz olimi Lui Paster o‘zining mohirona o‘tkazgan tajribalari yordamida
mikroorganizmlarning ham o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmasligini isbotladi.
70. Panspermiya nazariyaning tarafdorlari shved fi zik olimi, S. Arrenius, rus olimi V. I.
Vernadskiy, Amerika biofi zigi va genetigi F. Krik va boshqalardir.
71. Hayotning anorganik moddalardan abiogen molekular evolutsiya natijasida hosil bo‘lishi
to‘g‘risidagi nazariya rus olimi A. I. Oparin (1924) va ingliz olimi J. Xoldeyn (1929) tomonidan
yaratilgan.
72. A. I. Oparin hayotning paydo bo‘lishini tajribada o‘rganish mumkinligi g‘oyasini birinchi
bo‘lib olg‘a surdi. A. I. Oparin fi kriga ko‘ra, oqsil molekulalari kolloid birikmalarni hosil qilgan.
Koatservatlarga o‘xshagan birikmalar A. I. Oparin va uning shogirdlari tomonidan tajribada hosil
qilingan va ularning xususiyatlari yaxshi o‘rganilgan.
73. S. Miller (1953) tajribada birlamchi Yer sharoitining modelini yaratdi. U qizdirilgan metan,
ammiak, vodorod va suv bug‘lariga elektr uchquni ta’sir etib asparagin, glitsin, glutamin
aminokislotalarini sun’iy sintezladi.
74. D. Oro vodorod sianid, ammiak va suvni qizdirib adeninni sintezladi. Metan, ammiak va suv
aralashmasidan ionlashtiruvchi nurlar ta’sirida riboza va dezoksiriboza sintezlandi.
11 Biologiya
1. «Ekologiya» (yunoncha «oikos» – uy, boshpana, «logos» – fan, ta’lim berish) atamasi birinchi
Dostları ilə paylaş: |