o‘zgartiradi. 52. Beruniyning yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish haqidagi fi krlariga asoslanib, vatandoshimiz evolutsiyaning harakatlantiruvchi omillarini ingliz tabiatshunosi Charlz Darvindan 800 yil ilgari ta’kidlab o‘tganligini ko‘ramiz. 53. Abu Ali ibn Sino (980–1037) tabiatning obyektiv borligiga ishonch hosil qiladi. Tog‘lar, uning fi kricha, suv ta’siri yoki yerning ko‘tarilishi natijasida paydo bo‘lgan. 54. Olim ko‘p ilmiy asarlar yozgan ulardan bizlargacha 242 tasi yetib kelgan.U o‘rta asr Sharq tibbiyot bilimlarining qomusi bo‘lgan dunyoga mashhur «Tib qonunlari»ning muallifi dir. «Tib qonunlari» beshta kitobdan iborat. Mikrobiologiya fani hali shakllanmasdan 600–700 yil oldin Ibn Sino yuqumli kasalliklar suv va havo orqali tarqalishini e’tirof etdi. 55. Karl Linney 10 mingdan ortiq hayvon turlarini tavsifl ab beradi. Turlarni avlodlarga, avlodlarni esa oilalarga, oilalarni turkumlarga, turkumlarni sinfl arga birlash tiradi. Sizlar botanika, zoologiya fanlarini o‘qiganin gizda suvo‘tlari, sporali o‘simliklar, ochiq va yopiq urug‘lilar, umurtqali va umurtqasiz hayvonlar ning bir qancha sistematik guruhlari bilan tanishgansiz. U barcha o‘simliklarni changdonlari soniga, changli iplarning uzun-qisqaligiga va birla shishiga qarab 24 sinfga, hayvonlarni tuzilishiga ko‘ra 6 sinfga bo‘ldi. 56. Organik olam evolutsiyasi haqidagi naza riyani birinchi marta fransuz tabiatshunosi Jan Batist Lamark (1744–1829) yaratdi. U «umurtqa sizlar» va «biologiya» atamalarini fanga birinchi bo‘lib kiritdi. Lamarkning evolutsiyaga doir fi krlari «Zoologiyaga kirish», (1801) va «Zoologiya falsafasi», (1809) nomli asarlarida bayon etilgan. U barcha hayvonlarni 14 sinfga ajratgan. Ulardan 4 ta sinf umurtqalilarga, 10 ta sinf umurtqasizlarga tegishlidir. Hayvonlarni ovqatlanish,