ko‘p yillar davomida o‘simliklarda uchraydigan mutatsiyalarni o‘rganib 1901–1903-yillari o‘zining mutatsion ta’limotini yaratdi. 17. XX asrning 20-yillarida G. D. Karpe chenko karam (Brassia oleraceae) bilan turp (Raphanus sativus)ni chatishtirib duragay olgan. 18.Irsiy o‘zgaruvchanlikning gomologik qatorlar qonuni mashhur rus olimi N. I. Vavilov tomonidan bug‘doydoshlar oilasida kashf qilingan. 19. 1908-yili ingliz matematigi G. Xardi va nemis antropogenetigi V. Vaynberg hozirda Xardi- Vaynberg qonuni deb ataladigan formulani ishlab chiqishdi. 20.1952-yil Joshua va Ester Lederberglar bakteriyalarda genlar mutatsiyasining o‘z-o‘zidan sodir bo‘lishini bakteriya koloniyalaridan nusxa (replika) ko‘chirish usulini qo‘llash vositasida isbot qilib berdi. 21.1915-yilda Tuort va D’Errel faglarning zararlangan bakteriyalar ichida o‘z-o‘zidan ko‘payib, ularni oldirishi mumkinligini isbotladilar. 22.O‘tgan asrning 40-yillarida AQSH olimasi B. Mak Klintok tomonidan kashf qilingan ko‘chib yuruvchi elementlar organizmlar evolutsiyasida muhim o‘rin tutadigan genetik birliklar bo‘lib,
Yazdanov Mahmud https://t.me/Yazdanov_biologiya Kanalimizga a’zo bo’lishni unutmang ular xromosomalarning bir joydan ikkinchi joyga ko‘chib yuruvchi fragmentlar degan va bu ishi uchun olima 1984-yil Xalqaro Nobel mukofoti bilan taqdirlangan. 23. Amerika olimlari Lederberg va Tatum 1946-yilda bakteriyalarda jinsiy jarayonlar sodir bo‘lishini aniqladilar. 24. Organizm belgi va xususiyatlarining nasldan naslga o‘tishida nuklein kislotalar muhim ahamiyatga ega ekanligi 1928-yili Angliya bakteriologi Frederik Griffi t, keyinchalik 1944-yilda