amerikalik mikrobiolog-genetik O.Everi bakteriyalar ustida olib borgan tajribalarida aniqlandi. 25. Pnevmokokklardagi transformatsiya hodisasi 1928-yili ingliz bakteriologi F. Griffi t tomonidan ixtiro qilingan. 26. 1944-yilga kelib O. Eyveri, K. Makleod va M. Makkarti Griffi ts tajribasini qaytadan takrorladilar va S-shtammida uning patogenlik xususiyatini tashib yuruvchi DNK ekanligini ma’lum qildilar. 27. Transduksiya jarayoni 1952-yilda N. Jinder va F. Lederberg tomonidan kashf etilgan. 28. Sun’iy ravishda rekombinant DNK olish va genlarni klonlash ilk bor 1972-yilda AQSH olimlari Boyer va Koen tomonidan amalga oshirildi. 29. J. H. Hamidov rahbarligida quyon zigotasiga o‘sish gormoni geni kiritildi va odatdagiga nisbatan yirik va tez o‘suvchi transgen quyon olindi. 30. 1977-yili J.Gyordon tomonidan hujayra muhandisligini qo‘llash natijasida yuksak hayvonlar klonlarini yaratish biotexnologiyasi ishlab chiqildi. 31. 1975-yilda ingliz olimlari Keler va Milshteyn sun’iy sharoitda antitana sintezlovchi limfotsit hujayrasi bilan cheksiz va tez bo‘linuvchi rak hujayrasini bir-biriga qo‘shish natijasida tabiatda uchramaydigan gibrid hujayra yaratdilar. 32. 1998-yil amerikalik olim J. Tomson «asos» hujayralarda (ingl. stem cells) «yangi» organlar yaratish texnologiyasini kashf etib, biotexnologiyaning bu yo‘nalishi rivojlanishiga keng imkoniyatlar ochib berdi. 33. Gen muhandisligiga bag‘ishlangan tadqiqotlar O‘zbekistonda 1980-yillarning boshlarida akademik O. S. Sodiqov tashabbusi bilan boshlangan. 34. A. A. Abduka rimov bo‘lib, 1980-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasida tashkil qilingan gen muhandisligi va biotexnologiyasi laboratoriyasida transgen g‘o‘za navlari