bo‘linishidan paydo bo‘lishi, hujayra hayotning hamma xossalariga ega bo‘lgan eng kichik morfologik element ekanligi va hujayraning asosiy struktura elementi protoplazmasi bilan yadrosi ekanligini isbot qilib berdi. 7. Karl Ber barcha ko‘p hujayrali organizmlarning rivojlanishi bitta tuxum hujayradan boshlanishini isbotladi. 8. Xemosintez hodisasini 1887-yil rus olimi S. N. Vinogradskiy kashf etgan. 9.Xromosomalar birinchi marta Fleming (1882) va Strasburger (1884) tomonidan aniqlangan. 10.«Xromosoma» atamasini fanga Valdeyer taklif etgan. 11.Ontogenez tushunchasi 1866-yilda E.Gekkel tomonidan fanga kiritilgan. 12. B. L. Astaurov (1904–1974) sun’iy partenogenez yordamida erkak jinsli ipak qurtlarini yaratish usulini ishlab chiqqan. 13.G. Mendel irsiyatni o‘rganishga yangicha yondashdi, gibridologik analiz usulini takomillashtirdi, no‘xat (Pisum sativum) o‘simligi ustida tajribalar olib bordi,No‘xat o‘simliklarini ko‘p marta o‘z-o‘ziga chatishtirish natijasida sof (toza) liniyalarni keltirib chiqardi 14. 1906-yilda U. Betson va R. Pennet xushbo‘y hidli no‘xat o‘simliklarini cha tish tirib, chang donasining shakli va gulning rangi keyingi avlodda mustaqil holda irsiylanmasligini, duragaylarda ota-ona formalarining belgilari takrorlanishini aniqlashdi. 15.Tomas Morgan va uning shogirdlari mustaqil holda irsiylanmaydigan genlar belgilarining avloddan avlodga o‘tishini o‘rgandilar, qonuni quyidagicha tavsifl anadi: bitta xromosomada joylashgan genlar birikish guruhlarini hosil qiladi va nasldan naslga birikkan holda o‘tadi,T.Morgan o‘z shogirdlari bilan irsiyatning xromosoma nazariyasini yaratdi. 16.«Mutatsiya» atamasini fanga birinchi bo‘lib gollandiyalik genetik olim G. De-Friz kiritdi. U