reflekslarning tormozlanishi to‘g‘risidagi ta’limotni yaratgan, odam nerv sistemasini kuchli va kuchsiz tiplarga ajratgan. 10. Abu Rayhon Beruniy (973-1048) - ensiklopedist olim. 0‘z davrida ma’lum bo‘lgan barcha fanlar bo‘yicha yirik asarlar yozgan. Uning «Saydana» asarida 880 gayaqin o‘simliklar turiga tavsifberil- gan, o'simlik va hayvon mahsulotlari hamda mineral moddalardan tayyorlanadigan 1000 dan ortiq dori-darmonlar to‘g‘risida ma’lumot keltirilgan. 11. Abu Ali ibn Sino (980-1037) - buyuk shifokor, faylasuf, shoir, musiqashimos. Uning 5 jildlik «Tib qonunlari» asarida anatomiya, gigiyena, ichki kasalliklar, jarrohlik, dorishunoslik va tibbiyotning boshqa sohalariga oid ma’lumotlar berilgan. Asar bir necha asr davomida tibbiyot sohasida asosiy qo'llanma bo‘lmoqda. 12. Yunusov Adham Yunusovich (1910-1971) — atoqli fiziolog olim. Issiq sharoitda odam va hayvonlar organizmida suv va tuz almashinuvining fiziologik mexanizmini o'rgangan Olim odam va h0ayvonlar organizmining yuqori haroratga moslanish xususiyatlarini ochib bergan. 13. Aripov 0‘ktam Aripovich (1927—2001) — organlar va to'qima- larni ko‘chirib o‘tkazish orqali bemorlarni davolash sohasida maxsus laboratonya tashkil etgan. Surunkali buyrak xastaliklarida bemorga soglom buyrakni ko'chirib o'tkazish orqali davolashni amalga oshir- gan. Oshqozonosti bezining bir qismini ko‘chirib o‘tkazish usulini ishlab chiqqan. 14. Zufarov Komiljon Ahmadjonovich (1925—2002) — gistolog olim. Sog‘lom va kasal organizmda sodir bo'ladigan jarayonlar, ularning boshqarilishini o‘rgangan. Organizmda filtratsiya, sekre- tsiya va so'rilish jarayonlarining hujayraviy mexanizmi va ular boshqarilishini ochib bergan. 0‘zbekistonda birinchi bo‘lib elektron mikroskopiya