Kanallar va ularning turkumlanishi



Yüklə 35,73 Kb.
səhifə5/5
tarix24.12.2023
ölçüsü35,73 Kb.
#192679
1   2   3   4   5
ЯНГИ

Kanallarda suv isrofi
Kanallard a suv isrofi yo'qolishini, asosan, ikki turga bo'lish mumkin: bug'lanish va o'zanning tubi va yon tom onlari orqali filtratsiyaga yo'qotilishi. Bug'lanishga suv isrofi iqlimiy sharoitlar, kanal k o'n d alan g kesim ining geom etrik o'lch am lariga (bu o'z navbatida undagi suv sathi yuzasini aniqlaydi) bog'liq. Bug'lanishga suvning y o'q o lish i o 'rta ch a yiliga 0 ,3 ...0 ,8 m ni tashkil etadi. Filtratsiyaga suvning yo'qolishi sug'orishga beriladigan kanaldagi suv sarfining deyarli yarm ini tashkil etishi mumkin. K anal suv o'tkazish qobiliyatini hisoblashda bu yo'qolishlarni hisobga olish zarur. Bundan tashqari, filtratsiya kanaldan foydalanish ishonchliligini kamaytiradi, yerlarni sho'rlanishiga va botqoqlanishga olib keladi, gruntlarni o'pirilishini keltirib chiqaradi. Kanallardagi filtratsiya erkin (mavjud grunt suvlari oqimi kanaldagi filtratsiyaga ta ’sir qilmaydi) va erkin bo'lmagan (kanaldagi filtratsiya oqimi grunt oqimi bilan birlashgan) turlarga bo'linadi

Kanallarni mustahkamlash
Kanal ko'ndalang kesimi perimetri bo'yicha filtratsiyani kamaytirish uchun maxsus suv o'tkazmaydigan qatlam hosil qilinadi. Bu qatlam kanal o'zanidagi gruntning suv o'tkazmaslik xususiyatidan yuqori ko'rsatkichga ega yoki boshqa materiallardir (qoplamalar). Qoplama shuningdek, kanal tubi va qiyaliklarini muz hamda suvda oqib yuruvchi jismlaming mexanik shikastlanishidan saqlaydi, ularning g'adir-budurligini kamaytiradi va kanalning suv o'tkazish qobiliyatini orttiradi. O'zan gruntining suv o'tkazmasligini quyidagilarga amal qilib oshirish mumkin:
1) uni sun’iy zichlash, shiballash;
2) tabiiy yoki sun’iy loyqa cho'ktirib grunt bo'shliqlarini mayda zarrachalar bilan to'ldirish. Tabiiy loyqa cho'ktirishda bu zarrachalar kanalga suv bilan birga keladi. Sun’iy loyqa cho'ktirish suvga loy yoki il zarralarni qo'shib, ularni mexanik usulda aralashtiriladi yoki kanalga loyqa yuboriladi. Loyqa yuborish bir jinsli bo'lmagan qum va qumoq gruntlar uchun qo'llaniladi: yumshatilgan gruntga sun’iy tuz (CaC/2, NaC/) yuborish. Uning miqdori lm2 grunt yuzasiga 3 ...5 kg ni tashkil etadi; bog'langan gruntlar (yopishqoq) strukturasiga sun’iy biokimyoviy ta’sir etish (grunt yumshatilgandan so'ng organik moddalar suv ta ’sirida va kislorod yetishmasligi tufayli parchalanadigan somon, begona o‘t, kungaboqar kabilar qoldiqlarini kiritish); yuzalarga toza neft quyish (1 m2 yuzaga 4... 15 kg neft) yoki neft va ohak suv aralashmasini yuborish.


Gruntli qoplamalar (ekranlar) gruntli to‘g‘on ekranlariga o'xshash b o ‘lib, lekin ularning qalinligi kichik bo‘ladi va kanaldagi suv chuqurligiga hamda qiyalik qiymatiga bog‘liqdir (5.3a-rasm). Agar kanal trassasi suv o‘tkazmasligi kam loyli gruntlardan o‘tgan bo‘lsa, unda gruntli qoplama o‘sha loydan barpo etiladi. Bunda faqat gruntning strukturasi o‘zgartiriladi: yoriqlar va g'ovakliklar kamaytiriladi; tuproq o‘yuvchi jonivorlarning yo'llari berkitiladi. Buning uchun kanal tubi va qiyaliklarining yuqori qatlami 40 sm chuqurlikkacha yumshatiladi yoki ag‘dariladi va katoklar bilan zichlanadi va shibbalanadi. Agar kanal bog‘lanmagan gruntlarda quriladigan bo'lsa qiyaliklari va tubi yuqori qatlami bog‘langan (yopishqoq) yaxshi zichlangan suv o'tkazmaydigan loyli yoki sog' tuproqlar bilan almashtiriladi
Yüklə 35,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin