Kapilyarlik xodisalar



Yüklə 45,04 Kb.
səhifə2/3
tarix07.01.2024
ölçüsü45,04 Kb.
#201459
1   2   3
Kapilyarlik xodisalar

Egri sirt ostidagi bosim. Agar suyuqlik ingichka naychaga qo’yilsa, uning devori yonida suyuqlik sirtining egrilanishi ro’y beradi. Sirtning bu egrilanishi menisk deyiladi. Agar suyuqlik qattiq jismni ho’llasa, naycha devori yonida suyuqlikning ko’tarilishi ro’y beradi va minsk botiq bo’ladi. Agar suyuqlik qattiq jismni ho’llamasa, naycha devori yonida suyuqlikning pasayishi ro’y beradi va menisk qavariq bo’ladi.

Demak, ho’llaydigan suyuqlik uchun menisk – botiq, ho’llamaydigan suyuqlik uchun esa qavaqiq bo’ladi. Kapillyar deyilguvchi ingicha naycha holida menisk yavshi kuzatiladi. Agar suyuqlik solingan idishga kapillyar tushurilsa va suyuqlik kapillyar devorini ho’llasa, unda suyuqlik kapillar bo’ylab h balandlikka ko’tariladi.


Agar suyuqlik kapillyar devorini ho’llamasa, unda suyuqlik sathi h ga pasayadi. Bunga sabab, suyuqlik sirtining egrilanishi va qo’shimcha bosmning vujudga kelishidir. Bu bosm


p =

ifodea yordamida aniqlanadi. Bu erda a – suyuqlikning sirt tarangligi, R - sirtning egrilik radiusi.


Agar suyuqlik sirti botiq bo’lsa, qo’shimcha bosim manfiy bo’ladi va suyuqlik kapillyar bo’ylab yuqoriga ko’tariladi. Chunki, keng idishdagi suyuqlik sirtiga qo’shimcha bosim ta’sir qilmaydi. Agar suyuqlik sirti qavariq bo’lsa, qo’shimcha bosim musbat bo’ladi va u suyuqlikni kapillar bo’ylab pasayishiga olib keladi.
Kapillуаrlik. Karillуarda suyuqlik sathi balandligining o’zgarish hodisasiga kapillyarlik deyiladi. Kapillуаrdagi suyuqlik h balandlikka ko’tarilgan suyuqlik ustuning gidrostatik bosimi pT = pgh qo’shimcha bosim p ga teng bo’lguncha sathinin o’zgartiradi, ya’ni
= pgh (2)

Bu erda p- suyuqlikning zichligi, g- erkin tushish tezlanishi. (2) dan h ni topamiz:


h = (3)
(3) ifodadan ko’rinib turibdiki, kapillyardagi suyuqlik sathining ko’tarilish (pasayishi) uning radiusiga teskari proptsional. Ingichka kapillyarlarda suyuqlik ancha katta balandlikka ko’tariladi. Misol uchun, to’la ho’llanish bo’lganida suv ( p = 1000 Kg/ m3 a = 0,073 H/m) 10 mkm diametrli kapillar nay bo’ylab h ≈ 3 m balandlikka ko’tariladi.
Kapillyarlikning ahamiyati. Kapillyarlik tabiatda va texnikada muhum ahamiyatga egadir. Masalan, namlikning tuproqdan o’simliklarga singishi kapillarlik asosida amalga oshiriladi. O’simliklarning xujayralari kapillyarlar hosil qilib, ular orqali suyuqlik yuqoriga ko’tariladi. Shuningdek, kapillyarlikda quritishda , qurilishida keng foydalaniladi.



Yüklə 45,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin