Kapital qo`yilmalar va kapital bozori reja: Kapital va uning turlari Kapital bozori va uning tuzlishi



Yüklə 17,14 Kb.
səhifə2/2
tarix07.01.2024
ölçüsü17,14 Kb.
#206118
1   2
Kapital qo\'yilmalar va kapital bozori

Kapital ta’minoti-ssuda kapitalini shakllantirish manbalaridan biri bo'lgan qarz mablag'larini (erkin jamg'armalarni) ta’minlaydi Kapital narxi

  • Ssuda kapitalidan ma'lum muddatga foydalanganlik uchun ssuda foizlari shaklida ma'lum miqdorda pul to'lanadi. Ssuda foizi - bu kapital egasiga ma'lum vaqt davomida o'z mablag'laridan foydalanganlik uchun to'lanadigan narx. Ssuda foizlari odatda yil uchun foiz stavkasida ifodalanadi.

      • Investitsiya - daromad olish uchun qo`yiladigan kapital mablag`.Investitsiyalash - bu kapitalni yaratish yoki kapital zahirasini to`ldirish jarayonidir.

      • Yalpi investitsiya-kapital zahirasining umumiy o`sishidir.Qoplash - asosiy kapitalning ishdan chiqqan qismini almashtirish.

      • Sof investitsiya - yalpi investitsiyadan qoplash uchun sarflanadigan mablag`ni ajratgandan keyingi qolgan qismi.

    • Sof investitsiya = Yalpi investitsiya - Qoplash

    • Agar yalpi investitsiya qoplashdan yuqori bo`lsa, sof investitsiya musbat bo`ladi (bu holda kapital ko`payadi va ishlab chiqarish kengayadi).

    • Agar yalpi investitsiya qoplashdan kichik bo`lsa, sof investitsiya manfiy bo`ladi (mavjud kapital kamayib boradi).

    • Va nihoyat, yalpi kapital qoplashga teng bo`lsa, kapital hajmi o`zgarmaydi (bu holda kapital oddiy takror ishlab chiqarilmaydi).


    • Qisqa muddatli loyihalarni (qisqa muddatli investitsiyalarni) tahlil qilganda kapitalning ichki o`zini oqlash koeffisienti dan va ssuda foizi dan foydalaniladi.

    • Qisqa muddatli oraliqdagi investitsiyalarning (bir yillik oraliqdagi) chekli sof oqlashi ularning chekli ichki oqlash koeffisientidan ssuda stavkasi foizini ayirish orqali aniqlanadi: , Δr=r-i bu yerda Δr -chekli sof qoplash; r - chekli ichki qoplash; i - ssuda stavkasi foizi.

    • Agar r = i bo`lsa, investitsiyadan olinadigan foyda maksimal bo`ladi.

    • Asosiy kapitalga qo`yilgan investitsiyalar asosan uzoq muddatli bo`ladi. Asosiy kapitalning xizmat qilish, ya′ni undan foydalanish muddati mavjud bo`lib, u chegaralangan bo`ladi. Asosiy kapital xizmat ko`rsatish muddati davomida firma uchun daromad keltiradi.

    • Uzoq muddatli oraliqdagi kapital qo`yilmadan olinadigan foydani hisoblash uchun asosiy kapitalning xizmat ko`rsatish muddatini va undan foydalanish davomida har yilda olinadigan daromadni bilish kerak bo`ladi.

    • Faraz qilaylik, I- investitsiyani chekli qiymati, R1 -xizmat ko`rsatish yilida asosiy kapitaldan olinadigan chekli (qo`shimcha) daromad. U holda birinchi yil uchun kapitalning chekli oqlash normasini quyidagi formula orqali hisoblash mumkin: I (1 + r) = R1

    • Sarmoya kiritgan firma kelajakda daromad olish uchun bugun pul sarflaydi. Investitsiyaning foydali bo'lishi muammosini hal qilish uchun firma kelajakdagi daromadning diskontirlangan miqdorini aniqlashi kerak.

    • Xarajat va daromadlarni bir xil boshlang`ich vaqtga keltirish hisob-kitoblariga diskontirlash deyiladi.

    • Hozirgi qiymat (PDV) - bu ma'lum vaqt davomida, masalan, yil davomida to'langan 1 dollarning joriy qiymati. Bunday holda, PDV quyidagi formula bilan ifodalanadi:

    • PDV = 1 / (1 + i),

    • bu erda i - chegirma stavkasi.


    • N yil uchun:

    • PDV = 1 / (1 + i)n

    E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
    Yüklə 17,14 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin