Kapital qo'yilmalarning qoplash muddati. Uning darajasi sarflangan kapital qo’yilma summasini olingan yalpi ichki mahsulotning, sof foydaning o'sgan summasiga taqsimlash orqali aniqlanadi. Bunda quyidagi formulalardan foydalanish mumkin:
Kapital qo’yilmalarning qoplash muddati qisqa bo'lishi maqsadga muvofiqdir.
Shu bilan birgalikda kapital qo’yilmalarning qiyosiy samaradorligi ham aniqlanadi.
Kapital qo’yilmalar darajasi, dinamikasi va ularning iqtisodiy-ijtimoiy samaradorligi.Ichki va tashqi bozorning qishloq xo'jaligi mahsulotlariga bo'lgan talabini qondirish eng dolzarb muammodir. Uni hal etish uchun kapital qo’yilma larni sarflash zarur. Buning uchun esa siyosiy, mintaqaviy, iqtisodiy hamda ijtimoiy barqarorlikni ta'minlash darkor. Respublikada bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o'tish davrida yuqorida ta'kidlangan sharoitlar yaratilmoqda.
Respublikada siyosiy-iqtisodiy barqarorlik qishloq xo'jaligiga investitsiyalar jalb etilishiga imkoniyat bermoqda. Uning rivojlanishini ta'minlash maqsadida investitsion siyosatning huquqiy asoslari ham barpo etilgan. Ularning mavjudligi so'nggi yillarda tarmoqqa ma'lum miqdorda kapital qo’yilmalar sarflanishini ta'minlamoqda (1-jadval).
Respublikada investitsiyalarning tarmoqlar bo'yicha tarkibi, foizda
So'nggi yillarda respublika iqtisodiyotiga yo'naltirilgan investitsiyalarning 5-8 foizi qishloq xo'jaligiga sarflangan. Bu talabga nisbatan kam. Shuning uchun kelajakda bu investitsion siyosatni qishloq xo'jaligi foydasiga o'zgartirish maqsadga muvofiqdir. Chunki tarmoq respublika yalpi ichki mahsulotining o'rtacha 30 foizini bermoqda. Xuddi shunday hol xorijiy investitsiyalarni jalb etish jarayonida ham yuz bermoqda. Jami chet el investitsiyasining 7-10 foizigina qishloq xo'jaligiga sarflanmoqda. Bu borada o'zgarish qilinmasa, qishloq xo'jaligining mustahkam moddiy-texnika bazasini yaratish biroz uzoq muddatga cho'zilishi mumkin. Mamlakat agrosanoat majmuasiga sarflanayotgan investitsiyalar 20172021 yillarda 3.2 martaga ko'paygan