Kapital qoʻyilmalar va kapital bozori reja: Kirish Asosiy qism


Loyiha deganda, ma`lum maqsadga erishish uchun qilinadigan resuslar investitsiyasi tushuniladi. Investitsiya



Yüklə 65,33 Kb.
səhifə3/8
tarix19.12.2023
ölçüsü65,33 Kb.
#185233
1   2   3   4   5   6   7   8
Kapital qoʻyilmalar va kapital bozori reja Kirish Asosiy qism-fayllar.org

Loyiha deganda, ma`lum maqsadga erishish uchun qilinadigan resuslar investitsiyasi tushuniladi.
Investitsiya - daromad olish uchun qo`yiladigan kapital mablag`.
Investitsiyalash - bu kapitalni yaratish yoki kapital zahirasini to`ldirish jarayonidir. Investitsiyalash deganda, yalpi va sof investitsiyalash tushuniladi.
Yalpi investitsiyalash - kapital zahirasining umumiy o`sishidir.
Qoplash - asosiy kapitalning ishdan chiqqan qismini almashtirish.
Sof investitsiya - yalpi investitsiyadan qoplash uchun sarflanadigan mablag`ni ajratgandan keyingi qolgan qismi.
Sof investitsiya = Yalpi investitsiya - Qoplash.
Agar yalpi investitsiya qoplashdan yuqori bo`lsa, sof investitsiya musbat bo`ladi (bu holda kapital ko`payadi va ishlab chiqarish kengayadi). Agar yalpi investitsiya qoplashdan kichik bo`lsa, sof investitsiya manfiy bo`ladi (mavjud kapital kamayib boradi). Va nihoyat, yalpi kapital qoplashga teng bo`lsa, kapital hajmi o`zgarmaydi (bu holda kapital oddiy takror ishlab chiqarilmaydi)


2. KAPITAL QO'YILMALAR HAQIDA TUSHUNCHA, ULARNING IJTIMOIY- IQTISODIY ZARURLIGI VA AHAMIYATI
Hozirgi davrda investitsion mablag'lar yangi, samarali texnologiyaga hamda intellektual mulkni barpo etishga ham sarflanishi maqsadga muvofiqdir. Bu muammoning to'g'ri, samarali hal etilishi ma'lum miqdordagi investitsiyalar sarflanishini ob'ektiv ravishda talab etadi. Demak, investitsiya mablag'lari tarmoqda doimiy va o'zgaruvchan kapitalni hamda intellektni barpo etish va ularni rivojlantirish hamda yuksaltirish uchun sarflanadi. U uzoq hamda qisqa muddatlarga mo'ljallab sarflanishi mumkin. Agarda qishloq xo'jaligining asosiy vositalarini sotib olishga, qurishga hamda ularni kapital ta'mirlashga sarflansa, unda bu sarflar uzoq muddatga mo'ljallangandir. Ularni asosiy kapitalga sarflangan investitsiyalar deb atashadi. Shu bilan birgalikda investitsiyalar qishloq xo'jaligining aylanma vositalariga ham sarflanadi. Ular qisqa muddatga sarflangan hisoblanadi. Demak, investitsiyalar natijasida qishloq xo'jaligining ishlab chiqarish vositalari barpo etilib, ularning ishga yaroqliligi tubdan yaxshilanadi.
Qishloq xo'jaligi ishlab chiqarish vositalariga sarflanadigan barcha mablag'lar investitsiyalar deb ataladi. Ular qishloq xo'jaligi (korxonalar)ning moddiy-texnika bazasini mustahkamlab, ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish, kimyolashtirish, elektrlashtirish, irrigatsiya-melioratsiyalashtirish natijasida xarajatlarni kamaytirib, etishtiriladigan mahsulotlar hajmi ko'payishi va sifati yaxshilanishini, olinadigan daromad (foyda) summasi oshishishni ta'minlaydi. Bu investitsiyalarni amalga oshirishning tub maqsadidir.
Shularni e'tiborga olgan holda respublikada barqaror investitsion siyosat ishlab chiqilgan. U mamlakatda «Investitsiya faoliyati to'g'risida»gi, «Chet el investitsiyalari to'g'risida»gi (2019y) qonunlar va boshqa me'yoriy hujjatlar asosida amalga oshirilmoqda.
Investitsiyalar maqsad hamda vazifalariga ko'ra, quyidagi turlarga bo'linadi:
  • kapital investitsiyalar;



  • innovatsion investitsiyalar;


  • ijtimoiy investitsiyalar.


Asosiy fondlarni barpo etishga va takror ishlab chiqarishga, shuningdek, moddiy ishlab chiqarishning barcha shakllarini rivojlantirishga sarflangan investitsiyalar kapital investitsiyalar, deb ataladi.


Texnika va texnologiyalarning yangi avlodini yaratish va o'zlashtirishga sarflangan investitsiyalar innovatsiya investitsiyalardir.
Inson salohiyatini, malakasini va ishlab chiqarish tajribasini oshirishga, shuningdek, nomoddiy ne'matlarning boshqa shakllarini rivojlantirishga sarflanadigan mablag'lar ijtimoiy investitsiyalar, deb ataladi.
Ular real hamda moliyaviy invaestitsiyalarga ham bo'linadi. Moddiylashgan asosiy va aylanma vositalarga sarflangan mablag'lar real investitsiyalarni tashkil etadi.
Qimmatli qog'ozlarni (aktsiya, obligatsiya, veksel, sertifikat) shakllantirishga sarflangan mablag'lar esa moliyaviy investitsiyalar hisoblanadi. Real investitsiyalarni kapital qo'yilmalar, deb ham atash mumkin. Kapital qo'yilmalar yalpi va sof kapital qo'yilmalariga bo'linadi. Real investitsiyalarning umumiy summasi yalpi kapital qo'yilmalarini tashkil etadi. Real investitsiyalarni sarflash natijasida ishga tushirilgan qismi sof kapital qo'yilmalardir. Sof kapital qo'yilma yalpi kapital qo'yilma sumasiga teng yoki kam bo'lishi mumkin. Qishloq xo'jaligi, jumladan, korxonalar miqyosida yalpi kapital qo'yilmani sof kapital qo'yilmaga aylantirishga alohida e'tibor berilishi lozim. Sarflanayotgan real investitsiyalar moddiylashtirilishini, ya'ni ishga tushirilishini ta'minlash zarur.
Milliy hisoblar tizimida asosiy kapitalga hamda moddiy ishlab chiqarish vositlariga sarflangan mablag'lar real investitsiyalar deb hisobga olinadi.
Lekin, respublika qishloq xo'jaligida erkin bozor munosabatlari sust sur'atlar bilan rivojlantirilayotganligi moliyaviy investitsiyalar ko'lami kengayishini talab darajasida ta'minlamayapti. Jumladan, jamoa, shirkat, fermer xo'jaliklarida qimmatli qog'ozlar (aktsiya, obligatsiya, sertifikat, veksellar...) chiqarilib, sotilayotgani yo'q. Kelajakda bu muhim masalani hal etishga e'tibor berish maqsadga muvofiqdir. Davlatning iqtisodiy siyosatida qishloq xo'jalik korxonalarida ham qimmatli qog'ozlar bozorini tashkil etish tadbirlari ishlab chiqilishi va ular amaliyotga tatbiq etilishi lozim.
Bozor iqtisodi sharoitida investitsion siyosatni shakllantirishda quyidagilarga alohida e'tibor berish kerak:
  • tender asosida raqobatbardosh loyihalarni tanlashga. Bu qishloq xo'jaligida investitsion loyihalar bozori barpo etilishini ta'minlaydi;


  • qishloq xo'jaligi uchun mo'ljallangan investitsiyalarning iqtisodiy jihatdan asoslanganligiga. Qishloq xo'jaligi tabiiy-iqtisodiy omillarining xususiyatlari real hisobga olingan holda iqtisodiy-ijtimoiy natijalari aniqlangan bo'lishi zarur. Chunki, aksariyat hollarda loyihada belgilangan mablag'lar ko'zda tutilgan tadbirlarni bajarish uchun etmaydi, oqibatda ko'zlangan maqsadga erishilmaydi. Bu hol investitsion loyihalar uzoq muddatga cho'zilishiga olib keladi;


  • chet el investorlarini va ularning investitsiyalarini qishloq xo'jaligiga jalb etishga. Buning uchun qishloq xo'jaligida ishlab chiqarilayotgan barcha mahsulotlarga bo'lgan shaxsiy va xususiy mulkchilikni rivojlantirish lozim va boshqalar.


Barcha omillarni e'tiborga olgan holda sarflanadigan investitsiyalar qishloq xo'jaligining mustahkam moddiy-texnika bazasini barpo etadi. Qishloq xo'jaligi zamonaviy mashinalar, traktorlar, kombaynlar, bino-inshootlar bilan ta'minlanadi. Unda bog'zor, uzumzorlar barpo etiladi. Zotli, sermahsul chorva hayvonlari yaratiladi.


Ular yangi ish joylari barpo etilishini ta'minlaydi, qishloq xo'jaligida band bo'lgan tadbirkorlarning bilimlarini, malakalarini yuksaltiradi, bozor munosabatlarini shakllantiradi. Ularning uyg'unlashishi natijasida tarmoqda etishtiriladigan mahsulotlar hajmi ko'paytirilib, raqobatbardoshligi oshadi. Bu, o'z navbatida, aholini, qayta ishlash tarmoqlarini va nihoyat, davlatning talabi qondirilishini ta'minlaydi, fuqarolarning turmush darajasini yuksaltiradi. Bularning hammasi investitsiyalarning iqtisodiy-ijtimoiy ahamiyati katta ekanligidan dalolat beradi.
Kapital qo'yilmalarning xalq xo'jaligi va qishloq xo'jaligidagi ahamiyati Birinchidan, kapital qo'yilmalar jami xarajatlarning asosiy qismi hisoblanadi. Kapital qo'yilmalardagi o'zgarishlar jami talabga etarlicha ta'sir ko'rsatadi, shuningdek aholining bandligi va yalpi milliy daromad (YaMD) hajmining ham o'zgarishini ta'minlaydi.
Ikkinchidan, kapital qo'yilmalar korxonaning asosiy fondlari jamg'arilishiga, ya'ni ko'payishiga olib keladi. Bunda ishlab chiqarish kuchlarini kengaytirishga sarf qilingan pul mablag'lari boshlang'ich bosqichda korxona faoliyati natijalariga ta'sir etmasligi mumkin, lekin kelajakda iqtisodiy o'sish uchun zarur bazani yaratadi.
Uchinchidan, kapital qo'yilmalarning noratsional sarf qilinishi ishlab chiqarish resurslari, xarajatlar o'sishiga olib keladi, natijada YaMD qisqaradi. Misol uchun, tugatilmagan qurilishning ko'payishi, moddiy resurslar oshishi, to'lanadigan ish haqining ko'payishi hamda ishlab chiqarishning qisqarishi shular jumlasidandir. Xuddi shunday tarzda noritmik holda etkazib berilgan vositalar me'yordan yuqori bo'lib, korxona zahiralariga ham ta'sir ko'rsatadi. Ular sarflanayotgan kapital qo'yilmalarning qiymati o'sishiga hamda samaradorligiga ta'sir etadi.
Kapital qo'yilmalarning miqdori, dinamikasi va samaradorligi quyidagi omillarga bog'liq:
  • kapital qo'yilma amalga oshirilayotgan loyihaga;


  • mamakatdagi va korxona faoliyatidagi iqtisodiy o'zgarishga;


  • davlatning soliq siyosati va banklarning foiz stavkasiga;


  • tashqi savdodagi iqtisodiy holatga;


  • milliy valyutaning ichki va tashqi kursiga;


  • mamlakatning siyosiy hayotidagi barqarorlikka.


Investitsiyalar (kapital qo'yilmalar) qishloq xo'jaligining har tomonlama rivojlanishini ta'minlaydi. Chunki ular evaziga tarmoqning moddiy-texnika bazasi mustahkamlanadi. Ulardan to'liq va samarali foydalanish natijasida jonli mehnat xarajatlari qisqarib, mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi ko'payib, sifati yaxshilanadi. Bu hol qishloq xo'jalik mahsulotlariga bo'lgan talab yanada yaxshiroq qondirilishini ta'minlaydi. Shu bilan birgalikda sof foyda summa ko'payadi. Natijada qishloq xo'jaligini kengaytirilgan takror ishlab chiqarish asosida rivojlantirish imkoniyati tug'iladi. Aholming ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli yanada yuksaladi. Bular investitsiyalar, kapital qo'yilmalarning ijtimoiy hamda iqtisodiy samaradorligi mavjudligidan dalolat beradi.


Kapital - korxona moliyaviy natijalarining bir qismi bo'lib, aylanma fondlarga qo'yilib, daromad keltiradi. Kapitalning aylanma fondlarga qo'yilishi to'g'ri portfelli investitsiyalar orqali amalga oshiriladi.
Shuni ham aytib o'tish kerakki, investitsiya qilishda korxona o'z mablag'laridan imkoni boricha foydalanishi ikkita ustunlikka olib keladi: korxonada tashqi to'lovlar mavjud bo'lmaydi (olingan kreditlar bo'yicha foiz, aktsiyalar bo'yicha dividentlar, ijara haqi va hokazo), shuningdek, korxonani boshqarishda mustahkam pozitsiyani shakllantiradi.
Ayni paytda xo'jaliklarga chetdan jalb qilinadigan mablag'larning manbalaridan biri xo'jalik a'zolarining vaqtincha bo'sh yotgan mablag'larini jalb etish hisoblanadi. Bunday investitsiyani amalga oshirish uchun korxona o'z ichida qisqa muddatli obligatsiyalarni, veksellarni chiqarib, ularni a'zolariga ishonchli tarzda tarqatishi (sotishi) yoki huquqiy kuchga ega bo'lgan ishonchli dalolatnomalarni ham berishi mumkin. Xo'jalik a'zolari esa muomalaga berilgan mablag'larini ma'lum muddat o'tgandan so'ng belgilangan foizi bilan qaytarib olish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Bu turdagi kapital qo'yish qishloq xo'jaligi korxonalari uchun hozirgi davrda yaxshi samara bermaydi. Chunki xo'jaliklarda hozircha qimmatli qog'ozlarni chiqarish imkoniyatlari cheklangan, kelajakda shu masalalarga alohida e'tibor berish kerak.
Chetdan jalb etilayotgan investitsiyalar chet davlatlarning, yuridik hamda jismoniy shaxslarning investitsiyalaridan tashkil topadi.
Chet ellik investorlar asosan daromad (foyda) olish maqsadida tadbirkorlik faoliyati va qonun hujjatlarida ta'qiqlanmagan boshqa turdagi faoliyat ob'ektlariga qo'shadigan barcha turdagi moddiy va nomoddiy boyliklar
va ularga doir huquqlar, shu jumladan, intellektual mulkka doir huquq shuningdek, chet el investitsiyalaridan olingan har qanday daromad respublika hududida chet el investitsiyalari hisoblanadi. Ular O'zbekiston Respublikasi hududida quyidagi yo'llar bilan amalga oshiriladi:
  • respublika qishloq xo'jaligidagi yuridik hamda jismoniy shaxslarning Ustav jamg'armalarida va boshqa mol-mulkida ulush qo'shib qatnashish;


  • tarmoqda chet ellik investorgarga to'liq qarashli bo'lgan xo'jalik jamiyatlari va shirkatlari, bank, sug'urta va boshqa korxonalarni barpo etish va rivojlantirish;


  • mol-mulk, aktsiyalar va boshqa qimmatli qog'ozlarni, shu jumladan, O'zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan emissiya qilingan qarz mablag' larini sotib olish;


  • intellektual mullka, shu jumladan, mualliflik huquqlari, patentlar, firma nomlari va nou-xaularga, shuningdek, ishchanlik nufuziga (gudvillga) huquqlar kiritish va boshqalar.


Ularni chet davlatlar yoki bu davlatlarning quyidagi hududiy organlari amalga oshiradilar:


  • davlatlararo bitimlar yoki boshqa shartnomalarga muvofiq tashkil topgan yoki xalqaro ommaviy huquq sub'ektlari bo'lgan xalqaro tashkilotlar;


  • chet davlatlarning qonun hujjatlariga muvofiq tashkil topgan va faoliyat ko'rsatib kelayotgan yuridik shaxslar, shirkatlar, uyushma va tashkilotlar;


  • chet el fuqarolari bo' lmish jismoniy shaxslar va boshqalar.


Hozirgi davrda mamlakat qishloq xo'jaligini boshqarishni takomillashtirishga va ishlab chiqarishini rivojlantirishga Jahon banki, evropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot bankining respublikadagi bo'limlari hamda AQSh, Germaniya, Isroil, Gollandiya, Frantsiya va boshqa davlatlarning vakolatxonalari investitsiyalarni joylashtirish, sarflash orqali muayyan darajada hissa qo'shish ishlari bilan shug'ullanmoqda. Lekin ularning investitsiyalari talabni qondiradigan darajada emas. Shuning uchun bu masalaga, ya'ni chet el investitsiyalarini jalb etish muammosiga kelajakda alohida e'tibor berish maqsadga muvofiqdir.


Hamon qishloq xo'jaligiga investitsiyalar kam sarflanishiga qaramay, ularning salmog'i tabora kamayib bormoqda. Masalan, 2003 yilnnng 1 choragida qishloq xo'jaligiga sarflanganinvestitsiya mamlakat miqyosidagi jami investitsiyalarning 4,1 foizini tashkil etgan bo'lsa, 2004 yilning huddi shu davrida sarflangan investitsiya atigi 3 foizini tashkil etgan. O'tgan yil mobaynida qishloq xo'jaligiga kiritilgan investitsiya 1,1 foizga qisqargan. Bu o'z navbatida tarmoqda ko'proq miqdorda yangi erlarni o'zlashtirish, irrigatsiya va melioratsiya ishlarini rivojlantirish, yangi texnika hamda texnologiyalarni joriy etish imkoniyatlarinicheklab qo'yadi. Bunday holni oldini olish uchun tarmoqdagi mulkchilik munosabatlarini rivojlantirishni, ayniqsa, xususiy mulkchilikni hamda investorla uchun qulay sharoitlar yaratish talab etiladi.

Yüklə 65,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin