Kapital qoʻyilmalar va kapital bozori reja: Kirish Asosiy qism


KAPITAL QO'YILMALARNING IQTISODIY SAMARADORLIGINI IFODALOVCHI KO'RSATKICHLAR, ULARNI ANIQLASH



Yüklə 65,33 Kb.
səhifə4/8
tarix19.12.2023
ölçüsü65,33 Kb.
#185233
1   2   3   4   5   6   7   8
Kapital qoʻyilmalar va kapital bozori reja Kirish Asosiy qism-fayllar.org

3. KAPITAL QO'YILMALARNING IQTISODIY SAMARADORLIGINI IFODALOVCHI KO'RSATKICHLAR, ULARNI ANIQLASH

Qishloq xo'jaligiga investitsiyalarni sarflashdan maqsad-qo'shimcha foyda olish va fuqarolarning yashash sharoitini yaxshilashdir. Ularning darajasini loyihalar tuzishda hamda bu loyihalarni amalga oshirishda aniqlash mumkin. Buning uchun investitsiyalar (kapital qo'yilmalar)ning iqtisodiy samaradorligi aniqlanadi. Iqtisodiy samaradorlik xarajatlar bilan foyda summalari taqqoslanishi natijasida aniqlanadi. U:


  • makroiqtisod, ya'ni mamlakat miqyosida;


  • mezoiqtisod, ya'ni tarmoqlar (qishloq xo'jaligi) miqyosida;


  • mikroiqtisod, ya'ni qishloq xo'jalik korxonalari doirasida;


  • ayrim yo'nalishlar, ob'ektlar bo'yicha ham aniqlanadi.


Makro hamda mezoiqtisod miqyosida investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligi ularning mutlaq (absolyut) iqtisodiy samaradorligi koeffitsienti ko'rsatkichi yordamida ifodalanadi. Uning darajasi sarflangan investitsiyalar natijasida yalpi ichki mahsulotning o'sgan summasini shu o'sishni ta'minlangan investitsiya summasiga nisbati bilan aniqlanadi.


YalM - makro, mezoiqtisod(tarmoq) miqyosida ma'lum bir davr ichida yalpi ichki mahsulotning o'sgan summasi, so'mda. Bunda qishloq xo'jaligida yalpi daromadning o'sgan summasi ham olinishi mumkin;
EIs (Kk) - investitsiya yoki sarflangan kapital qo'yilma summasi. Bu ko'rsatkich sarflangan 1 so'mlik investitsion mablag' evaziga necha so'mlik yoki tiyinlik yalpi ichki mahsulot yoxud yalpi daromad olinganligini ifodalaydi. Uning mutlaq (absolyut) miqdori imkoni boricha yuqori bo'lgani yaxshi. Shunda investitsiyalarning mutlaq iqtisodiy samaradorlik darajasi yuqori bo'ladi. Kam bo'lsa, u iqtisodiy samaradorlik darajasi past bo'lganligidan dalolat beradi. Bunday holda investitsiyalarni sarflash maqsadga muvofiq hisoblanmaydi.
Investitsiyalar - aksariyat hollarda uzoq muddatga mo'ljallangan xarajatlardir. Shuning uchun ularning bir necha yillar davomidagi iqtisodiy samaradorligini aniqashda qiyosiy baholardan foydalanish lozim. Bunda inflyatsiya darajasi hisobga olinadi. Hozirgi davrda qishloq xo'jaligida qiyosiy baho sifatida 2017 yilgi o'rtacha baholar asos qilib olinmoqda. Kelajakda bu baholar o'zgarishi mumkin.
Shunday hollarda investitsiyalar (kapital qo'yilmalar) ning iqtisodiy samaradorligini aniqlashda quyidagi usullardan foydalanish maqsadga muvofiqdir:
  • loyihaning o'zini-o'zi qoplash usulini aniqlash;


  • kompaunding (murakkab foizlar) usuli;


  • diskontlash usuli.


O'zini-o'zi qoplash muddati - amalga oshirilayotgan loyihaning foyda hisobidan dastlabki investitsiya miqdorini qoplash davri. Uni hisoblashda sof foyda moliyaviy xarajatlar, foizlar va amortizatsiya ajratmalari e'tiborga olinadi.


Kompaunding usulining mohiyati shundan iboratki, bunda dastlabki summa har yilgi daromad foizi hisobiga oshib boradi.
Investitsiyaning o'sgan qiymati foiz stavkasi bilan davr muddatiga bog'liq. Foiz stavkasi investorning muqobil qarorini hisobga oladi, ya'ni pulni biron loyihaga qo'ygan samaralimi yoki depozitga qo'ygan afzalmi?
Diskontlash - hisoblash printsipi kompaundingga nisbatan teskari. Ya'ni diskontlash - kelajakda bo'lishi mumkin bo'lgan daromadni joriy baholarda hisoblash. Mazkur hisobning amaliy mazmuni shundan iboratki, bunda tushumlarning minimal darajasi aniqlanadiki, u shu daromaddan kam bo'lgan holatda investitsiya qilish maqsadga muvofiq emas.
Diskontlashgan qiymat foiz stavkalariga bog'liq.
Diskontlash natijasida qanday davr bo'lishidan qat'i nazar daromadlarning real qiymati aniqlanadi.
Korxona miqyosida sarflanishi lozim bo'lgan yoki sarflangan kapital qo’yilma mutlaq (absolyut) investitsiya(kapital qo'yilma)larni sarflash natijasida olinayotgan sof foydaning o'sgan summasini shu o'sishni ta' minlagan kapital qo’yilma summasiga taqsimlash bilan hisoblanadi.
Bu ko'rsatkich yordamida sarflangan bir so'mlik kapital qo’yilma qancha so'mlik yoki tiyinlik foyda keltirilganligi aniqlanadi. Shuning uchun bu ko'rsatkichning mutlaq (absolyut) miqdori yuqori bo'lgani maqsadga muvofiqdir.
Hozirgi davrda ayrim me'yoriy hujjatlarda investitsiyalar (kapital qo'yilmalar) mutlaq (absolyut) iqtisodiy samaradorlik darajasi koeffitsientining me'yoriy miqdori (em)-0,07 darajasida belgilangan. Shunga binoan sarflanayotgan investitsiyalarning har bir so'mi evaziga 7 tiyin foyda olinsa, bunday investitsiyalar iqtisodiy jihatdan samarali hisoblanadi. Undan kam bo'lganda esa investitsiyalar samarali hisoblanmaydi. Shu bilan birgalikda qishloq xo'jaligida irrigatsiya - melioratsiya inshootlariga sarflanayotgan investitsiyalar (kapital qo'yilmalar) mutlaq (absolyut) iqtisodiy samaradorlik koeffitsientining miqdori ularning uzoq yillar davomida faoliyat ko'rsatishini e'tiborga olgan holda 0,05 darajasida belgilangan.. Bozor iqtisodiyotiga o'tish davrida ham ulardan foydalanilmoqda. Lekin ularning respublika sharoitiga moslashtirilgan holda ko'rib chiqish vaqti ham keldi.
Qishloq xo'jaligida sarflangan investitsiyalar (kapital qo'yilmalar) doimo ham foyda summasi oshishini ta'minlamaydi, balki ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish yoki mahsulot etishtirish uchun qilingan o'rtacha xarajatlar (mahsulot tannarxi) kamayishiga ham olib keladi. Shunday hollarda ularning iqtisodiy samaradorlik darajasi tejalgan mablag' qiymatini sarflangan kapital qo'yilma summasiga taqsimlab ham aniqlanadi.

Yüklə 65,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin