Karantin (ital quarantena — qirq kun), karantinlash degan manoni bildiradi Oʻsimliklar Karantinida



Yüklə 9,07 Kb.
tarix14.12.2023
ölçüsü9,07 Kb.
#177867
karantin boshlang\'ich tushuncha (2)


Karantin (ital. quarantena — qirq kun), karantinlash degan manoni bildiradi
Oʻsimliklar Karantinida — mamlakatimz hududiga O’simliklar dunyosi va q.x. ekinlarining juda xavfli zararkunandalari, kasallik qoʻzgʻatuvchilari va begona oʻtlarning kirib kelishidan himoya qilish va zararlanish oʻchoqlarini aniqlash, va aniqlangan o’choqlarini yoʻq qilishga qaratilgan davlat chora tadbirlari tizimi. Hisob-kitoblarga qaraganda oʻsimlik zararkunandalari va kasalliklari jahon boʻyicha oziqovqat ekinlari potensial hosilining 20—25% ni yoʻq qiladi. Mamlakatlararo savdo-iqtisodiy aloqalarning kengayishi darajasiga qarab bir mamlakatda uchramaydigan zararkunandalar, kasalliklar va begona oʻtlar turlarining boshqasiga kirib kelishi xavfi ortib boradi. Masalan, urugʻlik va koʻchatlar, q.x. xom ashyosi va boshqa yoʻllar bilan Amerikadan Yevropaga filloksera (tok biti), qizilqon bit, koʻpgina zararkunandalarkelib qolgan bo’lsa-, Respublikamiz hududiga 1939 y.da Yaponiyadan keltirilgan tut koʻchati bilan komstok qurti, 1964 y.da kaliforniya qalqondori, 1972 y.da Kolorado qoʻngʻizi, 1980 y.da issiqxona oqqanoti 1981 y.da Turkiyadan toʻrt dogʻli donxoʻr, 1983 y.da sharq meva qurti va boshqalar tarqaldi va ular hozirda q.x.ga katta iqtisodiy zarar keltirmokda.

Oʻsimliklar Karantini boʻyicha birinchi qonun 1660-yilda Fransiyada gʻalla ekinlari poya zangi epifitotiyasi munosabati bilan qabul qilingan. AQShda esa filliokseraga qarshi kurash zarurati tufayli 1881 y.da birinchi qonun kuchga kirdi1932 y. Oʻzbekiston Respublikasi oʻsimliklar karantin davlat inspeksiyasi xizmati tashkil qilindi. Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻsimliklar karantini toʻgʻrisida" qonuni 1995 y. 31 avgustda kabul qilindi 4 bop 16 ta moddadan iborat bo’lib. Uning yangi tahriri 2018-yil 9-iyulda qabul qilindi unda 8 bop 34 ta moddadan iborat bo’ib.Qonunda Asosiy tushunchalar o’simliklar karantini ,karantin ostidagi maxsulot , karantin obektlari hamda inspektorlar xuquq va majburiyatlari kabi tushunchalar yoritib borilgan.


Karantin 2 turga ichki va tashqi bo’lib.
ICHKI KARANTIN - Respublikamiz hududida tarqalgan zarali organizmlar o’choqlarini aniqlab va unga qarshi kurashishga qaratilgan .
Hozirda RESP hududida ICHKI zararli organizmlar 7 ta zararkunanda va 3 ta begona o’tlar mavjud
Tashqi Karantin- Respublikamz hududida mavjud bo’lmagan lekin qo’shni mamlakatlardan kirib kelib qolishi hafi mavjud bo’lgan zarli organizmlarning kirib kelishini oldini olishga qaratilgan.
Bakterya- tanada bo’rtiq va chirishlar hosil qiladi
Virusda – tez tarqalaib sanchib so’ruvchi va chirituvchi
Yüklə 9,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin